"Gunohning kattasi-Tangriga shirk keltirmoqlik, nohaq qon to’kmoqlik, ota-onaga oq bo’lmoqlik va yolg’on guvoh bermoqlik hisoblanadi”.
Hadislarda islom dinining qonun-qoidalari bilan birgalikda insoniy fazilatlar ham keng tashviq qilinadi, insoniylik sha’niga dog‘ tushiradigan yomon sifatlar qoralanadi. Ya’ni, hadislarda o‘zaro do‘stona munosabatlar, qarindosh, ota-ona va farzandlarning haq-huquqlari, mehr-oqibat, halollik, poklik, adolat, insof-tavfiqli bo‘lish targ‘ib qilingan. Razolat, kibr-u havo, adovat, hasad, xiyonat, yolg‘onchilik, fitna-fasod, zulm kabi illatlarga nafrat tuyg‘ulari ifodalangan. Vaqt o‘tishi bilan turli ijtimoiy ziddiyatlar, dindagi ichki g‘oyaviy kurashlar natijasida soxta hadislar ham paydo bo‘la boshlagan. Natijada hadis ilmi bilan shug‘ullanuvchi olimlar - muhaddislar hadislarni ishonchli manbalar asosida qayta ko‘rib chiqishga, ularning haqiqiylarini soxtalaridan ajratishga kirishganlar.Hadislarni toʻplab, ularning haqiqiylarini aniqlash bilan shugʻullangan olimlar muhaddis deyiladi.Imom Buxoriy, Muslim ibn Hajjoj, Imom Termiziy, Abu Dovud,Sulaymon Sijistoniy (817— 888), Ibn Moja (834—886), Dorimiy, Bayhaqiy , Tabaroniy, Ibn Hibbon, imom Hokim, Abu Aʼlo, Daylamiy, Doriqutniy, Jamoliddin Suyutiy kabi muhaddislarning nomi mashhur. Lekin muhaddislar orasida olti kishining dovrugʻi olamni tutgan. Ulardan beshtasi oʻrta osiyolik: Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (hijriy 194—256, milodiy 810—870), Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy (824—892), Abu Muhammad Abdulloh Muhammad ibn Yazid ibn Mojja (824—888) shular jumlasidandir. Shubhasiz, ular orasida yurtdoshlarimiz Imom Buxoriy hamda at-Termiziylarning boʻlishi koʻngillarda iftixor tuygʻularini uygʻotadi. Buxoriyning toʻliq ismi-Abu Abdulloh Muhammad Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mugʻira ibn Bardazbah al-Juafiy al_Buxoriydir. U Buxoroda Ismoil ismli katta olim oilasida 810-yilda tugʻilgan, yoshligidanoq oʻzining oʻtkir zehni va kuchli iqtidorini namoyish qilgan. Buxoriy goʻdakligidayoq otasi dunyodan oʻtdi va onasini qoʻlida qoldi. Maktabda dastlabki savodini chiqargancha arab tili va hadis kitoblarni oʻqishga ularni yod olishga ragʻbat bildiradi. Oʻn sakkiz yoshga kirganda u bir qator yirik ilmiy asarlar muallifi edi. Hoshid ibn Ismoil ismli bir hamdars olimning guvohlik berishicha, Imom Buxoriy bir necha sheriklari bilan Basrashahrining yirik ulamolaridan biriga borib saboq olar ekan. Hammalari eshitgan hadis va rivoyatlarni ustozning og’zidan chiqishi bilanoq batartib yozib olishga shoshilar ekanlar. Imom Buxoriy esa qog’oz-qalamsiz dars tinglab yuraverar ekan. Bir kuni talabalar: "O’n olti kun olgan darisimizni Buxoriydan bir so’rab ko’raylik-chi, esida bormikan?" deyishib, imtihon qilishibdi. Hammalari daftarlariga qarab turishibdi. Buxoriy oʻn olti kun ilgari oʻtilgan darsni birorta kalima qoldirmay, batartib yoddan oʻqib bergandan keyin, uning xotira va qobiliyatiga lol qolib, ayni chogʻda, oʻzlari yozib olgan darslaridagi kamchiliklarini ham tuzatib olishibdi.
Hadislar tuzilishiga ko‘ra, yuqorida ta’kidlanganidek, ikki qismdan - hadisning mazmuni (matni) va uning sanadidan iborat. Hadislarni bir-biridan eshitib, rivoyat qilib, avloddan avlodga qoldirib kelgan roviylar ro‘yxati hadisning musnadi deyiladi.
Muhammad payg‘ambardan so‘ng biron-bir hadis yozib olingunga qadar o‘tgan vaqt ichida ushbu hadisni bir-biriga naql qilib kelgan roviylar tartibida (musnadda) uzilish bo‘lmasa, bunday hadislar ishonchli hisoblangan.