Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti “Iqtisodiyot” fakulteti



Yüklə 284,77 Kb.
səhifə11/15
tarix08.03.2023
ölçüsü284,77 Kb.
#123897
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Pul oqimlari holatini ifodalovchi moliyaviy ko’rsatkichlar

DQD.B.+ ST = DQD.O. + PK
Bu yerda:
DQD.B. – tovar va xizmatlar bo‘yicha debitorlik qarzlarning davr boshidagi holati;
ST – davr oralig‘idagi sotishdan tushgan tushum;
DQD.O. – tovar va xizmatlar bo‘yicha debitorlik qarzlarning davr oxiridagi holati;
PK – davr oralig‘idagi pul mablag‘lari kirimi.
Debitorlik qarzlarini to‘lov (qoplash) muddatlari bo‘yicha tasniflash birmuncha aniq hisob-kitob qilish imkoniyatini beradi. Bunday tasniflash orqali, statistika va tahlilni o‘tgan davrda debitorlik qarzlarini qoplash haqidagi haqiqiy manbalar bilan ta’minlash mumkin bo‘ladi.
Pul oqimini bashoratlashning ikkinchi bosqichida esa pul mablag‘larining chiqimi o‘rganiladi. Uning muhim tarkibiy birligi mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga bo‘lgan kreditorlik majburiyatlarini qoplash hisoblanadi. Kreditorlik majburiyatlarining salmoq ulushi ish haqi bo‘yicha majburiyatlarga, soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlar qatoriga ham to‘g‘ri keladi.
Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga bo‘lgan kreditorlik majburiyatlarining to‘lov muddatlarini kechiktirilishi korxona uchun boshqa moliyalashtirish manbasi ham bo‘lishi mumkin. Тo‘lovni kechikish jarayoni kreditorlik qarzlarini cho‘zish deb nomlanadi. Muddati o‘tgan kreditorlik qarzlari qisqa muddatli moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalari sifatida ishtirok etishi mumkinligi sababli‚ ko‘pincha xo‘jalik subyektlari ushbu majburiyatlarni imkon qadar kechiktirishga harakat qiladilar.
Bozor iqtisodiyotining rivojlanish sharoitida tovarlar (ish, xizmatlar) to‘lovining turli xil tizimlariga amal qilinadi. Jumladan, to‘lovni amalga oshirish vaqtida davrni hisobga olgan holda, to‘lov hajmi differensiallashtiriladi. Bunday tizimdan foydalanishda korxona uchun muddati o‘tgan kreditorlik qarzlari moliyalashtirishning muhim manbasi bo‘lib xizmat qiladi.
Pul mablag‘lari ishlatilishining boshqa xil yo‘nalishlari tarkibiga mehnat haqi to‘lovlari, kapital qo‘yilmalar, soliqlar to‘lanishi, foizlar va dividendlarni to‘lash kabilar kiradi.
Pul oqimini prognozlashning uchinchi bosqichi mantiqan oldingi ikkita bosqichning davomi bo‘lib hisoblanadi, ya’ni bashorat qilinadigan sof pul oqimi ularning kirim va chiqimini farqlash (solishtirish yo‘li) asosida aniqlanadi. Natija ijobiy (ortiqchalik) va salbiy (yetishmovchilik) shaklida bo‘lishi mumkin
Pul oqimini prognozlashning so‘nggi bosqichi, ya’ni pul mablag‘lariga bo‘lgan qisqa muddatli moliyalashtirishning umumiy hajmini aniqlashda qisqa muddatli moliyalashtirishda mutlaq talabni hisoblash hamda pul oqimini bashoratlashda har bir davr boshi uchun bankning qisqa muddatli ssudalari hajmini aniqlash o‘rganiladi. Hisob-kitoblarda korxonaning sug‘urta zaxirasini tashkil etish, rejalashtirilmagan, ammo korxona uchun maqbul bo‘lgan investitsiyaga mablag‘ sarflash uchun ixtiyoriy minimumni hisob-kitob schyotida inobatga olish tavsiya etiladi.
Korxonaning pul oqimini prognozlashning yuqoridagi bosqichlarini amalga oshirish natijasida korxona moliyaviy menejeri:

    • korxonaning pul oqimlari holati haqidagi to‘liq ma’lumotga;

    • korxonani raqobat bozorida yashab qolishini ta’minlab, bankrotlikka uchramaslik sharoitlarini kafolatlaydigan dasturga;

    • bankdan olgan kreditlarini o‘z vaqtida qaytarish uchun amal qilinadigan aniq dasturlarga ega bo‘ladi.

Pul oqimini bashoratlashda yuqoridagi to‘rtta bosqichni qo‘llash hisobiga korxonaning pulga talabi o‘rganiladi. Amaliyotda ko‘pchilik korxonalarning rahbarlari yoki menejerlari pul oqimini o‘rganmasligi natijasida pulga bo‘lgan talab to‘g‘risida hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmasligi achinarli holat. Bu orqali korxonaning moliyaviy holatida salbiy natijalar kuzatilishi, oxir-oqibat esa korxona inqiroz darajasiga kelib qolishi hech gap emas. Bunday holatlarga barham berish maqsadida yuqoridagi pul oqimlarini bashoratlashning bosqichlari iqtisodiy olimlar tomonidan ko‘rib chiqilgan hamda undan foydalanish ijobiy samara berishi bir necha bor isbotlangan.
Pul oqimini bashoratlashning tahlil singari bevosita va bilvosita usullari mavjud. Pul oqimini prognoz qilishning bevosita usuli bilvosita usulga qaraganda unchalik mashhur emas, ammo undan foydalanish ancha osonroq bo‘lishi mumkin.
Bevosita usulni tanlashning salbiy tomoni shundaki, ba'zi bankirlar, buxgalterlar va investorlar pul oqimi prognozining bilvosita usulini afzal ko‘rishlari mumkin. Lekin bevosita usul orqali qilingan prognoz ham kelajakdagi aniq holatga mos tushishi mumkin.
Pul oqimini bashorat qilishning bevosita usuli ushbu oddiy umumiy formulaga asoslanadi:

Yüklə 284,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin