14-MAVZU:ISHLAB CHIQARISH JARAYONI AUDITI
Takrorlash uchun savollar
1.
Ishlab chiqarish xarajatlari auditining oldiga qanday maqsad qo’yiladi?
2.
Ishlab chiqarish xarajatlari auditining qanday me’yoriy asoslari va xususiyatlari mavjud?
3.
Asosiy ishlab chiqarish tarmoqlarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish qanday amalga
oshiriladi?
4.
Yordamchi ishlab chiqarishlar auditi qanday amalga oshiriladi?
5.
Umumishlab chiqarish xarajatlari auditi qanday amalga oshiriladi?
6.
Mahsulot tannarxi to’g’ri aniqlanganligini tekshirish qanday amalga oshiriladi?
7.
Ishlab chiqarishdagi brak auditi qanday amalga oshiriladi?
8.
Tayyor mahsulotni baholashning auditi qanday amalga oshiriladi?
9.
Tayyor mahsulotning saqlanishi auditi qanday amalga oshiriladi?
10.
Sotish xarajatlari auditi qanday amalga oshiriladi?
11.
Tayyor mahsulotlarni jo’natish bo’yicha muomalalar to’g’riligining
auditi qanday amalga
oshiriladi?
Masala. Ishlab chiqarish korxonasini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish vaqtida quyidagilar
aniqlandi:
1)
Korxona xodimlariga meditsina xizmati ko’rsatish uchun pul to’langan:
Debet 2510-“Umumishlab chiqarish xarajatlari” schyoti -3000000 so’m;
Kredit 5110-“Hisob-kitob schyoti” schyoti -3000000 so’m,
2)
Korxona xodimlari farzandlarining dam olishlari uchun lagerga putyovka olingan:
Debet 9430-“Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti -1500000 so’m;
Kredit 5110-“Hisob-kitob schyoti” schyoti -1500000 so’m,
3)
Oborot mablag’larini to’ldirish uchun olingan qisqa muddatli kredit foizi to’langan:
Debet 6810-“Qisqa muddatli kreditlar” schyoti -74000 so’m;
Kredit 5110-“Hisob-kitob schyoti” schyoti -74000 so’m,
4)
8- mart «Xotin-qizlar bayrami» munosabati bilan sovg’a olingan
Debet 9430-“Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti -270000 so’m;
Kredit 5010-“Milliy valyutadagi pul mablag’lari” schyoti -270000 so’m,
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Xarajatlarni hisobga olishdagi xatoliklarni aniqlang.
Masala. Auditor tomonidan uskunani montaj qilish uchun sarflangan
xarajatlarni ishlab
chiqarish xarajatlari tarkibiga kiritilganligi aniqlandi. Ushbu montaj ishlari montaj qiluvchi tashkilot
tomonidan bajarilgan bo’lib, ushbu montaj amaldagi asosiy
vositalarni rekonstruktsiya
(modernizatsiya) qilish ishlari tarkibiga kiritiladi.
Talab qilinadi:
1. Bu holatda qanday me’yoriy hujjat buzilgan? Xatoning sababini aniqlang va ushbu
muomalalarni aks ettiruvchi buxgalteriya provodkalarini bering.
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Xato va kamchiliklar ro’yxati jadvalini tuzing.
Masala. “Adolat” kompaniyasi o’z mijozi “Bek” kompaniyasiga tovarlar uchun 10 kun ichida
to’lovni amalga oshirish sharti bilan 5% li chegirmani taklif etgan. To’lovning eng uzoq muddati 30
kun. shartnomaga muvofiq xaridor kompaniyaga “Adolat” kompaniyasi tomonidan tovarlar 1
iyulda
jo’natilgan. to’lovning dastlabki summasi 10000 mln. so’mni tashkil qilgan. Bunda “adolat”
kompaniyasi bosh buxgalteri tomonidan quyidagi yozuvlar berilgan:
1 iyul holatiga:
Debet 4010-“Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti -10000000 so’m;
Kredit 9020-“Tovarlarni sotishdan olingan daromad” schyoti -10000000 so’m,
Debet 9120-“Sotilgan tovarlar tannarxi” schyoti -9000000 so’m;
Kredit 2910-“Ombordagi tovarlar” schyoti -9000000 so’m, yozuvi berilgan.
Tekshiruv natijalariga ko’ra xaridor tomonidan to’lov 9 iyulda o’tkzilgan va unga buxgalter
tomonidan quyidagicha o’tkazma bergan:
Debet 5110-“Hisob-kitob schyoti” schyoti -10000000 so’m;
Kredit 4010-“Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti -10000000 so’m,
Talab etiladi
1.
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida to’g’ri buxgalteriya provodkalarini to’g’riligini
tekshiring va auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
2.
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy
hujjatlardan foydalanishi
lozim;
Masala. Korxona ishlab chiqarish xarajatlari auditi jarayonida auditorlardan korxona
buxgalterlari tomonidan quyidagi masalalar yuzasidan maslahat-tushuntirish
ishlari berilishi
lozimligi so’raldi:
1. Korxona transport vositasi shartnoma asosida ijaraga berilgan. Ijaraga oluvchi neft
mahsulotlari bilan ta’minlanganda (unga sotilganda) umumbelgilangan soliq to’lovchi
va yagona
soliq to’lovchi bo’lgan korxonalar uchun qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?
2. Asosiy vositalarning ta’mirlanishi bo’yicha amalga oshirilgan xarajatlar ishlab chiqarish
xarajatlariga kiritiladimi yoki asosiy vositaning qiymatigami?
3.
Elektr
dvigatellar
korxonaning
asosiy
vositasi
hisoblanmish
mexanizmlarni
harakatlantiradigan bir qismdir. Ishlab chiqarish zaruriyati bilan mashina
va uskunalarning elektr
dvigatel, nasos singari ehtiyot qismlarini tez-tez almashtirishga to’g’ri keladi. Bunda yangi elektr
dvigatel
xarid qilinib, foydalanishga berilganda u asosiy vosita sifatida buxgalteriya o’tkazmasi
orqali ifodalanadimi yoki unga ehtiyot qism sifatida qaraladimi?
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to’g’ri hisobga olinganligini
tekshirib, auditorlik dalolatnomasini tuzing.
Dostları ilə paylaş: