OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Toshkent Moliya instituti “Iqtisodiyot” fakulteti “Qimmatli qog’ozlar bozori” kafedrasi
“Xalqaro korporativ moliya” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: “Pul oqimlari holatini ifodalovchi moliyaviy ko’rsatkichlar”
Bajardi: IKM-60 guruh talabasi
X. Valijonov
Ilmiy rahbar: A. Rabbimov
TOSHKENT – 2022 REJA Kirish Korxonada pul oqimi va uning tasniflanishi.
Korxonada pul oqimini tahlili.
Korxonada pul oqimini bashoratlash.
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Ilovalar
Kirish Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi iqtisodiy taraqqiy etish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichini oshishini ta’minlash bo’lib, bu orqali aholi turmush tarzini yanada yaxshilash, ular uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.
Har bir rivojlangan davlatda kuzatilganidek, iqtisodiyotning jadal sur’atlar bilan o‘sishi uchun jahonda tan olingan xalqaro standarlar asosida hujjatlar shakllantirish hamda yuritish joriy etilmoqda. Mamlakatimizda xalqaro biznes yuritish tartib-qoidalari va tamoyillari takomillashayotgani, korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlari, umuman olganda, barcha tashkilotlar faoliyatida xalqaro standartlar asosida milliy standartlar tizimini keng amaliyotga tadbiq etilayotgani milliy iqtisodiyotimizni tobora yuksalib borayotganidan dalolat bermoqda. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, korxonalarda pul oqimi va Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot shaklini o‘rganish va shu asosda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini amalga oshirish iqtisodiy samadadorlikka o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Shuningdek, “Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot undan foydalanuvchilarga xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlarni baholashga imkon beradi, ularni hisobot davrida qancha pul tushgani va qancha pul chiqqani to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlashi”1 qonun hujjatlarida belgilanganligi pul oqimini to‘g‘ri tahlil qilish korxonalar faoliyatida katta ahamiyatga eganligidan dalolatdir. Pul mablag‘larini tahlil qilish va oqilona boshqarish masalasi doimo mulk egalari va menejerlar e’tiboridagi masala bo‘lib kelgan. Pul oqimlari to’g’risidagi ma’lumotlar barcha darajadagi tadbirkorlar tomonidan xalqaro amaliyotda keng qo’llanilmoqda, u korxonalar ma’muriyatiga ham, tashqi foydalanuvchilarga ham zarurdir. Korxona menejerlari mazkur ma’lumotlardan foydalanib, korxona likvidliligini o’rganishda, dividendlarni belgilashda, ish haqi ta’minoti va byudjet bilan o’z vaqtida hisob-kitob qilinishi imkoniyatidan foydalanishlari mumkin. Shu sababli, pul oqimi haqidagi ma’lumotlarni ta’minlash, ularni to‘g‘ri boshqarish masalasiga doimo ham muhim ahamiyat qaratilmog‘i lozim.
Bundan tashqari, pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini va ularning ekvivalentlarini jalb etish qobiliyatini baholashga asos bo‘lib xizmat qilishi bilan foydalidir. Shunday ekan, korxonalarda pul oqimi, uni tahlil qilish ahamiyatini o‘rganish va uni bashoratlash bo‘yicha samarali usullar ustida ishlash bugungi kunda dolzarbdir.
Kurs ishidan ko‘zlangan asosiy maqsad korxonalar rivojlanishi uchun muhim jarayonlardan biri bo‘lgan pul oqimini tahlil qilishni, bashoratlashni va uning amaliy holatini o‘rganish, Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot shakli yuzasidan xulosalarni shakllantirishdir. Mazkur maqsaddan kelib chiqqan holda kurs ishining quyidagi vazifalari belgilandi:
Korxonalarda pul oqiminining iqtisodiy mazmuni va ahamiyatini o‘rganish;
Pul oqimining tasniflanishi va turlani o‘rganish;
Pul oqimini tahlili va bashoratlashni o‘rganish va uning ahamiyatini yoritib berish, amaliy holatini misollarda ko‘rib chiqish;
Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot shakli mazmuni va muhimligini o‘rganish;
Korxonalarda pul oqimini tahlil qilish va bashoratlashning samarali usullarini ko‘rib chiqish hamda ular bo‘yicha xulosalar berish.
Kurs ishi mavzusining obyekti bo‘lib Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalarning pul oqimlari hisoblanadi.
Kurs ishi mavzusining predmeti bo‘lib korxonalarda pul oqimini tahlil qilish va bashoratlash, shuningdek pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotni o‘rganish hisoblanadi.
Kurs ishini mavzusini yoritib berishda mamlakatimizdagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar, xususan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 4-noyabr 519-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot” nomli O‘zbekiston Respublikasi Buxgaltyeriya hisobi milliy standarti 9-son BHMSdan, yurtimizdagi va xorijdagi iqtisodchi olimlar va professorlar tomonidan yozilgan o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, darsliklardan foydalanish ko‘zda tutilgan. Jumladan M.Y.Raximov, N.N.Kalandarova. A.V. Vahobov, N.F. Ishonqulov, A.T. Ibrohimov, M.Y. Raximov, T. M. Qoraliyev, A. A. Omonov, N.Y. Jo‘rayev singari professorlar, o‘qtuvchilar va K.R. Subramanyam, A.Balabanov va I.Balabanov, T.V. Timofeeva, T.R. Karlin, Tim Berri kabi xorijiy olimlarning kitob va darsliklaridagi ma’lumotlar kurs ishini chuqur o‘rganishga va mazmunan keng yoritishga o‘z hissasini qo‘shadi.