26
ADABIY YO‘NALISH VA MAKTABLAR
Metod, uslub, romantizm, realizm, adabiy yo‘nalish, klassisizm,
modernizm, naturalizm, sentimentalizm,
simvolizm
San’at va adabiyotda hayot hodisalarini gavdalantirishning
umumiy va farqli tomonlari mavjud bo‘lib, ular metod, uslub, adabiy
yo‘nalish va maktab kabi badiiy hodisalarni yuzaga keltiradi.
Metod hayot xaqidagi konsepsiya, hayotni aks ettirishning
umumiy tamoyili, uslub metodning konkret badiiy ifodasi hisobladi.
Ilmiy adabiyotlarda realizm va romantizm kabi ijodiy metodlar
ajratilgan.
Romantizm metodi
hayot haqidagi, inson to‘g‘risidagi orzular
ifodasidir. Bu metodda yaratilgan asarlarda xayoliy voqealar,
orzulardagi obrazlar asosiy o‘rin tutadi.
Realizm metodi
ning o‘ziga xos xususiyati hayot hodisalarini
bor bo‘yi bilan, real ko‘rsatishdan iborat.
XX asr boshida amerikalik olim Uilson Alvin Bentli bir necha
yil davomida olib borgan kuzatish va tajribalari asosida, butun yer
yuzini qor qoplasa-da, hech bir qor zarrasi shaklan bir-birini
takrorlamasligi, har biri o‘ziga xos dizayn durdonasi ekanini
isbotlagan edi
1
. Bu haqiqatni yozuvchi va shoirlarga ham tatbiq qilsak,
har bir san’atkorning olami - hayotiy tajribasi, bilim darajasi, didi,
go‘zallikni ko‘ra bilishi, tasavvuri, xayolot dunyosi, qalb ko‘zi
o‘zigagina tegishlidir va ana shu o‘ziga xoslik, individuallik -
uslub
deyiladi.
Sharq mutafakkiri, shoh va shoir Boburning “
Qachonki
ko‘rgaysen mening so‘zumni, so‘zumni o‘qib anglagaysen o‘zumni
”
kabi misralarida aynan har bir ijodkorning o‘ziga xos uslubi, voqelik
va insonni idrok qila olish tarzi borligi haqida fikr bildirilgan. Demak,
uslub orqali ijodkor dunyosi: uning xayoloti, tasavvuri, bilimi,
iqtidori, shaxsiyati - butun borlig‘i namoyon bo‘ladi. Masalan, Oybek
uslubiga epik kenglik, peyzaj tasviriga boylik xos bo‘lsa, Abdulla
Qahhor uslubi qisqalik, voqeani qiziq, kutilmagan tarzda boshlanishi
bilan farq qiladi, L.Tolstoy uslubi esa kishilar ruhiyati tahlili sohasida
o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.
1
www.lookatme.ru/flow/posts/photo-radar/61848-uilson-bentli-i-ego-snezhinki
27
Metod va uslub kesishgan nuqtada adabiy yo‘nalish vujudga
keladi.
1
Klassisizm, barokko, naturalizm, simvolizm, sentimentalizm,
modernizm
va boshqa shu kabi adabiy yo‘nalishlar mavjud.
Adabiy maktab – badiiy asarni tadqiq qilish usuliga ko‘ra
tipologik xususiyatlarga ega bo‘lgan bir guruh olimlar va
ijodkorlarning birlashuvi. Shunga ko‘ra adabiy maktablar mifologik,
germenevtik, qiyosiy-tarixiy, madaniy-tarixiy, biografik kabi turlarga
bo‘linadi. Har bir maktab o‘z asoschilari, tadqiqot usuli va nazariy
konsepsiyasiga ega.
Dostları ilə paylaş: |