moliyaviy hisobotning bir yoki bir nechta alohida elementlari, schyotlari yoki moddalari bo’yicha
moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning ayni o’sha asosi xususida modifikatsiyalanmagan fikr
kiritilishi mumkin emas. Mazkur vaziyatda ayni o’sha hisobot (xulosa)ga bunday
modifikatsiyalanmagan fikrning kiritilishi
8
moliyaviy hisobotlar bo’yicha
bildirilgan salbiy
auditorlik fikriga yoki auditorning fikr bildirishdan bosh tortishiga zid bo’lur edi.
Modifikatsiyalangan fikr ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi)ning shakli va mazmuni
quyidagicha.
Modifikatsiyani ifodalovchi paragrafni kiritish uchun asos.
Tekshiruvni o’tkazgan auditor
moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikrni modifikatsiyalayotgan bo’lsa, u auditorlik hisoboti
(xulosasi)ga AXS 700 ga muvofiq talab etiladigan alohida elementlarga qo’shimcha ravishda fikrni
modifikatsiyalashni talab qilgan jihatni tavsiflovchi paragrafni kiritishi lozim. Auditor bu paragrafni
auditorlik hisoboti (xulosasi)da fikr bildirilayotgan paragrafdan bevosita oldin joylashtirishi va
vaziyatga qarab, “Qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirish uchun asos”, “Salbiy fikr bildirish uchun
asos” yoki “Fikr bildirishdan bosh tortish” degan sarlavhani qo’llashi lozim.
Moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan muhim buzib ko’rsatish moliyaviy hisobotlardagi
alohida summalar (shu jumladan miqdoriy ochib berilgan ma’lumotlar) bilan bog’liq bo’lsa, auditor
modifikatsiyalash uchun asos ifodalanayotgan paragrafga mazkur buzib ko’rsatish
moliyaviy
ta’sirning tavsifi va summasini kiritishi lozim (agar buning imkoni bo’lsa). Agar moliyaviy ta’sir
hajmini hisoblab chiqish mumkin bo’lmasa, auditor modifikatsiyalash uchun asos ifodalanayotgan
paragrafda buni ko’rsatishi lozim. Bordiyu, moliyaviy hisobotlarda mavjud muhim buzib
ko’rsatishlar ochib berilayotgan tavsifiy ma’lumotlar bilan bog’liq bo’lsa, auditor modifikatsiyalash
uchun asos ifodalanayotgan paragrafga ochib berilgan ma’lumotlar qanday buzib ko’rsatilgani
xususida tushuntirishlarni kiritishi lozim.
Ayrim hollarda moliyaviy hisobotlarda mavjud muhim buzib ko’rsatishlar ochib berish talab
etiladigan ma’lumotlarni ochib bermaslik bilan bog’liq bo’ladi. Bunday hollarda auditor ochib
berilmagan ma’lumotlarni boshqaruv yuklatilgan shaxslar bilan muhokama qilishi,
modifikatsiyalash uchun asos ifodalanayotgan paragrafda tushirib qoldirilgan ma’lumotlar
xususiyatini ko’rsatishi va agar bu qonunchilik yoki me’yoriy hujjatlar bilan ta’qiqlangan bo’lmasa,
u hisobot (xulosa)ga tushirib qoldirilgan ma’lumotlarni kiritishi lozim bo’ladi. (agar buning imkoni
bo’lsa ya’ni u tushirib qoldirilgan ma’lumotlar xususida etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olgan
bo’lsa).
Modifikatsiyalashga talabning paydo bo’lishi etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish
mumkin emasligi bilan bog’liq bo’lsa, auditor buning sabablarini modifikatsiyalash
uchun asos
ifodalanayotgan paragrafda ko’rsatishi lozim. Hatto auditor moliyaviy hisobotlar bo’yicha salbiy
fikr bildirgan yoki fikr bildirishdan bosh tortgan bo’lsa ham, modifikatsiyalash uchun asos
ifodalanayotgan paragrafda auditor o’zi xabar topgan va fikrni modifikatsiyalashni talab qilishi
mumkin bo’lgan boshqa har qanday sabablarni ko’rsatishi, shuningdek ularning ta’sirini tavsiflashi
uning professional vazifasidir.
Fikr bildiriladigan paragraf
Agar auditor auditorlik fikrini modifikatsiyalayotgan bo’lsa, u fikr bildiriladigan paragraf
uchun (vaziyatga qarab) “Qo’shimcha izohlar bilan fikr”, “Salbiy fikr” yoki “Fikr bildirishdan bosh
tortish” degan sarlavhalardan foydalanishi lozim.
Auditor moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjudligi tufayli qo’shimcha
izohlar bilan fikr bildirayotgan bo’lsa, fikr bildiriladigan paragrafda u, qo’shimcha izohlar bilan fikr
bildirish uchun asos ifodalangan bandda tavsiflangan jihat (jihatlar) ta’sirini
istisno qilganda, o’z
fikriga qarab, quyidagilarni qayd qilishi lozim:
(a)
Moliyaviy hisobotlar ularni haqqoniy taqdim etish asosiga muvofiq tayyorlangan
bo’lganida, moliyaviy hisobotlar, barcha muhim jihatlarda, moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning
qo’llaniladigan asosiga muvofiq haqqoniy taqdim etilganini (yoki to’g’ri va haqqoniy tasavvur hosil
8
АХС 805 “Алоҳида масалалар – айрим молиявий ҳисобот ва молиявий ҳисоботнинг алоҳида элементлари,
счётлар ёки моддалар аудити”
qilish imkonini berishini); yoki
(b)
Moliyaviy hisobotlar ularni muvofiqlik asosi talablariga ko’ra tayyorlantgan
bo’lganida, moliyaviy hisobotlar,
barcha muhim jihatlarda, moliyaviy hisobotlarni taqdim etish
uchun qo’llaniladigan asosga muvofiq tayyorlanganligini.
Agar fikrni modifikatsiyalashga talab etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyati
yo’qligi tufayli yuzaga kelgan bo’lsa, auditor modifikatsiyalangan fikrni
bildirishi uchun tegishli
“...jihat (jihatlar) ko’rsatishi mumkin bo’lgan ta’sirni istisno qilganda” iborasini qo’llashi lozim.
Tekshiruv oqibatida auditor salbiy fikr bildirayotgan bo’lsa, u fikr ifodalanayotgan
paragrafda o’z fikriga ko’ra, salbiy fikr bildirish uchun asos ifodalangan paragrafda tavsiflangan
jihatning ahamiyatliligiga qarab, quyidagilarni qayd qilishi lozim:
(a)
Moliyaviy hisobotlar ularni haqqoniy taqdim etish asosiga muvofiq tayyorlangan
bo’lganida, moliyaviy hisobotlar, barcha muhim jihatlarda, moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning
qo’llaniladigan asosiga muvofiq haqqoniy taqdim etilmaganini (yoki to’g’ri va haqqoniy tasavvur
hosil qilish imkonini bermasligini); yoki
(b)
Moliyaviy hisobotlar ularni muvofiqlik asosi talablariga ko’ra tayyorlantgan
bo’lganida, moliyaviy hisobotlar, barcha muhim jihatlarda, moliyaviy hisobotlarni taqdim etish
uchun qo’llaniladigan asosga muvofiq tayyorlanmaganligini.
Auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyati yo’qligi tufayli fikr
bildirishdan bosh tortayotgan bo’lsa, fikr bildiriladigan paragrafda quyidagilarni ko’rsatishi lozim:
(a)
Fikr bildirishdan bosh tortish uchun asos ifodalanayotgan paragrafda tavsiflangan
jihat (jihatlar)ning ahamiyatliligi tufayli auditor auditorlik fikrini bildirish uchun asosni
ta’minlaydigan etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lmagan; va, tegishli
ravishda,
(b)
Auditor moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikr bildirmaydi.
Auditor qo’shimcha izohlar bilan yoki salbiy fikr bildirganda uning javobgarligi tavsifi
Qo’shimcha izohlar bilan yoki salbiy fikr bildirayotganda, auditorning javobgarligi tavsifiga
auditor o’zi olgan auditorlik dalillari modifikatsiyalangan auditorlik
fikrini bildirishga asosni
ta’minlash uchun etarlicha tegishli dalillardir, deb hisoblashini ko’rsatadigan o’zgartirish va
qo’shimchalar kiritishi lozim.
Auditor fikr bildirishdan bosh tortganda uning javobgarligi tavsifi
Agar auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyati yo’qligi tufayli fikr
bildirishdan bosh tortgan bo’lsa, u auditorlik hisoboti (xulosasi)ning kirish paragrafiga moliyaviy
hisobotlar auditini o’tkazish uchun yollanganini ko’rsatuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishi
lozim. Shuningdek, auditor auditorning javobgarligi tavsifiga va auditning ko’lami tavsifiga faqat
quyidagilarni ko’rsatuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishi lozim:
“Bizning javobgarligimiz moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikrni biz Auditning Xalqaro
Standartlariga muvofiq o’tkazgan audit asosida bildirishdan iborat. Biroq,
fikr bildirishdan bosh
tortish uchun asos ifodalanayotgan paragrafda tavsiflangan jihat (jihatlar)ga ko’ra, biz auditorlik
fikrini bildirish uchun asosni ta’minlovchi etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga
ega bo’lganimiz yo’q”.
Modifikatsiyalangan fikr ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi)ga misollar
1-misol: Moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjudligi tufayli qo’shimcha
izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik hisoboti (xulosasi).
2-misol: Moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjudligi tufayli salbiy fikr
bildirilgan auditorlik hisoboti (xulosasi).
3-misol: Auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega emasligi
tufayli qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik hisoboti (xulosasi).
4-misol: Auditor moliyaviy hisobotlarning bir elementi xususida etarlicha tegishli auditorlik
dalillarini olish imkoniyatiga ega emasligi tufayli fikr bildirishdan bosh tortish ifodalangan
auditorlik hisoboti (xulosasi).
5-misol: Auditor moliyaviy hisobotlarning ko’p sonli elementlari xususida etarlicha tegishli
auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega emasligi tufayli fikr bildirishdan bosh tortish