138
bir ishchi-xodimga tegishli ijtimoiy kafolatlarni taqdim etish yo’li bilan ishchi-
xodim-larning ishlab chiqaruvchanligini kengaytirishga erishish mumkin.
Mehnat mazmunini aniqlashda, uning ustuvor qadr
-
qimmati tan olinishi,
yangi texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari va atrof-muhitni muhofaza
qilish sharoitlarini belgilab beradi. Ulardan oxirgisi, ya’ni atrof
-
muhitni muhofaza
qilish ayniqsa qurilish ishlab chiqarish sohasida juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mehnatni juda ham tor darajadagi bo’limlarga ajratishga mutlaqo yo’l
qo’ymaslik kerak, ishchi
-
xodimlarga mehnat funktsiyalarini kengaytirish uchun
keng imkoniyatlar taqdim etish, kasblarni qo’shish, boshqaruvda ishtirok
etishlarini, texnologiyani insonga va insonni texnologiyaga o’zaro moslashuvini
ta’minlash zarur.
Bozor munosabatlari sharoitida yuqori professional ishchi-xodimlarni jalb
etishning egiluvchan shakllarini ta’minlash taqoza etiladi. Har bir ishchi
-
xodimni
nafaqat uning professional sifatlari nuqtai-nazaridan, balki uni insonga xos bo’lgan
indivudial fazilatlar va ehtiyojlar bo’yicha ham baholash alohida muhim ahamiyat
kasb etadi. SHunday qilib, mehnat faoliyatini tashkil etishni mehnatning ichki
bozorida shakllanayotgan personaldan ajratib bo’lmaydi.
Korxonada mehnat faoliyatini tashkil etish yuqori tashabbuskorlik va faollik
darajasiga ega bo’lgan va o’zining ishi uchun har qanday xavf-xatarga yuz
tutadigan ishchi-xodimlari bilan ajralib turadigan tadbirkorlikning rivojlanishi
bilan uzviy bog’langandir.
Dostları ilə paylaş: