Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti “Iqtisodiyot” fakulteti


SPX = SF + AA - (ΔA + AA) + (ΔP - SF)



Yüklə 284,77 Kb.
səhifə8/15
tarix08.03.2023
ölçüsü284,77 Kb.
#123897
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Pul oqimlari holatini ifodalovchi moliyaviy ko’rsatkichlar

SPX = SF + AA - (ΔA + AA) + (ΔP - SF)
Bunda: SF – joriy davr sof foydasi, AA – amortizatsiya ajratmalari, ΔA – aktivlarning o‘zgarishi, ΔP – passivlarning o‘zgarishi.
Pul oqimi tahlilining bevosita va bilvosita usullari jadval ko‘rinishda bo‘lib, ular 1- va 2-ilovalarda keltirilgan.
Shu bilan bir qatorda, pul oqimlarini tahlil qilish natijalarini asoslashda quyidagi jihatlarga e’tibor berish kerak.
1. Kirishda:

  • kelajakda chiqib ketishga olib keladigan qisqa muddatli majburiyatlar tufayli tushum ko‘payganmi yoki yo‘qmi;

  • aksiyalarni qo‘shimcha chiqarish yo‘li bilan ustav kapitalida o‘sish bo‘ldimi;

  • mol-mulk savdosi bo‘lganmi yoki yo‘qmi;

  • tayyor mahsulotlar qoldig‘ida pasayish bo‘ladimi.

2. Chiqishda:

  • rentabellik va aktivlar aylanmasi ko‘rsatkichlarining pasayishi bormi;

  • tovar-moddiy boyliklar va xarajatlarning umumiy qiymati o‘sayotganligi;

  • aylanma mablag‘lar aylanmasi kamayganmi;

  • doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarning o‘sishi bilan birga olib boriladigan sotish (ishlab chiqarish) ning keskin o‘sishi bo‘ldimi.

Shu jihatlarni inobatga olgan holda tahlilni olib borish jarayonni tezlashtirishi hamda zaruriy xulosa chiqarishga ko‘maklashadi.
Korxonalarning pul oqimlarini moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida jamlangan qatorlari bo‘yicha tahlil qilish ularning umumiy o‘zgarishlariga gorizontal va vertikal usullarda baho berishdan boshlanadi. Tahlil etishda pul mablag‘lari va pul ekvivalentlarining jamlangan qatorlari har bitta faoliyat turidan pul mablag‘lari va pul ekvivalentlarini baholash bilan pul oqimining ichki o‘zgarishlari va ularning tendensiyalariga baho beriladi. Shu usullar yordamida mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tijorat banklardan biri Asia Alliance Bankning “Pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida”gi konsolidolashgan hisobotidan foydalangan holda quyida bankning sof pul oqimi tahlilini o‘tkazamiz.
2-jadval
Asia Alliance Bankning 2019-yil (2018-yil) uchun sof pul oqimining tahlili12



Ko‘rsatkichlar

Pul mablag‘lari kirimi

Pul mablag‘lari chiqimi

Summa, mln.so‘m

Jamiga nisbatan salmog‘i, %

Summa, mln.so‘m

Jamiga nisbatan salmog‘i, %

1

Pul va unga tenglashtirilgan mablag‘larning hisobot yil boshiga qoldig‘i

367,135
(322,617)

71,91
(78,8)







2

Operatsion faoliyatidan sof pul mablag‘larining kirimi yoki chiqimi

35,959 (46,195)

7,04
(11,3)







3

Investitsiya faoliyatidagi sof pul oqimlarining kirimi yoki chiqimi







46,839 (42,233)

85,4
(82,7)

4

Moliyaviy faoliyatdagi sof kirim yoki chiqim

107,470 (40,515)

21,05
(9,9)







5

To‘langan soliqlar (foyda solig‘i)







8,011 (8,848)

14,6
(17,3)





Yüklə 284,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin