35
Maktabgacha ta‟lim muassasasining funksional sxemasi
1 – kichik yoshdagi bolalar uchun guruh yacheykalari; 2 – maktabgacha yoshdagi bolaar uchun
guruh yacheykalari; 3 – aralash yoshdagi bolalar uchun guruh yacheykalari; 4 – guruh honalari
(birinchi sinf bolalari uchun); 5 – musiqa mashg‘ulotlari uchun xona; 6 – badantarbiya
mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan xona; 7 – basseyn; 8 – maxsus mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan xona;
9 – tibbiy xona; 10 – ma’muriy-xo‘jalik xonasi; 11 – ovqat tayyorlanadigan blok; 12 – kir yuvish
xonasi.
Guruhlardagi tarbiyalanuvchilar soni: 2 oydan 1 yoshgacha – 10 ta bola; 1
yoshdan 3 yoshgacha – 15 ta bola; 3 yoshdan 7 yoshgacha – 20 ta bola.
Derazalarning eng maqbul yo„naltirilishi – J., J. – Sh., Sh.
Turli yosh guruhlarining guruh yacheykalari alohida joylashtirilishi lozim.
Bunda MTM lari binolarida vertikal-gorizontal funksional
zonalashtirish keng
qo„llaniladi: maktabgacha yoshdagi bolalarning guruhlari ikkinchi qavatda,
kichik yoshdagi bolalarning guruhlari birinchi qavatda joylashtiriladi. Ikkinchi
yoki uchinchi qavatda joylashgan maktabgacha yoshdagi
bolalar guruhlarining
yechinish-kiyinish xonalari 1-qavatda joylashtirilishi mumkin. Har bir guruh
yacheykalarida kamida ikkitadan chiqish yo„llari bo„lishi kerak. Kichik yoshdagi
bolalarning ikkita guruhi yoki maktabgacha yoshdagi bollarning to„rtta guruhli
uchun bitta umumiy chiqish yo„li bo„lishiga ruxsat etiladi. Musiqa va gimnastika
mashg„ulotlari uchun mo„ljallangan zallar, odatda, 1-qavatda
joylashtiriladi,
zarurat tug„ilganida ikkala zal birlashtiriladi.
36
Zallarga qo„shimcha qilib inventar saqlanadigan xonalar ham ko„zda
tutilishi lozim. Bugungi kunda maktabgacha ta‟lim muassasalaridagi xonalar
joylashtirilishida quyidagi yangi tendensiyalarni kuzatish mumkin:
- maktabgacha yoshdagi bolalari uchun guruh xonalarining boshlang„ich sinf
xonalari bilan birlashtirilishi;
- maktabgacha yoshdagi bolalar guruhi uchun qisqa muddat mashg„ulot
o„tkaziladigan turar-joylar qoshidagi xonalarning (har bir bola uchun 4 m
2
hisobida) joylashtirilishi;
Guruhida 10 ta boladan ko„p bo„lmagan oilaviy bolalar bog„chalari ikki
tomonida ham chiqish yo„llari bo„lgan, 2-qavatdan yuqorida bo„lmagan va
olovbardoshlikning kamida II darajasiga ega
binolardagi xonadonlarda
joylashtiriladi. Bunda xonadonlar avariya chiqish yo„llari bilan ta‟minlanishi va
bino yaqinida bolalar maydonchalarini tashkil qilish ko„zda tutilishi kerak. Bu
kabi muassasalardagi xonalar tarkibi quyidagilardan iborat bo„lishi zarur:
yechinish-kiyinish xonasi, dam olish zonasi bo„lgan bolalar o„ynashi uchun xona,
hojatxona, bufet xonasi, xodimlar uchun sanitariya bloki. Ixtisoslashgan
MTM larda 3x7 m o„lchamli vannasi bo„lgan basseyn loyihalashtiriladi. Basseyn
xonalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
- vanna xonasi;
- yechinish-kiyinish xonasi;
- dushxona;
- hojatxona;
- murabbiy xonasi;
- tibbiyot hamshira xonasi;
- texnik xonalar.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ta‟lim
muassasalarining tibbiyot
xonalari quyidagilardan iborat bo„lishi zarur:
- tibbiyot xonasi;
- muolajalar xonasi;
- izolyator (qabuxona, palata va hojatxona).
Tibbiyot xonasi yo„lakdan alohida kirish eshigiga ega bo„lib, izolyator
palatalarining biri bilan yondosh bo„lishi kerak. Izolyator palatalari 1-2 kishilik,
maydoni 4-6 m
2
qilib, alohida, bosib o„tilmaydigan tarzda loyihalashtiriladi.
Xizmat-maishiy xonalar
tarkibiga quyidagilar kiradi:
- mudir xonasi;
- xo„jalik mudirining xonasi;
- xodimlar uchun dushxonalari va sanitariya bo„lmalari bo„lgan garderob xonasi;
- metodik xona;
- xo„jalik omborlari;
37
Xodimlar uchun alohida kirish eshigi ko„zda tutilishi lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ta‟lim muassasalarining binolarida
xomashyo yoki yarim
fabrikatlarda ishlovchi
ovqat tayyorlanadigan blok
loyihashtiriladi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
- oshxona, tarqatish bo„lmasi bilan;
- oshxona idish-tovoqlarini yuvish xonasi;
- quruq oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan omborxona;
- yuklash xonasi;
- xodimlar xonasi;
- xodimlar uchun dushxona va sanitariya bo„lmasi.
Kompozitsion
yechim
maktabgacha
ta‟lim muassasalari xonalari
joylashtirilishining
zichlashtirilgan, blokli
va
pavilon
ko„rinishidagi uchta asosiy
turini belgilab beradi.
Zichlashtirilgan
(markazlashtirilgan)
tur – muassasa
sig„imi
kichik
bo„lganida qo„llaniladi, undagi barcha funksional xonalar bitta binoda
joylashtirilishi ko„zda tutiladi.
Blokli
turga mansub binolarda turli funksional guruhlar turli bloklarda
joylashtiriladi. Sig„imi 140 o„rindan 220 o„ringacha bo„lgan
MTM larini
loyihalashtirishda qo„llaniladi.
Pavilon ko„rinishidagi MTM loyihalari, asosan, janubiy hududlarda
qo„llaniladi. Bunda har bir guruh uchun alohida bino loyihashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: