Muhammad, Muhammad ibn Abdulloh (arabcha: مُحَمد بنِ عَبْد ٱ ٰ; tax.570-yil, Makka — 8-iyun 632-yil,Madina)[1][2] — islomdini va birinchi musulmonlar jamoasi asoschisi. Musulmonlar eʼtiqodiga koʻra, Allohning oxirgi paygʻambari va uning elchisi. Shu maʼnoda uni Rasululloh, Rasuli Akram deb atash odat tusiga kirgan. Islom taʼlimotiga koʻra, Muhammad nomini aytgan yoki eshitgan kishi „sallalohu alayhi vasallam“ (s.a.v.) yoki „alayhissalom“ (a.s.) deb salovat aytib qoʻyish vojib hisoblanadi. Muhammad orqali odamlarga Qurʼon nozil qilingan.Qurayshqabilasining hoshimiylarurugʻiga mansub, uncha boy boʻlmagan, lekin Makka zodagonlariga yaqin oilada tugʻilgan. Muhammadning bolalik va oʻsmirlik yillari haqidagi maʼlumotlar juda kam. Muhammad goʻdakligidayoq yetim qolgan; tugʻilmasidan avval otasi Abdulloh, 6 yoshligida esa — onasi Omina vafot etgan. Muhammadni oʻz tarbiyasiga olgan bobosi Abdulmuttalib ham koʻp oʻtmay olamdan oʻtadi. Yetim bolani tarbiya qilishni amakisi Abu Tolib oʻz zimmasiga oladi. 12 yoshida Muhammad bir muddat Abu Tolibning podasini boqadi, keyin tijorat ishlariga jalb qilinadi. Abu Tolib Muhammadni 21 yoshida Huvaylid ibn Asʼadning qizi, badavlat beva ayolXadicha xonadoniga dastyorlikka beradi. Xadichaning savdoishlari bilan shugʻullangan Muhammad Suriyaga safar qiladi, xususan, Halab va Damashq shaharlariga boradi. Muhammad 25 yoshida (595-yil) Xadichaga uylanadi. Muhammaddan Xadicha 3 oʻgʻil (Qosim, Tohir, Tayyib) va 4 qiz (Ruqiya,Zaynab, Ummu Kulsum, Fotima) koʻrgan. Ogʻillari goʻdakligidayoq vafot etgan. Qizlaridan Fotimagina Muhammad naslini davom ettirgan. Xadicha vafotidan soʻng Muhammad bir necha bor uylangan (lekin, Oyshadan boshqa bokira xotin olmagan), ulardan farzand koʻrmagan. Faqat joriyasi Mariyadan Ibrohim ismli oʻgʻli boʻlgan. U ham juda yoshligida olamdan oʻtgan.
Muhammad 40 yoshga toʻlganida oʻzini boshqacha seza boshlaydi. Yolgʻizlikni qoʻmsab, Makka yonidagi Hiro togʻida joylashgan gʻorga borib ibodat bilan mashgʻul boʻlar, oʻyga tolardi. Taxminan 610-yilda Muhammad Makkada oʻzining Allohdan vahiy olayotganligini eʼlon qiladi. Buni birinchilardan boʻlib Xadicha, Muhammadning amakivachchasi Ali ibn Abu Tolib, hamda asrandi oʻgʻliZayd ibn Horisa eʼtirof etib iymon keltirishgan. Koʻp oʻtmay, Makkaning eng nufuzli savdogarlaridan Abu Bakr, Zubayr, Talha, Saʼd ibn Abu Vaqqos, Abdurahmon ibn Avf va Usmon ibn Affon Muhammadni chin paygʻambar deb tan olishgan. Muhammad izdoshlari jamoasi dastlabki paytlarda 50 kishidan oshmagan. Makkaning asosiy aholisi, ayniqsa, nufuzli qurayshliylar esa Muhammad taʼlimotini ochiqdan ochiq dushmanlik bilan qarshi olgan. Buning natijasida Muhammad tarafdorlaridan 11 xonadon Habashiston (hozirgi Efiopiya) ga koʻchib ketgan. Muhammad jamoasiga jasur jangchilar sifatida tanilgan Hamzava Umar ibn Xattobning qoʻshilishi jamoaning mavqeini oshirdi. Ayni vaqtda quraysh zodagonlarining Muhammad va uning tarafdorlariga dushmanligi yanada kuchaydi. 620-yilda Xadichaning, soʻngra Abu Tolibning vafotidan soʻng Makkada vaziyat yomonlashadi, Muhammad muayyan xatar ostida qoladi. Har yilgi anʼanaviy Makka ziyoratiga kelgan yasriblik Avsva Hazrajqabilalarining vakillari Muhammad bilan uchrashib, sodiqlik bildirishadi va yordam qilishga vaʼda berishadi, Muhammadni Yasribga koʻchib borishga daʼvat qilishadi. Avval Muhammadning izdoshlari (asʼhoblar) oʻz oilalari bilan quraysh zodagonlaridan maxfiy ravishda guruh-guruh boʻlib koʻchadi. Oxirida Muhammadning oʻzi Abu Bakr bilan joʻnab ketadi. 622-yildada yuz bergan bu koʻchish payti (arab, hijrat)dan musulmonlar erasi — hijriy yil hisobi boshlanadi. Yasrib esa Madina an-Nabiy („Paygʻambar shahri“) yoki qisqacha, Madina deb ataladigan boʻldi.
Madinada birinchi masjidqurildi, islom arkonlari ishlab chiqila boshlandi, Kaʼbaqibla qilib belgilandi. Jamoani jipslashtirish va uni kengaytirish uchun makkalik mushriklarga qarshi kurashish zarur edi. Makkaliklarga qarshi uyushtirilgan iqtisodiy urush ular farovonligining asosiy manbai boʻlgan savdo karvonlari ishini chippakka chiqardi. 624-yilda Badr quduqlari oldida Badr jangi, 625-yilda Uhud togʻi etagida Uhud janglari boʻldi. 626-yilda makkaliklar madinaliklarga uzil-kesil zarba berish maqsadida yirik harbiy safarga otlanishdi. Muhammad Madinani uzoq qamal sharoitiga tayyorladi, shahar atrofiga chuqur xandaqlar qazildi va u yerlarga kamonchioʻqchilar joylashtirildi. Kutilmagandagi izgʻirin, kuchli shamollar qamal qiluvchilarni toliqtirdi, ular orasida nizolar boshlandi. Natijada Madina qamali bekor qilindi, bu gʻalaba Madina jamoasini yanada jipslashtirish bilan birga, unga yangi-yangi badaviy qabilalarning qoʻshilishiga olib keldi. Hijratning 6-yilida makkalik quraysh zodagonlari mavjud muammolarni kelishuvchilik yoʻli bilan bartaraf etish uchun Muhammad bilan tengma-teng muzokara olib borishga majbur boʻlishdi. Madinaga qarshi kurashning yetakchilaridan biri boʻlgan Abu Sufyon Muhammad tarafiga oʻtdi. 630-yilda Makka Muhammadga jangsiz taslim boʻldi, makkaliklar Muhammad jamoalariga qoʻshildi. 631-yilda koʻp qabilalar Muhammadga boʻysundi va islomni qabul qildi. Hijratning 10-yili (632-yilmartida) Muhammad oʻz oila aʼzolarini olib, Madina atroflaridagi 100 mingdan ortiq kishi bilan Makkaga birinchi va oxirgi marta ziyorat (haj)ga bordi. Bu vidolashuv haji boʻlgan. Mana shu ziyorat Makkaning islom dini markazi sifatidagi mavqeini uzil-kesil hal etdi. Oʻshandan buyon oʻtgan barcha asrlar davomida musulmonlar bu shaharni ziyorat qiladi. Haj safaridan 81 kun keyin uzoq davom etmagan kasallikdan soʻng Muhammad Madinada vafot etdi. Muhammadni oʻz hujrasiga dafn qilishgan, maqbarasi keyinchalik u yerda qurilgan katta masjid ichida qolgan, musulmonlarning ziyoratgohiga aylantirilgan.Muhammadning hayoti va tarjimai holi siyratda, uning soʻzlari va qilgan ishlari haqidagi rivoyatlar hadislardabayon etilgan. Islom taʼlimotida Muhammad komil inson sifatida taʼriflanadi. Sunnat paygʻambarning hayoti barcha musulmonlar uchun namuna boʻlishi kerakligi taʼkidlanadi. Islom anʼanasida Muhammad hech qanday gʻayritabiiy, ilohiy xususiyatga ega emasligi, balki hamma kabi oddiy odam, lekin Allohning chin va oxirgi paygʻambari ekanligi qayd etiladi. Bu g`oyalar ta`siri davrlar o`tsa-da ,o`z qiymatini yo`qotgani yo`q. Allohga ishonch butun o`zbek xalqi uchun eng katta kuch hisoblanib,Muhammad Payg`ambar ruhiga muhabbat bilan qarashadi,yosh avlod ongiga ham singdirishadi.
Muhammadning shakl-u shamoyillari, siyrat-u sifatlari, insoniy fazilatlari, boshqa paygʻambarlardan farq etadigan xususiyatlari toʻgʻrisida u bilan birga yurgan, suhbatlaridan bahramand boʻlgan sahobalar hamda nikohida boʻlgan ayollari tomonidan naql qilingan rivoyatlar asosida koʻplab asarlar bitilgan. Ulardan Abu Iso Termiziyning „Shamoili nabaviya“, Muhammad Busiriyning „Qasidai burda“, Abu Jaʼfar Barzanjiyning „Mavlidin-Nabiy“, Muhammad ibn Solihning „Muhammadiya“, Mavlono Muʼinning „Siyari sharif“,
Akbarobodiyning „Nodirul-meʼroj“, Sayyid Mahmud Taroziyning „Shirin kalom“, „Nurul kalom“, „Nurulbasar“ va boshqa koʻplab mualliflarning asarlarini misol qilib keltirish mumkin. Imom Termiziyning „Shamoili Muhammadiyya“ kitobi ular ichida qadimiyligi va rivoyatlarining sahihligi bilan ajralib turadi. Unda Muhammadning jismoniy va axloqiy xususiyatlariga batafsil taʼrif berilgan. Masalan, ikki kiftlari oʻrtasida „Muhammadun rasululloh“ deya bitilgan muhri nubuvvatlari boʻlgani, soch-soqollarining oqu-qorasi nechta boʻlganidan tortib, kiyimkechaklari, oyoq kiyimlari, taqqan uzuklari, qilich-qalqonlari, salla-choponlari, yegan va yoqtirgan taomlari, ovqatdan oldin va keyin oʻqigan duolari, suv ichishlari, xushboʻy narsalarni isteʼmol qilishlari, soʻzlashish odoblari, xulq-odoblari, kulish va hazil-mutoyibalari, musiqa va sheʼriyatga munosabatlari, ibodat va riyozatlari, tilovat va munojotlari, yotish-turishlari, tibbiyotga munosabatlari, kundalik tirikchiliklari, nom-u laqablari, umrlarining miqdori, xastalik va vafotlari, qoldirgan meroslari va boshqa sifatlari toʻgʻrisida alohida-alohida bob va fasllar orqali bayon etilgan. Jismoniy tuzilishlari toʻgʻrisida jumladan shunday naql qilinadi: „Ul zotning boʻylari unchalik novcha ham, past ham emas, bosh, qoʻl, oyoq va kiftlari yoʻgʻon, yuzlari qizgʻish, koʻzlari katta, oqi juda oq, qorasi oʻta qora, oʻtkir, sochlari quloqlarining yumshoqlarigacha yopib, yelkalariga tegib-tegmay turar, boʻyinlari sochlari orasidan tovlanib, goʻyo kumush koʻzdek koʻrinib turar, terlasalar, marjondek terlaridan muattar hid taralar, biror kishiga qayrilib qaramoqchi boʻlsalar boshlarinigina burib qaramay, balki butun gavdalari bilan oʻgirilib qarar edilar. Old tomonlarini qanday koʻrsalar, orqa tomonlarini ham shunday koʻrar edilar“.1 Qurʼonda barcha huquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. Ularga aniqlik kiritish va izohlash uchun Muhammad sollallohu alayhi vasallam oʻz hadislarini aytardi. Bu hadislarni paygʻambarlarning safdoshlari yaʼni sahobai kiromlar yodda saqlashga harakat qilardi.
Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam vafotidan soʻng hadislarni naql qilish odat tusiga kirdi.
Shu munosabat bilan bir guruh musulmonlar uni yozma shaklda toʻplay boshladilar. Birinchi hadis kitobini Ibn Shihab al-Zuhriyrohimahulloh yozdi. Undan keyin birin-ketin hadis toʻplamlari tasnif etila boshladi. Lekin bu toʻplamlar muayyan tartibga solinmagan, boblarga ajratilmagan boʻlib, ularda Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam hadislari bilan sahobalar va tobeʼinlarning fatvolari bir manbada jam qilib yuborilgan edi.
Hijriy III asrda hadis taʼlif etish sohasida turli yoʻnalishlar vujudga keldi. „Musnad“ yoʻnalishida tasnif etilgan toʻplamlarda turli mavzudagi hadislar bir joyda keltirilib, ular hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning islom dinini qabul qilgan vaqtiga koʻra yoki alifbo tartibida joylashtirilgan. Imomi Aʼzam Abu Hanifa,Ahmad ibn Hanbal rohimahullohning hadis kitoblari shu yoʻnalishga mansub.
„Sahih“ yoʻnalishiga tugʻri, ishonarli hadislar kiritilgan. Bu yoʻnalishga Imom al-Buxoriy rohimahulloh asos solgan. „Sunan“ yoʻnalishidagi toʻplamga esa toʻgʻri, ishonarli hadislar bilan bir qatorda „Zaif“ hadislar ham kiritilgan. Abu Dovud, Abu Iso Termiziy , Nasoiy, Ibn Moja rohimahullohlar toʻplamlari ham shu yoʻnalishga mansubdir.
Movarounnahrda birinchi boʻlib Imomi Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy rohimahulloh hadis toʻplamini tasnif etgan. Bundan tashqari Ahmad ibn Hanbal al-Marvaziy, Ishoq ibn Rohavayh alMarvaziy, Haysam Ibn Kulayb ash-Shoshiy, Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad al-Barakotiy, Ibrohim ibn Ma'qul an-Nasafiy va boshqalar hadis toʻplamlarini tasnif etishgan. Keyinchalik, milliy-siyosiy ixtiloflar natijasida, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam nomidan yolgʻon hadislar toʻqish, Fiqh va kalom ilmi sohasidagi ziddiyatlar, amir va hokimlarga xushomadgoʻylik oqibatida koʻplab ishonarsiz, toʻqima hadislar yuzaga kelgan.
Davr oʻtishi bilan hadislar tanlanib, muhim deb hisoblanganlari bir tizimga solina boshladi. IX—X asr boshlarida musulmonlar orasida eng ishonchli deb tanilgan hadisning 6 ta toʻplami vujudga kelgan. Bular: „Sahihi Buxoriy“, „Sahihi Muslim“ (qarang Muslim ibn Hajjoj), „Sahihi TermiziySahihi“, „Sunani Abu Dovud“, „Sunani Ibn Moja“, „Sunani nasoiy“lardir. Bu 6 ta hadis toʻplamini tuzgan muhaddislardan 2 tasi movarounnahrlik, 4 tasi esa xurosonlik boʻlgan. Hadislar toʻplami „sunna“ deb nom olgan bo'lib, Hadislarni yigʻuvchi, sharhlovchi, targʻib etuvchi shaxslar esa „muhaddis“ deb atalgan.
Hadis yigʻish oʻrta asr musulmon madaniyatining muhim xususiyati boʻlib, tolibi ilmman degan inson hadis ilmiga o'zining hissasini qo'shishi kerak edi. Yurdoshimiz Imom al-Buxoriyning „Sahihi Buxoriy“ asari islom olami oliy oʻquv yurtlarining shariat fatlvolarida asosiy oʻquv qoʻllanmasi sifatida xizmat qilib kelmoqda. Imom al-Buxoriyning Hadislar toʻplami 4 jilddan iborat bo'lib 1jildi 1991-yilda, 2-jildi 1996-yilda, 3-jildi 1994-yilda, 4-jildi 1992-yilda, 2-nashri esa 1997-yilda Toshkentda nashr etildi. Abu Iso Termiziyning „Sahihi Termiziy“ Hadislar toʻplami 1-jildining oʻzbekcha tarjimasi 1999-yil Toshkentda chop etildi. Bulardan tashqari „ming bir hadis“ning tarjimasi va „Qudsiy hadislar“ning tarjimasi ham nashr etildi.
Hadis (حديث) Muhammad alayhissalomning aytgan gaplari, taʼkidlari yoki qilgan ishlari tasvirlangan manbalardir. Hadisni muhaddislar yigʻadi va oʻrganishadi.Islompaygʻambari Muhammadning sollallohu alayhi vasallam yoʻl-yoʻriqlari va koʻrsatmalari, unga mansub pandu-nasihatlar yigʻindisi hadislar deb atalib, ular islom dini uchun juda katta ahamiyatga egadir. Chunonchi, hadislar Qur'ondan keyin shariat ahkomlarining asosini tashkil qiladi.
Maʼlumki, tarixan gʻoyatda qisqa muddatda nozil boʻlgan Qur’oni karim oyatlari baʼzi hollarda umumlashtirilgan, murakkab holda keltirilgan boʻlganligidan Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislari ushbu oyati shariflarni kengroq talqin etadi, ularni oddiylashtirib bayon qilib, unda keltirilgan voqea va hodisalarni koʻpchilikka tushunarli qilib mufassal holatda sharhlaydi.
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislari u zoti sharif yashagan davr uchun haqiqiy bir koʻzgu vazifasini ham oʻtaydi. Chunki ular sarvari olamning hayotlari, husni axloqlari, adolatli jamiyat qurish yoʻlida koʻrsatgan beqiyos saʼy-harakatlari, yaxshilig-u xayr-barakotga asoslangan faoliyatlarni oʻz ichiga oladi. Mana shularga binoan oldin oʻtgan hech bir paygʻambarlar va ulugʻlarga koʻrsatilmagan alohida bir eʼtibor bilan ilm ahllari hadislarni toʻplashga kirishdilar. Hadis ilmi bilan shugʻullanish eng aziz va sevimli mashgʻulot hisoblanib, ularni toʻplash uchun olimu ulamolar butun aql-zakovati-yu qalb qoʻri bilan kirishganlarini alohida taʼkidlash zarur.
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam hayot vaqtlarida hadislarni yozib olish odat boʻlmagan. Ayrim sahobalarning fikricha, Paygʻambarning sollallohu alayhi vasallam oʻzlari hadislarini yozma qayd etishni man qilganlar. «Mendan Qur’ondan boshqa hech narsa yozmanglar, agar kimki biror narsa yozgan boʻlsa, oʻchirib tashlasin. Mendan faqat hadis aytinglar, xolos. Buning hech zarari yoʻq»[1] , deb uqdirganlar, soʻngra Paygʻambarning sollallohu alayhi vasallam oʻzlari Abdulloh ibn Amr ibn al-Os(r.a)ga izn qilganlaridan keyin hadislar zarur hollarda yozma ravishda ham qayd etila boshlagan. Paygʻambar vafot etganlaridan soʻng maʼlum darajada tortishuv va munozaralardan keyin har xil mavzularga doir hadislar kitobat holiga keltirila boshlandi.Masalan, sahobalardan Jobir ibn Abdulloh haj ziyoratining yoʻl-yoʻriqlari («Manosik al-haj») xususidagi hadislardan bir kichik kitob bitgan boʻlsa, Samara ibn Jundab esa
2Rasulullohdan eshitgan hadislari asosida oʻz oʻgʻillariga bir vasiyatnoma yozib qoldiradi.
Tobeʼinlar davrida esa hadislarni kitobat etishga qarshilik qiluvchilar ozchillikni tashkil etib, uning kitobatini qoʻllab-quvvatlagan Tobeʼinlar esa aksariyatni tashkil etardi. Ushbu davrda, yaʼni Sahobalar va Tobeʼinlar davrida ikki xil fikr qaror topib, hadislarni ham yozma, ham ogʻzaki tarzda rivoyat qilish odat tusiga kirgan edi.
Hadislarni tadviyn etish ularni muayyan bir toʻplamga yigʻish demakdir. Dastavval hadislarni toʻplam shaklida qayd etishni boshlagan olim Abdulaziz ibn Marvon (vafoti 704-yil) hisoblanadi. U Misrda amirlik vazifasida boʻlgan, lekin oʻz maqsadiga erishmasdan burun vafot etadi. Uning ishini oʻgʻli Umar ibn Abdulaziz(vafoti 720-yil) davom etdiradi. Hadislarni bu tariqa qayd etilishidan koʻzda tutilgan asosiy maqsadlar ularni sahih (toʻgʻri, ishonchli)larini noqis mavzulari bilan aralashib ketishining oldini olish va muayyan hadisni rivoyat qilgan roviy va ulomalarning vafotlari tufayli ularning yoʻq boʻlib ketish xavfidan edi. Shu boisdan ham Umar ibn Abdulaziz hadislarni yozma qayd etishni buyurganda Madina ahliga «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini eshitgan zahotingiz yozib olingizlar, chunki uni bilgan ulamolarning dunyodan oʻtib ketishlaridan xavotirdaman», deb yozgan edi. Umar ibn Abdulaziz bu muhim vazifani topshirgan muhaddislarning boshliqlaridan Abu Bakr ibn Muhammad ibn Amr ibn Hazm, Muhammad ibn Muslim ibn Shihob az-Zuhriylar.
1. Boblarga ajratilgan yirik asarlar (Al-Javomi’ al-mubavabba). Bu asarlar turli-tuman mavzularni oʻzida qamragan boʻlib, ularga boblarga ajratilgan holda tartib berilgan.
Shunday asarlar uchun misol qilib Imom al-Buxoriyning „Sahihi Buxoriy“ ,Muslim ibn Hajjojning
„Sahihi Muslim“, Imom Termiziyning „Sahihi Termiziy“, Imom Abu Dovudning „"As-Sunan“ , Imom Nasaiyning „Sunani nasoiy“,Ibn Mojaning „As-Sunan“, ImomiAd-Doromiyning „As-Sunan“ kabi asarlarini koʻrsatish mumkin.