O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti


O‘zbekistonning eng yangi tarixini yoritishda ilmiy nazariy-metodologik asoslarni o‘rganish katta ahamiyatga egadir. Ular asosan quyidagilardan iborat



Yüklə 384,59 Kb.
səhifə3/8
tarix15.10.2023
ölçüsü384,59 Kb.
#130369
1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu O\'zbekiston

O‘zbekistonning eng yangi tarixini yoritishda ilmiy nazariy-metodologik asoslarni o‘rganish katta ahamiyatga egadir. Ular asosan quyidagilardan iborat:
O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishning ikkinchi uslubiy tamoyili-bu voqea va hodisalarni dialektik asosda o‘rganishdir.
Dialektika-olam yagona va yaxlit, unda sodir bo‘ladigan hodisalar, voqealar umumiy va o‘zaro bog‘lanishda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo‘ladi, deb ta’lim beradi. Har bir voqea-hodisani, boshqa voqealar, hodisalar bilan bog‘lab o‘rganishdangina mazkur voqea-hodisaning umumiy tarixiy jarayondagi o‘rnini to‘g‘ri aniqlash, belgilash mumkin bo‘ladi. Har bir voqea-hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi deb qaramoq kerak.Chunki mavjud bo‘lgan har bir xalq, millat yoki elat tarixi faqat o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib tursada, butun insoniyat taraqqiyoti tarixi bilan umumiy aloqadorlikdadir.
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra haqiqatdan ham o‘zbek xalqining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishi jahon tarixi taraqqiyotining bir o‘zagi-qismidir. Eng qadimgi davrlardan boshlab yaqin o‘tmishga qadar O‘rta Osiyo, Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Eron, Afg‘oniston, Shimoliy Hindiston kabi hududlar orasida yagona iqtisodiy, madaniy makon mavjud edi
Har bir voqea-hodisa qanday tarixiy muhitda, nima uchun aynan shu paytda, shu ko‘rinishda sodir bo‘lganligini, bu voqea-hodisa o‘z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni bosib o‘tganligini, keyinchalik u qanday holatga tushganligini bilish tarixiylik tamoyilining asosiy talabidir. Masalan, biron davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai-nazaridan turib baho bermoqchi bo‘lsak, birinchidan u qachon, qanday tarixiy sharoitda paydo bo‘ldi, ikkinchidan, u o‘z taraqqiyotida qanday bosqichlarni bosib o‘tdi, uchinchidan, uning tarixiy o‘rni, mavqei qanday degan savollarga aniq javob berish zarur.
Tarixiylik uslubi xalqning o‘tmishiga, hozirgi zamoni va kelajagiga yagona tarixiy jarayon sifatida o‘tmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon kelajakni yaratadi, degan taraqqiyot qonuni asosida qarashni talab etadi. O‘tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik mukammal o‘rgansak, anglab yetsak, hozirgi zamonni shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni aniq tasavvur etamiz.

Yüklə 384,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin