MA’RUZACHI: “MARKAZIY OSIYO XALQLARI TARIXI VA ETNOLOGIYASI”
kafedrasi dotsenti , t.f.n. Saidov Sh.J.
TOSHKENT -2020
Kirish. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.
O’zbekistonning eng yangi tarixi fanining fan sifatidagi ahamiyati. fanning obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari.
O’zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari, usullari va tamoyillari.
O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi.
XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida mazkur fanni o‘qitishdagi nazariy-konseptual yondashuv va ilg‘or innovatsiyalar.
Reja:
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, manbalari va mintaqa tarixining jahon tarixi bilan bog‘liqligi to‘g‘risida bilimlar tizimini shakllantirish.
Darsning o‘quv maqsadi: Tarix, O‘zbekistonning eng yangi tarixi, fan, predmet, obyekt, maqsadi, vazifalari, tamoyillar, holislik, ilmiylik, tarixiylik, davr, tarixiy manba, yozma manbalar, moddiy manbalar, xalq, mamlakat, mintaqa, o‘tmish, , tarixiy o‘tmish, tarixiy xotira, sivilizatsiya madaniy meros, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Alisher Navoiy, komil inson, vatanparvarlik, insoniylik.
Tayanch iboralar: Kishilik jamiyati qaror topganidan odamzod avlod-ajdodlari kimligini, qanday hayot kechirganligini, nasl-nasabini, o‘zi tug‘ilib voyaga yetgan zaminni, Vatanining o‘tmish tarixini bilishni istaydi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o‘z yurti, tili, dini, madaniyati, qadriyatlari, urf-odatlari tarixini bilishga, o‘zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Har qaysi mamlakat, har bir xalqning o‘ziga xos bo‘lgan uzoq va betakror tarixi bo‘lgani kabi ona Vatanimiz O‘zbekistonning ham, o‘zbek xalqining ham boy va sermazmun tarixi mavjuddir. qadim o‘tmishda Turon, Turkiston, Movarounnahr deb atalgan ona zaminimiz turli tarixiy yozma va arxeologik manbalarga ko‘ra Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatori dunyoga mashhurdir. Vatanimiz jahon tarixining turli xalqlar, sivilizatsiyalar tutashgan eng to‘lqinli, shiddatli chorrahalardan biri bo‘lib, bu zaminda mahalliy aholining fors, hind, xitoy, yunon, arab, rus xalqlari bilan ma’lum darajada aralashuvi sodir bo‘lib, ularning madaniyati, tili, dini, fani, san’ati, turmush tarzi bir-biri bilan uyg‘unlashib ketgan.
Bugungi kunga kelib Vatanimiz O‘zbekiston nafaqat sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganligini butun jahon tan olmoqda. Tariximiz ildizlari necha-necha ming yilliklarga borib taqaladi.
O‘zbek xalqining boy va qadimiy davlatchilik tajribasi bo‘lib, hozirgi O‘zbekiston hududida ilk mustaqil davlat tuzilmalari, miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlaridayoq paydo bo‘lib, qariyb 3 ming yil mobaynida takomillashib borgan
Dunyo davlatchiligi ravnaqiga eng yuksak darajaga ko‘tarilganligi butun dunyoga ma’lumdir. Bundan qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fuzalolar, olimu-ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan.
O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI BU – O‘zbekiston tarixi fanining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Garchand, istiqlol yillarida boshlangan buyuk davlatchiligimiz poydevorini yaratishdagi ulkan bunyodkorlik, tashkilotchilik ishlari hali tarixga aylanib ulgurmagan bo‘lsa bo‘lsa-da, qisqa fursat ichida O‘zbekistonning istiqlol taraqqiyoti yo‘lidan olamshumul islohotlarning mazmun-mohiyatini o‘rganishni, tahlil qilishni hayotning o‘zi dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo‘ymoqda.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani - ob’ekti sifatida, fanning O‘zbekiston tarixining eng yangi davri ekanligi nuqtayi nazaridan kelib chiqib, 1991 yildan to hozirgi kungacha bo‘lgan voqea va hodisalarning bir butun hamda yaxlitlikda o‘z ichiga oladi.
Fanning predmetiesa mana shu bir butun ob’ekt ichidagi aniq siyosiy, tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan iborat bo‘ladi.