O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Sh. ShOdmonov, E. G‘. Nabiev, U. V. G‘afurov iqtisodiyot nazariyaSI


Absorbsiya - yalpi ichki mahsulotning mazkur mamlakatdagi uy xo‘jaliklari, korxonalar va davlatga realizatsiya qilinadigan qismi



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə230/239
tarix15.06.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#128143
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   239
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Absorbsiya - yalpi ichki mahsulotning mazkur mamlakatdagi uy xo‘jaliklari, korxonalar va davlatga realizatsiya qilinadigan qismi.
Kapital harakati hisobida aktivlar bilan amalga oshiriladigan barcha xalqaro bitimlar o‘z ifodasini topadi. Bular chet elliklarga aksiyalar, obligatsiyalar, ko‘chmas mulk va h.k. sotishdan olinadigan daromadlar hamda chet eldan aktivlar sotib olish natijasida vujudga keladigan sarf xarajatlar.

Kapital harakati balansi


=

Aktivlar sotishdan tushumlar

_

Chetdan aktivlar sotib olishga sarflar

Chet el aktivlarini sotish chet el valyutalari zahiralarini ko‘paytiradi, ularni sotib olish esa kamaytiradi. Markaziy bank tomonidan chet el valyutalarining sotilishi va sotib olinishi rasmiy zahiralar bo‘yicha operatsiyalar deyiladi. Bu operatsiyalar Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari bilan bir xil emas. Rasmiy zahiralar bilan operatsiyalar natijasida joriy hisobdagi qoldiq summasi, kapital harakati hisobi va zahiralar miqdorining o‘zgarishi nolni tashkil qilishi zarur.


5. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari va

valyuta tizimlari

Pulning jahon xo‘jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga (tashqi savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi, daromadlar, qarzlar va subsidiyalar oqimi, ilmiy-texnikaviy mahsulotlarni ayirboshlash, turizm va h.k.) xizmat qilishi bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar xalqaro valyuta-kredit munosabatlari deb ataladi. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari pulning xalqaro to‘lov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga keladi. Valyutabu mamlakatlar pul birligi (masalan, so‘m, dollar, funt sterling va h.k.). Har bir milliy bozor o‘zining milliy valyuta tizimiga ega bo‘ladi. Bunda milliy va xalqaro valyuta tizimini farqlash zarur. Milliy valyuta tizimivalyuta munosabatlarining milliy qonunchilik bilan belgilanadigan, mazkur mamlakatda tashkil qilinish shaklini ifodalaydi. Uning tarkibiga quyidagi unsurlar kiradi:
  • milliy pul birligi;


  • valyuta kursi tartibi;


  • valyutaning muomalada bo‘lish shart-sharoitlari;


  • valyuta bozori va oltin bozori tizimi;


  • mamlakatning xalqaro hisoblashuv tartibi;


  • mamlakat oltin-valyuta zahirasining tarkibi va uni boshqaruv tizimi;


  • mamlakat valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi milliy muassasalar mavqei.





Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin