2.7. Qurilish standartizatsiyasi va unifikatsiyasi Binolarnng qurilishi industrial metodlar bilan, ya‟ni industrial opalubkada
tayyorlangan yig„ma elementlar yoki monolit konstruksiyalar qurilish
maydonchasida olib boriladi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda
loyihalashtirishda binolar va ularning elementlari parametrlari maksimal darajada
unifikatsiyalashgan bo„lishi lozim.
Unifikatsiya – binolar va ularning elementlari parametrlari miqdorini ular
orasidagi funksionallik nuqtai nazaridan asoslanmagan farqlanishlarni ilmiy
asoslangan yo„l bilan qisqartirilishi. Unifikatsiya bir tipdagi buyumlarni – blok,
orayopma plitalalari, yig„ma kashaklar, shuningdek deraza va eshik bloklari,
deraza tokchalari taxtalari va shu kabilarni turli vazifalar uchun mo„ljallangan
binolarda qo„llash imkonini beradi.
Buyumlarni geometrik o„lchamlari unifikatsiyasining asosi bo„lib
qurilishdagi o„lchamlarning modulli koordinatsiyasi xizmat qiladi.
Modul -
o„lchamlar koordinatsiyasi maqsadida qabul qilingan shartli birlik. Asosiy modul
qilib 100 mm ga teng uzunlik qabul qilingan bo„lib, binoning barcha o„lchamlari
shu modulning karralik miqdorlarida belgilanadi. Yiriklashtirilgan modul asosiy
modulning butun songa ko„paytirilgan kattaliliga teng bo„lib, yiriklashtirilgan
modullarning 300 mm, 600 mm, 1200 mm, 1500 mm, 3000 mm va 6000 mm ga
teng amaliyotda qo„llanishi uchun qulay qatori belgilangan. Yiriklashtirilgan
modullar asosiy me‟moriy-rejali parametrlarning – orayopmalar oraliqlari,
devorlararo qadamlar, qavatlar balandligi, oraliqlar kattaligi va shu kabilarning
o„lchamlarini belgilashda ishlatiladi. Keng miqyosda qo„llash uchun eng takomil
va iqtisodiy nuqtai nazardan samarali bo„lgan konstruktiv elementlarni tanlash
maqsadida ularning turlariga qarab guruhlash, ya‟ni
tipiklashtirish usulidan
foydalaniladi.
Bino
va
inshootlar
elementlarini
unifikatsiyalashtirish,
standartlashtirish va tikilashtirish asosida katalog, davlat standartlari,
rejalashtirish elementlarining normallari kabi bir qator hujjatlar tuziladi.