2.2. Maktabgacha yosh davrida gender xususiyatlarining shakllanish
muammolari.
Maktabgacha yosh davrida o‘g‘il va qizlarning gender tushunchasining
anglab yetishmasligi lekin, amaliy tarzda o‘z erkinligini namoish kilishga intilishi
kuzatiladi.Bu davrda kuzatishlarga ko‘ra qizlarda o‘ziga xos genderlik
xususiyatlari yaqqol nomoyon bo‘ladi.Ular bog‘chada barcha o‘yinlarda o‘g‘il
bolalar bilan birga o‘ynashi, birga ovqatlanishi va birga dam olish holatlari
ularning o‘zini tengqurlariga nisbatan tenglik xissini shakllantiradi.Va ayrim
holatlarda ustunlikka harakat qmilish, buyruq berishga moyillik, o‘zini ”Men”ini
yuqori qo‘yishga xarakat qilish holatlari xam kuzatiladi. Bunday holatlarda bolaga
ijtimoliypsixologik ta’sirning o‘rni katta bo‘ladi. Bu ta’sir ijtimoiy muxitda ta’lim-
tarbiya jarayonida ota-ona va tarbiyachilari tomonidan bola ongiga singdiriladi.
O‘g‘il bola qiz bolalarning begonasirashiga duch keladi. Ko‘krakdan
ajratilgani va qizlarning begonalashishi unda anglanmagan nafratni paydo qiladi. U
o‘ziga hamroh qidiradi, uni otasidan va o‘z jinsidagi bolalardan topadi. Balog‘at
yoshiga yetguncha o‘g‘il bolaning qiz bolalarga begonadek munosabatda bo‘lishi
davom etadi. Balog‘atga yetgan o‘g‘il bolada qiz bolaga bo‘lgan qiziqish, intilish
oshadi. Buni onaga bo‘lgan ilk muhabbatning qayta tiklanish davri deyish mumkin.
Ammo unda oziqlanish emas, seksual ehtiyojini qondirish istagi ustun turadi. Bu
davr ham to‘lqinsomon kechadi. 70 yoshlarga borib to‘lqin so‘nadi, erkakda
qaytadan ayoldan qochish, begonasirash boshlanadi. U dunyoning o‘tkinchi
ekanini tez-tez qayd etadi, oila, ayol iztiroblar manbai ekanidan noliydi, ruhi
umrboqiy narsalar qidiradi. Demak, oiladagi gender munosabatlar bir tekis
kechmaydi; ular to‘lqinsimon kechadigan ayol va erkak munosabatlariga aynandir.
Go‘zallik haqidagi qarashlarni, modellarni asosan erkaklar shakllantirib keladilar.
Chunki
erkaklar
go‘zallikning, ayniqsa go‘zal ayollarning xaridorlari
hisoblanadilar. Ommaviy axborot vositalari go‘zallik konkurslari o‘tkazayotganda
erkaklar tasavvuridagi qizlarni, ayollarni tanlaydilar. Konkurslarning hakamlari
mudom erkaklardir; agar hakamlar ichida ayol uchrasa, uning fikri erkaklarning
stereotip qarashlariga deyarli ta’sir qilmaydi. Go‘zallik konkurslari ayolni
38
e’zozlashga qaratilgan tadbirlardek ko‘rinadi, aslida uning tagida erkakning mayl
va xohishlarini targ‘ib etish, qondirish yotadi. Teleo‘yinlar va telekonkurslarda
ham gender notenglikni targ‘ib etish ko‘zga tashlanadi.
Ta’lim-tarbiya shaxsning o‘z huquqlaridan xabardor bo‘lishiga, ijtimoiy
adolatning qaror topishi uchun o‘zi ham kurashishi zarurligini anglab yetishiga
yordam beradi. Ammo gender notenglikni bartaraf etish faqat ta’lim-tarbiyaga
bog‘liq emas. XX asrda ta’lim umumxalq mulkiga aylandi, oliy malakali
mutaxassis bo‘lish oddiy kishilarga ham nasib etdi, lekin diskriminatsiya to‘la
tugatilmadi. Ayniqsa ayollarni diskriminatsiya qilishning yangi ko‘rinishlari paydo
bo‘ldi.
Shunday fikrni siyosiy-huquqiy omillarga nisbatan ham bildirish mumkin.
Demak, gender notenglik ko‘p omilli voqelikdir; uni bartaraf etish uzoq, aniq
maqsadga yo‘naltirilgan tadbirlarni taqozo etadi. Ular ichiga ayollarning bilimini,
savodini oshirish, siyosiy-huquqiy imkoniyatlarini kengaytirish ham kiradi.
Er-xotinning farzandlariga munosabatlarida ma’lum bir farqlar, o‘ziga
xosliklar mavjud. Bunday farqlar gender notenglik hukmron oilalarda, jamiyatda
yaqqol ko‘zga tashlanadi, ularda yo o‘g‘il bola, yoki qiz bolaga alohida mehr-
muhabbat ko‘rsatiladi.
Patriarxal jamiyatda o‘g‘il bolaga e’tibor qaratiladi. Uning xohishlari hisobga
olinadi, qulayliklar avvalo u uchun yaratiladi. Bunday munosabat qiz bolalarda
hasad tuyg‘usini oshirmay qolmaydi. Agar muhitning ta’siri ustun kelsa, qiz
bolalar o‘z qismatini tabiiy hol sifatida qabul qiladilar, agar muhit qarashlarini
o‘zgartirish imkoni bo‘lsa, qiz bolalarda norozilik, stereotiplarga qarshi chiqish
istagi kuchayadi.
Er-xotinning farzandlariga turli munosabatlarda bo‘lishi jamiyatda gender
notenglikning avj olishiga sababchidir. Qanday qilib er-xotinning barcha
farzandlariga teng munosabatda bo‘lishini o‘rnatish mumkin? Oila pedagogikasi
bu savolni o‘z oldiga qo‘ymaydi. Darvoqe, jamiyatdagi gender notenglikni
oiladagi gender notenglikdan izlash kerak.
39
Bola xulqida muayyan sharoitning ta’siri bilan paydo bo‘lgan o‘jarlik va
nojo‘ya qiliqlar mavjudligi, uning psixikasida jiddiy o‘zgarish ro‘y berganini, endi
bolaga uning hozirgi o‘sish darajasini hisobga olib, munosabatda bo‘lish
zarurligini bildiradi. Bolaning psixikasidagi vujudga keladigan inqirozning
sabablari:
1) kattalar bolaning jismoniy va aqliy imkoniyatini;
2) xohish va istagini mustaqil holda turmushda qaror toptirishga intilishii;
3) ayrim ko‘zga tashlangan qiyinchiliklarni bartaraf qilishga urinishini;
4) o‘z holicha ish tutishni cheklashlaridir.
Kattalar bolaning ra’yiga, mustaqilligiga qarshi turmasdan mumkin qadar
istagiga, intilishiga yordam bersalar, uning shaxsini shakllantirish jarayonidagi
qiyinchilik o‘z-o‘zidan barham topadi, nizo yoki ixtilofning oldi olinadi.
Oila va bog‘chada shaxslararo munosabatlar ilmiy asosga qo‘g‘ilib, odilona
qoidaga suyanilsa va pedagogik odob(nazokat) doirasidan chetga chiqilmasa,
yuqorida aytilgan ziddiyatlar yuzaga kelishi mumkin emas.
O‘jarlik, qaysarlik, kattalarga itoatsizlikning vujudga kelishi -bolaning
kattalarga qaramlikdan qutulishga urinish va kichik maktabgacha yosh
davridan-maktabgacha davrga o‘tishning tashqi ifodasidir. Mustaqillikka intilish
mazkur yosh davridagi o‘zgarishlar, yangilanishlar, ya’ni shaxsiy xatti-harakatni
va men o‘zimni. anglashning mahsuli tariqasida namoyon bo‘ladi.
D.B.Elkonin fikricha, bolaning xohishi bilan bu xohishning harakatda ifodalanishi
o‘zaro mos tushmasligi, kattalar talabiga so‘zsiz itoatkorlik uning istagini
umumlashtirishga olib keladi, voyaga etganlar talabiga mos emasligi sababli
shunchasi xohish qat’iy, shaxsiy xohish darajasiga o‘sib o‘tadi. Odatda «Men
xohlayman», «o‘zim bajaraman» kabi mustaqillikka intilish harakatlari xohishning
kuchayishida o‘z ifodasini topadi. Ana shu tariqa bola psixikasida xohishlarning o‘zaro
uzviy bog‘lanishi, motivlar va ularning kurashi yuzaga kela boshlaydi.
K.M.Gurevich 3-4 yoshli bolalarda motivlarning, birlamchi tobeligi va
dastlabki irodaviy harakatning paydo bo‘lishini tadqiq qilgan. Tadqiqotchi bolaning
oldiga jimjimador o‘yinchoqni olish uchun avval o‘zi yoqtirmagan harakatni
40
bajarish topshirig‘ini qo‘ygan. Buning uchun to‘rt qismli tajriba ishi amalga
oshirilgan. Olingan ma’lumotlardan ko‘rinadiki: a) maktabgacha yosh davrida ezgu
orzular asosida harakat qilish imkoniyati tug‘iladi; b) mazkur orzularning sabablari
o‘zaro tobeligi bog‘liqligi bevosita sabablarga qaraganda ertaroq paydo bo‘ladi; 3)
bevosita idrok qilinadigan narsalarga aloqador xohishni bajarishga qaraganda, narsaning
o‘ziga aloqador xohishni bajarishni muayyan muddatga kechiktirish osonrokdir.
SHunday qilib, xohish-istakka tobe bo‘lmaslik holatidan unga nisbatan dastlabki intilish,
xayrixohlik tuyg‘usining paydo bo‘lishi aynan maktabgacha yoshga to‘g‘ri
keladi. Buning zamirida bolaning mayli, niyati, orzusi, istagi, tilagi va xohishining
mazmuni hamda xususiyatidagi keskin o‘zgarishlar yotadi.
D.B.Elkoninning ta’kidlashicha, mazkur o‘zgarishlar bevosita idrok qilinadigan
buyumlarga qaratilgan xohishning mantiqan mavhumroq buyumlarga yo‘naltirilgan
xohishga aylanishidir. Buning asosiy sabablari, bir tomondan, bolada oddiy
umumlashtirish uquvining paydo bo‘lishi hisoblansa, ikkinchidan, unda nutq
faoliyatining jadal sur’atlar bilan rivojlanishidir. SHundan so‘ng uning faoliyati
jozibador, maftunkor, jimjimador, yaltiroq narsalarning tashqi alomatlariga va ularni
bevosita egallashga aloqador bo‘lmay, balki mazkur narsalarning timsoli, tasavvur
obrazlari, kelgusida shularning hammasini o‘zlashtirish istagi asosiga qo‘g‘iladi.
Bolaning orzu-istagi doirasidagi hali foydalanilmagan yangi, yashirin, ammo
ro‘yobga chiqadigan imkoniyatlar uning kattalar bilan munosabatida, muomalasida,
muloqotida, o‘zining shaxsiy faoliyatida, his-tuyg‘usining mazmuni va rivojlanishidagi
keskin, muhim o‘zgarishlar uchun zarur shart-sharoitlar sifatida xizmat qiladi. Undagi
tasavvur bilan uzviy bog‘liq his-tuyg‘ular xohishni qondirishda oldindan taajjublanish
jarayoniga keng istiqbollar yaratadi. Boladagi mavjud his-tuyg‘ular xohishni qondirishni
bevosita aks ettirish bilan kifoyalanib kolmaydi, balki, kelgusida amalga oshirish
mo‘ljallangan-faoliyatning ahamiyatini ham o‘zida mujassamlantiradi. SHuning uchun
bolaning quvonchi bilan qayg‘usi daf’atan qanday maqsadni ko‘zlashga(amalga
oshirishga) yo‘nalganida emas, balki qaysi faoliyatni(ishni) rejalashtirgani bilan uzviy
bog‘liqdir.
41
Mazkur davrni inson shaxsini shakllantirishda eng murakkab davr desaq xato
qilmagan bo‘lamiz. Shunga ko‘ra katta yoshdagi odamlar, ota-onalar, bog‘cha
tarbiyachilari shu davrda bolaga undagi o‘zgarishlarni, murakkab ichki
kechinmalarning mohiyatini psixologik inqirozni inobatga olgan holda munosabatda
bo‘lsalar, nur ustiga iur bo‘ladi. Yuqorida aytgannmizdek bu davrda bolaning
irodasi, irodaviy sifati takomillasha boshlaydi, shaxsning murakkab fazilatlari,
xarakter xislatlari barqarorlashadi. Bola o‘zligini anglashining tashqi va ichki belgilari
yaqqol ko‘zga tashlanadi. O‘zi bilan bog‘liq ezgu niyat mustaqillikka intilish tuyg‘usini
vujudga keltiradi, binobarin, ularning ta’siri tufayli unda o‘z xulq-atvori, yurish-turishi
bilan kattalarning maqtovi va olqishini eshitish ishtiyoqi tug‘iladi. Shaxsning xulqini
baholash keyinchalik o‘zini-o‘zi baholash darajasiga etadi.
Katta yoshdagi odamlar, ota-onalar, tarbiyachilar bunday hollarda o‘zlarini
osoyishta tutishlari, sharoitga qarab bolaga biroz yon berishlari, ba’zan ularga
aytganlarini qildirishlari, kerakli paytlarda masalani ochiq qoldirishlari lozim,
chunki shaxslararo munosabatning ba’zan muammoligicha qolishi ham maqsadga
muvofikdir.
Yaxshisi
asabiylik
vaziyatida
bolaning
diqqatini
boshqa
narsaga(ob’ektga) jalb qilish, uni mushkul holatdan chalg‘itish ma’qul. Shaxsiy
kuzatishlarimizda ayon bo‘ldiki, mazkur holat bolaning ruhiy dunyosiga qattiq ta’sir
qiladi, u o‘zining nojo‘ya qiliqlari kattalarga aslo yoqmayotganini anglaydi, ichidan
chuqur iztirobga tushadi.
O‘g‘il bolalar ona, xola rollarini bajarishi mumkinligini e’tirof etsalar-da,
o‘g‘il bola bo‘lib qolishlarini istaydilar. Qiz bolalar esa erkak rolini bajarishni
ma’qul ko‘radilar. Bundan ushbu muhitda erkak yuqori mavqega ega ekani ma’lum
bo‘ladi.
Katta yoshdagi kishilarda ham shunday istaklar uchraydi. Masalan, ayollar
erkak bo‘lib tug‘ilmaganlarini goho afsus bilan qayd etadilar, lekin erkaklar
orasida ayol bo‘lib tug‘ilmaganiga pushaymon qiluvchi kishi uchramaydi.
Gender farqlar ayol va erkakning qiz va o‘g‘ilning o‘z “Men”iga
munosabatlarida ham namoyon bo‘ladi. “Men” haqidagi ilk tasavvur jinslar
haqidagi ilk tasavvurlar bilan birga yuzaga keladi. To‘g‘ri, 1-2 yoshlarda ham
42
bolalarning bir-biridan o‘zishishga yoki o‘zining narsalarini himoya qilishga
qaratilgan xatti-harakatlar sodir etishi kuzatiladi. Lekin ular hali “Men” emas. 7
yoshiga yetganda “Men” tan olinadigan va qayta-qayta takrorlanadigan voqelikka
aylanadi. Aynan shu yoshda bolalarda gender rollar haqida aniq tasavvurlar
shakllanadi. Balog‘at yoshiga yetguncha qizlar o‘z “Men”ini o‘g‘il bolalardan
ko‘ra yaxshi tushunadilar va himoya qiladilar. Keyinchalik psixofiziologik va
etnomadaniy omillar ta’sirida erkaklar “Men”i ustun kela boshlaydi. Ayollar
“Men”ini oilasi va farzandlarining “Biz”iga singdirib yuboradi. Ular “Men”
iborasini ishlatganida “Biz”ni nazarda tutadi. Erkak ijtimoiy hayotga aralashgan va
ma’lum bir rolni bajargan sayin o‘z “Men”ini mustahkamlashga intiladi. U ijtimoiy
rolini bajarishda foydalangan “Men”idan kechishga majbur bo‘lganida ham uni
oilasida saqlab qoladi.
Shakllangan hayot tarzini, fikrlarni o‘zgartirish yoshi katta kishilar uchun juda
og‘ir kechadi. Ammo kuch-quvvatga to‘lgan paytda ularni o‘zgartirishga
ayollardan ko‘ra erkaklar ko‘proq moyildirlar. Erkakdagi o‘ziga, kuch-quvvat bilan
barcha g‘ovlarni bartaraf eta olishiga ishonishi uni islohotlarning faol sub’ektiga
aylantiradi. Hatto erkak o‘zining nimalarga qodir ekanini ko‘rsatib qo‘yish imkoni
yuzaga kelganidan xursand bo‘ladi, chunki u yangi to‘siq, g‘ov uni davr
qahramoniga aylantirishini tuyadi. Qahramonona yashash istagi erkak dilini tark
etmaydi; u o‘zini hech bo‘lmaganida mahallasining yoki qarindoshlarining dardiga
yaraydigan qahramon deb biladi. Qahramonlarni ulug‘lash va ularga taqlid yashash
erkak qalbidagi o‘chmas tuyg‘udir.
O‘g‘il bolalarda o‘z “Men”ini namoyon qilishga, mustaqil bo‘lishga intilish
maktabdayoq aniq ko‘zga tashlanadi. Darsga kechikib kelish, tartibni buzish,
sho‘xlik va harakatchanlikni talab etadigan o‘yinlarda qatnashish, o‘qituvchilarga
turli, goho yoshiga mos kelmaydigan savollar berish, daftarlarini pala-partish tutish
ko‘proq o‘g‘il bolalarga xosdir. Ular kattalar belgilab qo‘ygan tartiblardan
tashqariga chiqish, mustaqil bo‘lishga intilish istagi bilan bog‘liqdir. Qiz bolalar
o‘qituvchilarga yoqishni, topshiriqlarni to‘la bajarishni, darsda jim o‘tirishni,
daftarlarini ozoda tutishni ma’qul ko‘radilar. Kattalarning “Qiz bolasan, uyat”
43
degan dakkisi ularda itoatgo‘ylik tuyg‘usini shakllantiradi. Shuning uchun ham
xotin-qizlardan mavjud munosabatlarni va an’analarni o‘zgartirishga da’vat
etuvchi islohotchilar chiqmagan.
His-tuyg‘uga berilish ayolni tashqi hayotga ochiq qiladi. Tashqi hayotga eng
avvalo uning farzandlari, qarindoshlari, jiyan, aka-ukalari kiradi. Shu bilan birga
ayoldagi ochiqlik uni boshqa kishilarning iztiroblariga, dardlariga yaqinlashtiradi.
Bu ezgu fazilatning tagida ayolga xos hamdardlik yotsa-da, ayol his-tuyg‘ulari
asosan kimlarga qaratilganini hech unutmaydi. Hamdardlik altruizmga undasa-da,
u har doim ham altruizmga aylanavermaydi. Biroq insonparvarlikni hayot tarziga
aylantirmoqchi bo‘lgan har bir jamiyat ayoldagi ochiqlikdan, hamdardlik
tuyg‘usidan foydalanishi zarur. Aks holda ayolning ochiqligi fisqu fasod, g‘iybat
to‘qish va tarqatishga aylanadi. Qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi oilaviy
begonalashuvning yuzaga kelishiga asosan ana shunday fisqu fasod va g‘iybatlar
sababchidir.
His-tuyg‘ularga o‘ta beriluvchan kishi har qanday ta’sirni, hodisani ichki
kechinmalari orqali, internal qabul qiladi. Internal oxir natijada egoizmni keltirib
chiqaradi. Ha, ayolda egoizm kuchli. Egoist bo‘lmay u o‘zini, oilasini,
farzandlarini sevolmaydi, ularning tinch va farovon yashashiga o‘zini bag‘ishlay
olmaydi. Ayoldagi internal fazilat oilani “muqaddas” institutga aylantirgan; agar
unda eksternal, ya’ni o‘zini tashqi hayotga, ijtimoiy munosabatlarga
bag‘ishlaganida u: birinchidan, erkak bilan antogonistik ziddiyatga duch kelgan,
ikkinchidan, oila institutining barham topishiga sababchi bo‘lardi. Lekin mutlaq
internal ayol yoki mutlaq eksternal erkak ham yo‘q, ijtimoiy muhit ularning hayot
tarziga, ongiga ta’sir etib turadi.
Gender nazariyasining asosiy qoidalari Biologik determenizm jinslar
o‘rtasidagi tushunishga yondashuv sifatida genderni ijtimoiy shakllantirish
tarafdorlari tomonidan jiddiy tanqid qilinadi. Ularning fikricha, o‘g‘il va qiz
bolalarda ijtimoiylashuv jarayonida turli malaka va ruhiy fazilatlarni tarbiyalash,
erkaklar va ayollar o‘rtasidagi mehnat taqsimoti jamiyatda qabul qilingan madaniy
me’yorlar, rollar va stereotiplar gender farqlarni shakllantirish jarayonini
44
ifodalaydi. Manba: Gender ayollar va erkaklarga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha ijtimoiy
jarayonlarda mavjud, tashkil topadi va qayta tiklanadi. Genderning ijtimoiy tashkil
topishi nazariyasida uchta asosiy tushuncha farqlanadi: jins, jinsiy mansublik va
gender. 1970 yillar boshigacha jins xususida bu anatomik, fiziologik o‘zgarmas
kattalik (konstanta), individga berilgan maqom, degan aniq tasavvur mavjud
bo‘lgan. Gender esa feminist tadqiqotchilar tomonidan “psixologik, madaniy va
ijtimoiy vositalar bilan erishiladigan maqom” sifatida ko‘rib chiqiladi”. Biroq,
shaxsning gender identifikatsiyasi kichikligidanoq, 5 yoshlarga kelib (K. Miller esa
18 oylik yosh haqida darak beradi) shakllanishi, keyinchalik esa jamlanadigan
tajribada mustahkamlanib borishi gender erishish mumkin bo‘lgan maqom ekanligi
to‘g‘risidagi qarashni shubha ostiga oladi. Gomoseksualizm, transseksualizm,
shuningdek, eng yangi biologik kashfiyotlarning paydo bo‘lishi va anglanishi
jinsni faqat tug‘ma anatomik o‘zgarmas kattalik sifatida qabul qilishga qarshi
qo‘yiluvchi dalillarga aylandi.
3
Xuddi shu kabi qayta anglash jarayonlari ijtimoiy va gumanitar fanlarda ham sodir
bo‘lmoqda. Yaqin paytlargacha jamiyatga yot deb qarab kelingan hodisalar
zamonaviy jamiyatda turli-tuman ijtimoiy harakatlar ifodasi sifatida qabul
qilinadi. Xulosa shundan iboratki, erkaklar va ayollarning jinsiy yetuklik paytida
va reproduktiv sohada namoyon bo‘ladigan xromosomalari to‘plamida aniqlangan
farqlar erkaklar va ayollar ijtimoiy nuqtai nazarlaridagi tafovutlarni oqlovchi
kuchli dalil bo‘la olishi gumon. Jins va gender tushunchalarini farqlash borasidagi
birinchi urinish 1968 yili Kaliforniya universiteti professori Robert Stoller
tomonidan amalga oshirildi. Transseksuallar muammosini o‘rganish shunday
xulosaga olib keldiki, gender o‘zni anglashni o‘zgartirishdan ko‘ra jarrohlik yo‘li
bilan jinsni o‘zgartirish osonroq. Fandagi yangi kashfiyotlar ularni nazariy
jihatdan anglash bilan birga tadqiqotchilarni shunday xulosaga olib keladiki, jins
bu – biologik xususiyatlarning birligi bo‘lib, individni muayyan biologik jinsga
tegishli deb bilish uchun dastlabki asosdir. “Biroq faqat rol emas, balki jinsga
daxldorlikning o‘zi o‘zaro aloqalar jarayonida individlarga bog‘lab qo‘yiladi”
3
Ф.Ф.Е. Здавомыслова социальной конструирований гендера
MГСИ. M., 1999. www.gender.ru.
45
Boshqacha aytganda, “biologik jins va jinsga mansublikni analitik jihatdan
farqlanadi. Agar biologik jins fiziologik-anatomik xususiyatlar mavjudligiga ko‘ra
belgilansa, jinsiy kategoriyaning belgilanishi shaxslararo aloqalar jarayonida
amalga oshadi. Jinslarning biologik belgilari kiyim ostida yashiringan. Ular bilan
bog‘liq xususiyatlar o‘zaro aloqalarda namoyon bo‘ladi. Ye.Goffman fikriga ko‘ra
identifikatsiyaning universal vositalariga tashqi ko‘rinish, ovoz, xat kiradi, biroq,
amaliyot ko‘rsatadiki, u yoki bu jinsga mansublikni aniq ko‘rsatib beruvchi tashqi
ko‘rinish belgilari mavjud emas. Yuz chiziqlari, sochlar, oyoq-qo‘llar uzunligi,
ovoz, kiyim, bezaklar bugungi kunda jinsni aniq belgilashga xizmat qila olmaydi.
Jins identifikatsiyasi muammosi vujudga kelganda, kommunikatsiya aloqasi
uziladi, agar jins aniq bo‘lsa, kommunikatsiya amal qiladi va identifikatsiyani
bunday jarayoni kundalik aloqalar jarayonida sodir bo‘ladi va madaniy nuqtai
nazardan belgilanadi. Shu tariqa gender ijtimoiy shakllanish nuqtai nazaridan – bu
shaxslararo aloqalar tizimi bo‘lib, uning vositasida ijtimoiy tartibning asosiy
kategoriyalari bo‘lgan erkaklarga xos va ayollarga xos tasavvurlar yaratiladi,
tavsiflanadi va qayta tiklanadi” 9 . Ijtimoiy tartib “erkaklarga xos” va “ayollarga
xos” xususiyatlarning qayta tiklanishini ko‘zda tutadi. Biroq, qaror topgan ushbu
tartib buzilgan holda umum qabul qilingan me’yorlar ham buziladi, uning
tashabbuskori gender muammo vaziyatiga tushib qoladi. “Harakatning
g‘ayrioddiyligi umum qabul qilingan me’yorlarga zid keladi, uning muallifi esa
jamiyat tomonidan tushunilmay qolishi mumkin. Hozirgi paytda ijtimoiy tartib
shunday qaror topganki, u yoki bu jinsga mansublik ierarxiya va hokimiyat
elementlarini o‘zida mujassamlashtiradi, ularga ko‘ra erkaklar ayollarga nisbatan
ustunroq mavjudot hisoblanadi. Shu ierarxiyaga asosan erkaklarga tegishli bo‘lgan
vazifalar va qadriyatlar ayollarga tegishli shu tushunchalarga nisbatan ancha
yuqori turadi. Jamiyatda gender assimetriyasi– erkaklar va ayollarning ijtimoiy
maqomida turli sohalarda namoyon bo‘ladigan tengsizligi yaqqol kuzatiladi.
Genderning tashkil topish sohalari. Ijtimoiy va xususiy sohalar. Ijtimoiy va
xususiy sohalarda gender munosabatlari me’yorlari. Gender dekonstruksiyasi.
Genderni doimo yaratiladigan hamkorlik sifatida ko‘rib chiqishda jamiyat
46
tomonidan gender tengsizlik qayta tiklanadigan jarayonga ko‘maklashuvchi
vositalarga alohida e’tibor qaratish lozim. Genderni ijtimoiy shakllanishi
nazariyasi tarafdorlari ijtimoiy hayotning turli sohalari – ijtimoiy va xususiy
sohalarga murojat etadi. Ijtimoiy soha mutaxassislar tomonidan siyosiy, iqtisodiy
va ramziy turlarga bo‘linadi. Ushbu sohalarning har birida jinslararo
munosabatlarning yaratilishi va qayta tiklanishi sodir bo‘ladi. Siyosiy sohada
gender assimetriyasi yaqqol kuzatiladi, zero ayollar jamiyatning siyosiy hayotida
to‘laqonli ishtirok etishidan mahrum etilgan. Jahon statistika ma’lumotiga ko‘ra
ayollar ulushiga dunyo parlamentlaridagi o‘rinlarning foizi va milliy
hokimiyatlarda 6 foizi to‘g‘ri keladi. Vaholanki, ayollar aholining yarmidan
ko‘pini tashkil etadi. Ayollarning siyosat sohasida erkaklar bilan teng bo‘lmagan
holati ayollarning oilada va ro‘zg‘orda haddan tashqari bandligi, saylov
kompaniyalarining o‘tkazishga mablag‘i yetishmasligi yoki o‘zining past siyosiy
maqomining ijtimoiy adolatsizligini anglamasligi tufayli vujudga keladi va “unda
yuqori lavozimlarga erishish va siyosiy maqsadlarga erishish borasida katta
maqsadlarni keltirib chiqarmaydi” . Buning sababi shundaki, ijtimoiylashuv
jarayonida ayol eng avvalo “ona”, “uy bekasi” va “mehnatkash” sifatida qaraladi.
Genderning shakllanishi nazariyasi nuqtai nazaridan siyosiy yetakchi erkak imijini
va siyosiy yetakchi ayol imijini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Siyosatchi ayol
supermen bo‘lgan siyosatchi erkak imijiga nima qarshi qo‘yishi mumkin? Bu
o‘rinda “Temir Xonim” iborasini eslashni o‘zi kifoya. Bu ibora bilan
zamonamizning mashhur siyosatchisi Margaret Tetcherni atashgan. Ayollarning
siyosiy yetakchiligi muammosi jiddiy tadqiq qilinishi kerak, biroq, shunisi ayonki,
jamiyat mavjud gender streotiplardan qiyinchilik bilan voz kechadi va siyosatda
ayollar yetakchiligi vujudga kelishiga o‘rganish og‘ir kechadi.
Gender nazariyasining asosiy qoidalari Gender tengsizligi va assimetriyasi
mavjudligini tan olish jarayoni o‘tish davrini boshdan kechirayotgan
mamlakatlarda avtoritar hokimiyat ustunlik qilgan davlatlarda ayniqsa, og‘riqli
kechadi. Chunki bu muammo bevosita demokratik institutlar qaror topishi,
jamiyatning siyosiy madaniyati rivojlanishi va shu orqali gender yondashuvlar
47
qonuniylashishi va amal qilishi bilan bevosita bog‘liqdir. Siyosiy madaniyatda
gender yondashuv elementlari Yevropa mamlakatlari va AQShda kuzatiladi.
Ularda “saylov tizimining partiya ro‘yxatlarida gender kvotalash, gender
muvozanatsizlikni bartaraf etish bo‘yicha milliy mexanizmlar va boshqa belgilar
mavjud” Iqtisodiy sohada gender stratifikatsiya jarayoni chuqur gender
assimetriyasi vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. U erkaklar va ayollar uchun mehnat
va bandlik sohasida kuzatiladigan noteng imkoniyatlarda namoyon bo‘ladi.
Iqtisodiyotda, mehnat bozorida erkak va ayollar bandligi sohalari aniq bo‘lingan.
Mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda tadqiqotchilar shunday xulosaga keladiki,
"ayollarning layoqatlari va roli vazifalari to‘g‘risidagi stereotiplar bandlikning
an’anaviy va noan’anaviy sohlarida ayollarga to‘sqinlik qiladi. Ayollarning kasbiy
maqomi iqtisodiyotning barcha sohalarida erkaklarning maqomiga qaraganda
ancha past bo‘lib, tegishli ravishda bu ayollarning xizmat pog‘onalarida sekin
o‘sishiga va kasbiy maqomi past darajada bo‘lishiga olib boradi. Muammoning
boshqa jihati shundaki, ayollar o‘rtasida ishsizlik darajasi erkaklarnikiga
qaraganda ancha yuqori. Turli tanazullar paytida eng avvalo ayollar ishdan
bo‘shatiladi, ishga olish paytida esa erkaklar afzal ko‘riladi. Ayollarning mehnat
bozoridagi mavjud ahvolini yorituvchi yana bir ko‘rsatkich ayollar ishiga kam haq
to‘lanishida namoyon bo‘ladi va u xuddi shu ish uchun erkakka to‘langan ish
haqining bir qismini tashkil etadi, xolos. Teng mehnat uchun teng haq to‘lash
tamoyilining buzilishi barcha joyda kuzatiladi. Ayollarni yuqori haq to‘lanadigan,
istiqbolli lavozimlardan surib chiqish jarayoni sodir bo‘lmoqda. Shuni qayd etish
zarurki, iqtisodiy sohada gender tengsizlik masalalari jiddiy tadqiq qilinishi kerak
va bu ish mazkur o‘quv qo‘llanmasining navbatdagi boblarida amalga oshiriladi
Har qanday sohada, shu jumladan, iqtisodiy sohada gender muammolari
bilan shug‘ullanadigan tadqiqotchilarning vazifasi ijtimoiy nuqtai nazarni gender
nuqtai nazariga ko‘ra o‘zgartirish imkoniyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi xitti-harakat
tartibining o‘ziga xosligini aniqlashdan iborat. Ijtimoiy hayotda ommaviy axborot
vositalari alohida o‘rin tutadi. Ular nafaqat doimiy ravishda gender obrazlarni
qayta tiklaydi, balki faol ravishda ularni kuchaytirib, shusiz ham og‘riqli gender
48
muammolarni yanada chuqurlashtiradi. Zamonaviy OAVning butun birligi u yoki
bu jinsga mansub ramziylikka e’tibor qaratmoqda. Erkak va ayollarga tanlov
imkoniyatini belgilovchi obrazlar yaratilmoqda. Bular “super erkak va super ayol,
feministlar va an’anaviy ayollar obrazlaridir” Tanlash imkoniyati unchalik keng
emas. Biroq, ular erkaklar va ayollar “tartibni boshqarishi uchun” ega bo‘lgan
imkoniyatlarini belgilaydi Turli jamiyatlarda ommaviy axborot vositalari davlat
hokimiyati darajasida shakllantiriladigan ijtimoiy buyurtma, qarashlarga mos
tarzda erkaklar va ayollar obrazlari targ‘ib qilinadi. Qayd etilganidek, bu
jarayonda demokratik institutlarni rivojlanish jarayonlari, jamiyatning gender
madaniyati muhim ahamiyatga ega.
Gender tushunchasi Xususiy soha gender munosabatlari tashkil topadigan
yana bir soha bo‘lib, u oilani va unga bog‘liq bo‘lgan barcha munosabatlar
spektrini qamrab oladi. Bunga yaqin atrofda yuzaga keladigan shaxslararo birlik
kiradi. Aynan uy va oila gender shakllanishi nazariyasi tarafdorlari tomonidan
ayollar tajribasining muayyan manbasi va “ayollarga tayziq o‘tkazish manbai”
hisoblanadi. 15 Unda ayollarni uy dunyosiga siqib chiqarish jarayoni faol davom
etadi. Uy kategoriyasi nafaqat an’anaviy jamiyatda, balki gender madaniyatni
o‘zlashtirish va qabul qilishga da’vogar jamiyatda ham ayollar dunyosi sifatida
ko‘zdan kechiriladi. Uy dunyosi bilan bog‘liq bo‘lgan va gender stereotiplarning
qayta tiklanishiga ta’sir ko‘rsatadigan barcha narsalar an’anaviy gender
ijtimoiylashuvi bilan chegaralangan, gender rollarga nisbatan eskirgan qarashlarga
asoslangan doiradan chiqib ketish yo‘llarining jiddiy tahlilini taqozo etadi. “Uy
dunyosi qanday tashkil topgan, unda qanday huquq va qoidalarga rioya etiladi, u
umuman jamiyatda qanday o‘rin egallaydi, uy dunyosida erkakning roli qanday”
16, ushbu savollarga javoblar xususiy sohaning ayollar va erkaklar imkoniyatlari
tengsizligi tashkil topishi jarayonidagi rolini aniqlashga xizmat qiladi. Gender
dekonstruksiyasi. Tengsizlikning mavjudligi va jinslararo munosabatlarda ijtimoiy
adolatsizlikning borligi yangi nazariy yondashuvning shakllanishiga turtki berdi.
Unga ko‘ra jinsiy rolli stereotiplar va ularga tegishli munosabatlar shubha ostiga
olinadi. 1980 yillar oxiridagi feministik harakatning yangi kuchlari oldiga yangi
49
masala – gender munosabatlarni dekonstruksiya qilish vazifasi qo‘yildi. Jamiyatda
gender munosabatlarning ijtimoiy tashkil etilganligini tan olish shunday xulosani
keltirib chiqaradiki, demak, ularni qayta tuzish mumkin. Bu shuni anglatadiki,
qaror topgan hokimiyat munosabatlarini ham qayta tashkil etish va gender
tenglikka asoslangan ijtimoiy tartibni qaror toptirishga umid bor
Gender dekonstruksiyasi erkaklar va ayollar o‘rtasidagi farqlar yo‘qolishini
anglatmaydi. Uning natijasida gendersiz jamiyat shakllanadi, unda barcha ierarxik,
maqomga oid farqlar barham topadi hamda inson rivojlanishi uchun teng
imkoniyatlar ta’minlanadi
Gender tenglikni ta’minlashda notenglikni anglash, notenglikni bartaraf etish
mexanizmlarini ishlab chiqish, gender tenglik ideologiyasini yaratish, gender
tenglik ideallarini shakllantirish kabi murakkab bosqichlarni bosib o‘tishga to‘g‘ri
keladi. Ular ichida eng murakkabi gender notenglikni anglashdir. Ongning,
an’anaviy qarashlarning ziddiyatli o‘zgarish xususiyati gender notenglikni tez
anglashga imkon bermaydi. Anglanmagan voqelikni esa hayotga keng joriy etish
qiyindir. Shuning uchun eng avvalo ayol va erkakni inson sifatida e’tirof etuvchi
gumanistik qarashlarni shakllantirish darkor. Jamiyat gumanistik qadriyatlarni
taraqqiyot sharti qilib tanlamas ekan egalitar g‘oyalar qog‘ozlarda qolib ketaveradi.
Bugun inson o‘zini har qachongidan yolg‘iz va nochor sezmoqda. Bozor
iqtisodiyoti ijtimoiy faollik uchun yo‘l ochib berdi, ilmiy-texnik kashfiyotlar
imkoniyatlarni kengaytirmoqda, dunyoning istagan burchagiga sayohat qilish va
olam rang-barangligidan bahramand bo‘lish mumkin. Haqiqatan ham inson
qudratli mavjudot ekanini endi to‘la his qilmoqda. Lekin u ruhan yolg‘iz; uning
yonida dilini anglaydigan zot yo‘q. Umrning qisqaligi, muqaddas narsaning
yo‘qligi, hayotning beshavqatligi, nafs va fahshga o‘chlik, aql, ruh ustidan amalga
oshirilayotgan zo‘ravonliklar insonni nochor zotga aylantirmoqda. Ayol va erkak
bir-birini to‘ldirayotgandek, bir-birining umrini sermag‘z qilayotgandek, ammo
ular yuqoridagi illatlarning qurboni bo‘lib qolmoqdalar. Ushbu illatlar mohiyatiga
yashiringan manfur kuch ayol va erkak, inson hayoti ustidan hukmrondir
|