1. bob. Sharq musulmon olami ta`lim-tarbiyasida hadislarning tutgan o`rni



Yüklə 45,16 Kb.
səhifə1/6
tarix28.03.2023
ölçüsü45,16 Kb.
#124484
  1   2   3   4   5   6
Hadis kurs



KIRISH

Hadis o`zi nima? Nega hadislarni o`qib,undan hayotiy xulosalar chiqarishimiz,hadislardan ta`limiy ,ma`rifiy ozuqa olib,ma`naviyatimizni, qalblarimizni boyitishimiz kerak? Hadis – Muhammad Payg`ambarimizning nozil qilgan ibratli so`zlari,fikrlari hisoblanadi.


Islom dinining muqaddas kitobi Qur`ondir.Musulmonchilikda bu kitobning butun mazmuni Allohning vahiy qilgan dalolati deb tushuniladi.Islomning aqidalari,e`tiqod talablari,huquqiy va axloqiy me`yorlari,cheklash va taqiqlari Qur`on bilan birga uning tafsirlarida ,hadis to`plamlari va shariat qo`llanmalarida ,shuningdek,8-9 –asrlarda vujudga kelgan ilohiyot adabiyotlarida o`z ifodasini topgan.
Prezidentimiz 2017-yil 19-sentabr kuni BMT Bosh assambleyasida so`zlagan nutqida global muammolar yechimi yuzasidan fikrlar bildirilib,Imom Buxoriy boy merosini asrab-avaylash ,uni o`rganish, ayniqsa, yoshlar ongida ma`rifat asosida tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifalaridan biri deya ta`kidlagan edi. Ushbu nutqida prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish to`g`risida qaror qabul qilinganligini ham ma`lum qildi. “ Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka ,asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da`vat etadi.Markaziy Osiyo Uyg`onish davrining ko`plab yorqin namoyondalari islom va jahon sivilizatsiyasiga qo`shgan bebaho hissasini alohida qayd etmoqchiman.Ana shunday buyuk allomalarimizdan biri Imom Buxoriy o`z ahamiyatiga ko`ra islom dinida Qur`on karimdan keyingi muqaddas kitob hisoblangan “Sahihi Buxoriy “ ning muallifi sifatida butun dunyoda tan olingan” . Hadislar insoniyat rivoji uchun ,ma`naviy olamning boyishi uchun asosiy suyanch va tayanch vazifasini bajaruvchi vosita hisoblanadi.


1.BOB. Sharq musulmon olami ta`lim-tarbiyasida hadislarning tutgan o`rni.
1.1.Hadislar jamiyat hayotidagi yo`lchi yulduz vazifasini bajaruvchi vosita sifatida.
Ko`hna Sharq o`z olami Islom diniga e`tiqod qiluvchi dunyodir. Islom –jahonda keng tarqalgan uch dindan ( xristianlik va buddaviylik bilan bir qatorda) biri.Islom diniga e`tiqod qiluvchilar arabcha “ muslim” deb ataladi.” Muslim” ,”muslimun” so`zining boshqa xalqlar o`zgacha talaffuz etish (masalan,forslarda –musalmon,o`zbeklarda – musulmon,qirg`iz va qozoqlarda musulmon, Ukraina va Rossiyada –basurman ) natijasida bu dinga e`tiqod qiluvchilar turli nom bilan ataladi ,lekin bularning ichida hozir musulmon iborasi keng tarqalgan.Islom 7-asrda Hijoz ( G`arbiy Arabiston )da paydo bo`ldi.Uning asoschisi Muhammad sanaladi.Islom dinining paydo bo`lishi xususida u ilohiy hodisa,insonlarni to`g`ri yo`lga solish uchun Alloh taolo tomonidan yuborilgan oxirgi ta`limot hisoblanadi.Islom talqinida dastlab yahudiy va xristianlar ham aynan musulmonlar e`tiqod qilgan xudoga ishonganlar.Shu Xudo,ya`ni Alloh odamlarga payg`ambarlar va elchilar yuborgan,ammo insonlar payg`ambarlar ta`limotini buzganlar.Shuning uchun Alloh insonlarga oxirgi rasul etib Muhammadni tanladi,unga o`zining kalomi- Qur`on nozil qildi. Hadis — Muhammad sollallohu alayhi vasallam aytgan soʻzlari, qilgan ishlari, iqrorlari, izofa qilgan so'zlari, fe'llari yoki taqrirlari ( Taqrir deb, sahobalar tarafidan aytilgan biror so'z yoki qilingan amalga nisbatan Payg'ambarimizning sukut saqlashlariga yoki tasdiqlashlariga aytiladi)dir. Hadis - islom dinida Qur’ondan keyin turadigan ikkinchi muqaddas manba bo‘lib, Muhammad alayhissalomning hayoti va faoliyati, uning diniy va axloqiy ko‘rsatmalarini o‘z ichiga oladi. Hadis arabcha so’z bo’lib, uning bir qator ma’nolari bor:

  1. Yangi, yangi narsa, yangi ro’y bergan voqea;

  2. So’z, hikoya, naql, rivoyat;

  3. Muhammad payg’ambar sollallohu alayhi vasallam yoki uning sahobalari haqida hikoya qiluvchi xabar yoki rivoyat.

Islom dini ta’limoti bo’yicha eng asosiy manba Qur’ondir. Hadislar ana shu muqaddas asardan keyingi o’rinda turuvchi mo’tabar manbadir.Hadislar Muhammad sollallohu alayhi vasallam hayoti va faoliyati, shuningdek, uning turli sharoitlarda diniy, falsafiy, axloqiy-ta’limiy mavzularda aytgan xilma-xil fikrlari, ko’rsatmalari yoki munosabatlarini aks ettiradi. Hadislarning yuzaga kelishini uch omil bilan ko’rsatiladi:

  1. Muhammad sollallohu alayhi vasallam aytgan gaplar.

  2. Ularning o’zi qilib ko’rsatgan ishlari.

  3. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam tomonidan ko’rilgan yoki kuzatilgan ishning taqiqlanmagani.

Ana shu uch holatning har biri Sunnat deyiladi. Sunnat ham arabcha soʻz boʻlib, uning lugʻaviy maʼnosi " yo’l, odat " demakdir. Istilohiy maʼnoda esa Muhammad paygʻambardan sollallohu alayhi vasallam qolgan urf-odatlarga aytiladi. Ularni bajarish vojibdir. Ularda islom diniga oid tushunchalar va ularning talqini, xususan, farz, vojib,sunnat,halol, harom, makruh kabi tushunchalarning maʼno izohi oʻz aksini topgan. Hadislarning asosiy katta qismi axloq-odob masalalariga, inson ma`naviyati bilan bogʻliq muammolarga qaratilgan. Shuning uchun ham hadislarga eng qadimgi davrlardan Muhammad paygʻambar sollallohu alayhi vasallam zamonidanoq alohida ahamiyat berishgan. Hadislar imkoni boricha xatosiz, asl holida boshqalarga yetkazilishi lozim boʻlgan. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam nomiga bogʻlab turib yolgʻon hadis tarqatish qattiq qoralangan. Ushbu talab natijasida hadislar koʻp vaqtlar oʻz holicha saqlanib qolgan, ammo jamiyat bir joyda qotib turmaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot oqibatida sinflar, ijtimoiy guruhlar orasida munosabatlar, qarashlar ham oʻzgarib boradi, ziddiyat, ixtilof va kelishmovchiliklar yuz beradi. Shunday hodisa islom dinida ham koʻzga tashlanadi. Islom dinidagi ichki gʻoyaviy kurashlar va oʻzaro murosasizlik natijasida paygʻambar sollallohu alayhi vasallam hadislarini buzish, ularni soxtalashtirish ham koʻzga tashlana boshlaydi. Bunday nomaʼqul harakatlarga qarshi kurashish zaruriyati yuzaga keladi. Natijada hadislarni faqat eshitish bilan emas, balki yozib olish, uning haqiqiy dastlabki shaklini tiklash bilan ham shugʻullanishga toʻgʻri keladi. Shunga koʻra hadislarni toʻplab, bir kitob holiga keltirish harakati VIII asrlardan boshlab keng avj oldi. Muhaddislar hadislarning haqiqiyligini ayrim belgilar orqali aniqlashgan. Bular:
1.Hadislar Qur’on oyatlariga zid kelmasligi lozim.
2. Ular paygʻambar sollallohu alayhi vasallam sunnatlariga muvofiq boʻlmogʻi shart.
3.Ularda tarixiy voqelik buzilmasligi kerar.
4. Hadislar gʻayri axloqiy boʻlishi mumkin emas.
Hadislarning mavzu qamrovi nihoyatda keng. Ular Muhammad sollallohu alayhi vasallamrning hayoti va faoliyati bilan bogʻliq hadislar talqini, oʻzaro insoniy munosabatlar, doʻstlik, ahillik, saxovat, ota-onalarga va qarindosh urugʻlarga munosabat, halollik, poklik, adolat, insof, diyonat, hasad, xiyonat, rostgoʻylik yolgʻonchilik va boshqa insoniy fazilatlar va nuqsonlar ustida bahs yuritiladi. Muhimi, ularda yuksak insoniy fazilatlar ulugʻlanadi, kishilarda shunday xislatlarning boʻlishi maʼqullanadi va targʻib qilinadi, aksincha, yomon feʼl-atvor va xususiyatlarning kishilik jamiyati uchun kulfat va azoblar keltirishi qayta-qayta taʼkidlanadi.Hadislarda ota-onaning nazaridan qolish gunohlarning eng ogʻiri sifatida baholanadi:

Yüklə 45,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin