ZBEKISTONNING DUNYONING RIVOJLANGAN DAVLATLARI BILAN IQTISODIY HAMKORLIGI
2.3. O‘zbekistonning rivojlangan Osiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligi Zamonaviy Oʻzbekiston tashqi siyosatida jahonning barcha davlatlar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini, uzoq muddatli va koʻp qirrali sheriklikni yanada kuchaytirish boʻyicha soʻngi yillarda aniq chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Xususan, davlatimiz tomonidan azaliy va yagona tarixiy ildizlarga ega boʻlgan Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan boʻlgan munosabatlar rivojiga alohida eʼtibor qaratilmoqda
Birlashgan Millatlar Tashkilotining soʻnggi hisob-kitoblariga koʻra, hozirgi kunda Markaziy Osiyo aholisi 72,5 million kishini tashkil etadi. Bunda Oʻzbekistonning ulushi 45% atrofida, Qozogʻiston - 25%, Tojikiston - 13%, Qirgʻiziston va Turkmaniston - har biri 8,5% ni tashkil etadi.
Qayd etish joizki, soʻnggi uch yil ichida Oʻzbekistonning mintaqaviy saʼy-harakatlari tufayli Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida oʻzaro ishonch va hamkorlik yangi bosqichga koʻtarildi. Bu vaqt ichida mintaqamizda doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va oʻzaro hamkorlik muhitini yaratishga erishildi.
Oʻzbekistonda kechayotgan tub islohotlar, jamiyatimiz hayotidagi demokratik oʻzgarishlar, erishilgan natijalar nafaqat mamlakatimiz hududida balki qoʻshni davlatlardagi xalqlarda ham katta qiziqish uygʻotib, mintaqaviy jarayonlarga katta ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Oʻzaro munosabatlarda yaqin-yaqingacha baʼzi mavzularda gapirish nooʻrin hisoblangan boʻlsa, hozirda biror bir yopiq va muhokama qilinmagan muammoli masala qolmadi.
Xususan, chegara postlarining ochilishi va ular sonining koʻpaytirilishi, vizasiz rejimning joriy etilishi kabilar xalqlarimizning oʻzaro bordi-keldisini yengillashtirmoqda. Oʻzbekiston olib borayotgan tashqi siyosatdagi konstruktiv yondashuv tufayli yillar davomida muammo boʻlib kelgan koʻpgina masalalar, xususan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transchegaraviy, suv resurslaridan oqilona foydalanish, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish, fuqarolarning chegara punktlarini kesib oʻtishi, oʻzaro turizmni rivojlantirish kabi dolzarb masalalar mintaqa davlatlari tomonidan ochiq va doʻstona ruhda hal qilinmoqda.
O‘zbekistonda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida barcha darajalardagi aloqalar jadallashtirilgani tufayli o‘zaro ishonch va qo‘llab-quvvatlashning yangi siyosiy muhiti shakllandi. Bu esa, avvalo savdo, sanoat, investitsiya, energetika, transport va tranzit, suvdan foydalanish, ta’lim, xavfsizlik, ekologiya, mintaqa aholisining ijtimoiy muhiti va turmush sharoiti sifatini yaxshilash borasida umumhududiy rivojlanishning dolzarb masalalarini samarali, birgalikda hal etish imkonini berdi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Janubiy Osiyo mintaqasida joylashgan Hindiston va Pokiston kabi qator davlatlar bilan faol tashqi siyosat olib bormoqda. O‘zbekistonning Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari o‘sib, 2020-yil yakunlari bo‘yicha tashqi savdo hajmi 1,38 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi. Bu O‘zbekistonning jami tashqi savdo hajmining 3,8 foizini tashkil qiladi.
Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida savdo-iqtisodiy, transport, gumanitar, turizm va boshqa sohalarda hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti tomonidan bir qator muhim tashabbuslar ilgari surilmoqda. Ushbu tashbbuslar va amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy-siyosiy ahamiyati bilan ham dolzarb ahamiyat kasb, mintaqada tinchlikni ta’minlash va aholi farovonligini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Qolaversa, yirik infratuzilmaviy hamda madaniy-gumanitar loyihalarning ro‘yobga chiqarilishi Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalarida barqarorlik va iqtisodiy o'sishni ta’minlashga xizmat qiladi.
O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar kengayishi drayveri – harakatlantiruvchi kuchi savdo-sotiq va iqtisodiy soha bo‘lib turibdi. Xitoy O‘zbekistonning eng yirik savdo sherigiga aylandi va shu mavqeni saqlab qolayotir. O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, respublikaning Xitoy bilan 2019 yildagi tashqi savdo aylanmasi 7,62 milliard AQSh dollari bo‘ldi. Hozircha Xitoy savdo hajmi bo‘yicha Rossiyadan bir oz oldinda bormoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining 16,8 foizi Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Undan keyin Rossiya (14,8 foiz), Qozog‘iston (7,3 foiz), Koreya Respublikasi (5,8 foiz), Turkiya (5,2 foiz), Qirg‘iziston (2,4 foiz) va Germaniya (2,1 foiz) bormoqda.
O‘zbekistonning Xitoyga eksporti ortmoqda, biroq eksportning asosiy qismini hozircha strategik xom ashyo: tabiiy gaz, uran, mis, paxta va mineral o‘g‘itlar tashkil qilyapti. Ushbu tovarlar orasida eng muhim o‘rinni tabiiy gaz egallaydi, Tabiiy gaz bo‘yicha 2011 yilda imzolangan ikki tomonlama oldi-sotdi shartnomaga ko‘ra, XXRga uni yetkazib berish 25 yilga mo‘ljallangan.
O‘tgan yil oktyabrida O‘zbekistonda Xitoyning “Alibaba” savdo platformasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish soddalashtirilgan edi. O‘zbekistonning bir qandolatchilik kompaniyasi ushbu platforma bilan birinchilardan bo‘lib 3 million AQSh dollarilik eksport shartnomasini imzoladi.
Savdo-sotiq aloqalarini kengaytirish maqsadida 2020 yil oktyabrida O‘zbekiston Guanchjou shahrida bosh konsulligini ochdi. U O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi bunday shakldagi ikkinchi vakolatxonasidir, ilk vakolatxona Shanhay shahrida faoliyat ko‘rsatmoqda. Tomonlar bosh konsullik ochilishi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar taraqqiyotiga qo‘shimcha turtki berishini, O‘zbekiston viloyatlari bilan Xitoyning janubiy viloyatlari o‘rtasidagi tovar aylanmasi oshishini kutmoqda.
Bundan tashqari, Toshkent (Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari ham shu qatorda) Pekin bilan O‘zbekistonda koronavirusga qarshi rekombinant vaksinaning klinik sinovlarini o‘tkazish to‘g‘risida kelishib oldi. Muzokara vaqtida qayd etilishicha, klinik sinovlar muvaffaqiyatli yakun topgan taqdirda O‘zbekiston vaksinani o‘z muddatida va arzon narxda sotib olish uchun ustuvorlikka ega bo‘ladi.
XULOSA Mamlakatimizning tashqi iqtisodiy sohasida tashqi savdo hajmi va eksportni tizimli ravishda jadal oshirishga qaratilgan tarkibiy o’zgarishlar amalga oshirildi, xususan, valyuta siyosati liberallashtirildi, ma’muriy to’siqlar bartaraf etildi, eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari uchun narxlarni shakllantirish va to’lovning bozor mexanizmi joriy qilindi. Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi ustidan muntazam ravishda olib borilayotgan monitoring tashqi savdo va eksportning umumiy ijobiy dinamikasiga qaramasdan ular hajmlarining real o’sish sur’atlari iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sur’atlariga muvofiq emasligini ko’rsatmoqda. Birinchi navbatda raqobatbardosh afzalliklarga ega bo’lgan tarmoqlarda bir qator tizimli muammolar va kamchiliklarning saqlanib qolayotganligi eksport hajmlarining salmoqli o’sishini ta’minlashga to’sqinlik qilmoqda.
Jumladan: birinchidan, ishlab chiqarish quvvatlaridan va keng turdagi xomashyo, shuningdek, mehnat resurslari mavjud bo’lgan hamda tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo’lgan yuqori qo’shilgan qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta’minlovchi afzalliklardan to’liq hajmda foydalanilmayapti; ikkinchidan, eksport qiluvchi korxonalar faoliyatini moliyaviy qo’llab-quvvatlash vositalari rivojlanmayapti, eksportoldi va eksportni moliyalashtirish mexanizmlari mavjud emas; uchinchidan, chuqur marketing tadqiqotlarini o’tkazish, uzoq muddatli barqaror tashqi bozorlarni shakllantirish va xorijda tashqi savdo infratuzilmasini yaratishga etarli darajada e’tibor qaratilmayapti; to’rtinchidan, har xil xizmat turlari eksportini tashkil qilish va ilgari surish bo’yicha tizimli ishlar mavjud emas, ularni ko’rsatish uchun zarur infratuzilma rivojlanmagan.
Tovarlar va xizmatlar eksporti hajmini tubdan oshirish, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish, tashqi savdo muvozanatini ta’minlash va valyuta tushumlarini ko’paytirish maqsadida 2018 yil 20 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportga ko’maklashish va uni rag’batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori qabul qilindi.
Tadbirkorlik sub’ektlariga quyidagilarda har tomonlama ko’maklashish asosiy vazifalari etib belgilandi: yuqori qo’shilgan qiymatga ega eksportbop raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirish, xizmatlar (turistik, tibbiy, ta’lim, transport, qurilish va boshqalar) eksporti hajmini keskin oshirish hamda ularni ko’rsatish uchun tegishli infratuzilmani jadal barpo etish; o’zi ishlab chiqargan mahsulotlarni etkazib berishda hamkorlarni izlash hamda tashkilotlar va korxonalar bilan shartnomalar tuzish.