1. bob. Sharq musulmon olami ta`lim-tarbiyasida hadislarning tutgan o`rni



Yüklə 45,16 Kb.
səhifə3/6
tarix28.03.2023
ölçüsü45,16 Kb.
#124484
1   2   3   4   5   6
Hadis kurs

Hadislar Islomda Qurʻon karimdan keyin ikkinchi manba bo'lib, 2 qismdan iborat boʻladi: matn va sanad. Matn bu Rasululloh (s.a.v)ning so'zlari, sanad esa roviylarning ketma-ketligi hisoblanadi. Hadis 2 turga — Hadisi qudsiy (maʼnosi Alloh taoloniki, aytilishi Rasululloh tomonidan boʻlgan hadislar) va Hadisi nabaviyga boʻlinadi. Hadislar eʼtiborga olinishi jihatidan 3 xil bo'lib: 1) sahih 2) hasan 3) zaif.

Hadislar o`rganilishi natijasida bir qancha turlarga ham ajraladi:


1.Uzluksiz hadislar (Al-hadis al-mutavotir). Bu xildagi hadislarning roviylari ko'pchilikni tashkil etgan va yolg'onga ittifoq qilmaydigan darajada ishonchli roviylardir. Bu xildagi hadislar ayniqsa jamiyat aʼzolarining amaliy hayotiga, masalan, namoz, roʻza,zakot,hajfarzlariga doir hadislarda koʻp uchraydi.
Shuningdek, uzluksiz hadislar ikki xilda bayon etilishi mumkin: lafziy uzluksizlik - bunda hadisdagi soʻzlar (lafzlar) deyarli oʻzgartirilmay bir xilda boʻladi. Mazmuniy (maʼnoviy) uzluksizlikda esa rivoyat qilinadigan voqealar qisman oʻzgartirilishi (yaʼni, juz'iy farqli boʻlishi) ham mumkin.
2.Yakka hadislar (al-oxod). Istiloh sifatida bu hadislarda uzluksiz hadislarning shartlari boʻlmaydi, bu xildagi hadislar roviylarining soni chegaralangan - koʻpincha bitta boʻladi. Odatda yakka hadislar dalil va isbotlar bilan asoslanadi. Bunda ushbu hadisni naql qiluvchisining toʻgʻri soʻzligi, rivoyat qilinadigan hadisning xatodan xoli boʻlishi, ishonchli boʻlishligi kabi masalalar ilm addiroyat orqali chuqur tadqiq qilinadi. Yakka hadislar uch xil boʻladi:
1.Gʻarib hadislar. Muhaddislar fikricha, bir roviy tomonidan rivoyat qilingan hadislar gʻarib hadislar deb ataladi.
2. Aziz hadislar deb ikki roviy rivoyat qilgan hadislarga aytiladi.
3.Mashhur hadislar deb ikkitadan ortiq roviy rivoyat qilgan hadislarga aytiladi. Biroq bu hadislar uzluksiz hadislar darajasiga yetishmaydi va ular sahih (ishonchli, toʻgʻri), hasan (yaxshi, maʼqul) va zaif hadislar boʻlishlari mumkin. Oliy isnod (al-isnod al-oliy) va nozil isnod (al-isnod annozil). Rasulullohga nisbatan boʻlgan roviylarning koʻpligi yoki ozligi hamda oʻtgan vaqtiga qarab isnodning oliyligi yoki quyilashuvi belgilanadi. Imom al Buxoriy keltirgan hadislarning isnodi, koʻpincha u bilan Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam oʻrtasida uch roviydan tashkil topadi. Boshqa hollarda esa mazkur hadisning rivoyat qilganda uning isnodi toʻrt yoki besh roviydan boʻlishligiga ham erishadi. Binobarin hadisshunoslikda uch isnodliklar isnod oliy, toʻrt va besh isnodliklar esa isnod nozil (quyilovchi isnod), deb qabul qilingan. Oliy isnod mansub hadislarning sahih (ishonchli) boʻlishlari asosiy shartlardan hisoblanadi.
Al-Hadis al-marful. Bu xildagi hadislar (isnodi bogʻlansa ham yoki bogʻlanmasa ham) Paygʻambar alayhissalomga borib bogʻlanadi (taqaladi). Bunday hollarda ushbu hadisni sahih yoki zaif, muttasil yo munqatil, undan sahoba yoki tobe'in tushib qolishi ham mumkin, bulardan qatʼiy nazar bular marful hadislar sirasiga kiradi. Marful hadislar ikki xil boʻladi:

  1. Al-Marful as-sariyh (ochiq-oydin marful). Bu xildagi hadislarda Paygʻambarga sollallohu alayhivasallam mansubligi bevosita taʼkidlanadi. Masalan, „Paygʻambar degan“ (قال), „Paygʻambarni koʻrdim“ (رأى) yoki „Paygʻambar bizga buyurgandi“ (أمر) kabi iboralar mavjud boʻladi.

  2. Al-Marful al-hukmiy (hukm etilgan, buyurilgan). Bu tarzdagi hadislarda toʻgʻridan-toʻgʻri Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga ishorat qilinmay, pinhoniy (dimniy) keltiriladi. Sahoba yoki Tobeʼinlardan birontasi Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga mansub etmay, shar'iy hukmlardan biror masalani gapiradi, biroq bu fikr uni oʻzidan chiqmagan boʻlib, odatda Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamdan olgan boʻladi.

Al-Hadis al-mavquf, deb sahobalarning soʻzlari yoki harakatlari mansub etilgan hadislarga aytiladi. Chunonchi, sahobalar Paygʻambar alayhissalomning suhbatida boʻlib, uning rushd-u hidoyatidan va odobidan bahramand boʻlganlar. Ulamolarning ham sahobalarning soʻzlari va ishlariga ehtiyojlari katta boʻlgan. Mana shu sabablarga koʻra, sahobalarning soʻzlari (qavllari) va ishlari (af'ol) ham hadis kitoblariga kiritilgan.
Al-Hadis al-maqtul, deb tobeʼinlarning soʻzlari va ishlari keltirilgan hadislarga aytiladi. Tobeʼinlarning soʻzlari va qilgan ishlari ham ulamolarning diqqat markazida boʻlgan, chunonchi, ular sahobalar bilan muloqotda boʻlib, shari'at ahkomlarini ulardan olganlar. Paygʻambar alayhissalom ham yaxshi insonlar, deb aytganlarida ularni koʻzda tutganlar. Sahih hadislar deb isnodi boshidan oxirigacha adolat bilan hech bir kamchilig-u illatlarsiz rivoyat qilinadigan hadislarga aytiladi. Sahih hadislarning yana talay shartlari ham boʻlib, ulardan eng muhimlari quyidagilardir: 1.Sanadni uzluksiz bogʻlanishi (ittisol as-sanad) — bu shundayki, hadisni rivoyat qiluvchi roviylarning silsilasi boshidan oxirigacha hech bir uzluksiz boʻlishi shart.
2.Keltiriladigan hadis roviylarining hammasi oʻz dinida adolatli, sobitqadam kishilar boʻlmogʻi kerak.
3.Rivoyat qiluvchi komil musulmon boʻlishi shart, chunki ular dinda mustahkam insonlardir.
4.Rivoyat qiluvchi aql-idrokli kishi boʻlmogʻi zarur.
5. Roviy balogʻatga yetgan inson boʻlishi kerak.
6. Roviy fisq-u fasoddan xoli, sogʻlom fikrlovchi inson boʻlishi kerak.
7. Uzuq-yuluqni rivoyat qilishdan xoli kishi boʻlishi zarur.
Hadisning yana bir lug`aviy ma`nosi “ yangi “ demakdir. Bu nom bilan atalishining boisi shundaki,har bir aytilayotgan xabar o`zida qandaydir yangi fikrni bildirgan.Shuningdek,uni ilgari nozil bo`lgan Qur`oni karimning iste`molda bo`lgan qadimiy kalimalaridan ajratish ham ko`zda tutilgan.Hadislar jamiyat hayotidagi yo`lchi yulduz vazifasini bajaruvchi vosita bo`lib,insoniyat uchun yuksak jamiyat qurish g`oyasini mustahkamlaydi.Jamiyatning ma`naviy olami yuksak saviyada bo`lsagina,taraqqiyoti rivojlanadi.Hadislar ham oila bag`ridan farzand qalbiga singdirish bilan boshlanadi.Yangi O`zbekiston bugun o`z diniy olamini mustahkamlab ,boyitmoqda,rivojlantirmoqda.


1.2.O`quvchilar ongida Payg`ambarimizga nisbatan muhabbat ruhini tarbiyalash va buning ahamiyatini asoslash.

Yüklə 45,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin