O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


xususiyatlarining shakllanishi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/22
tarix19.02.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#114585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
gulhayo

xususiyatlarining shakllanishi. 

  2.1. Maktabgacha yosh davri psixik rivojlanish xususiyatlari. 

  2.2.Maktabgacha yosh davrida gender xususiyatlarining shakllanish muammolari. 

  2.3. Gender munosabatlarining yoshga xos xususiyatlarini aniqlash usullari  

 Xulosa. 

Tavsiya. 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 



 

 



  

Kirish. 

Ta`lim  tizimi  va  mazmunini  demokratlashtirish  -  yoshlarni  har  tomonlama 

rivojlangan, yetuk, dunyoviy fikr yuritadigan, bilimli, barkamol shaxs qilib voyaga 

yetkazishdan  iborat.  Ona  Vatanimizning  kelajagi  bugungi  yosh  avlodning  uquvi, 

salohiyati,  iste'dodi,  mustaqil  fikrlashiga  bevosita  bog'liqdir.  Bu  masalani 

maktabgacha  ta'limdan  boshlab  amalga  oshirish  bu-gungi  kunning  talabi  desak 

mubolag'a  bo'lmaydi.  Zero,  maktabgacha  ta'lim  muassasalarining  ta'lim  dasturlari 

va o'quv-tarbiyaviy  rejalariga  qo'yilgan davlat talablarini takomillashtirish  muhim 

ahamiyat kasb etmoqda. 

Ma'lumki,  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2016  yil  29  dekabrdagi 

"2017-2021  yillarda  maktabgacha  ta'lim  tizimini  yanada  takomillashtirish  chora-

tadbirlari  to'g'risida"gi  PQ-2707-sonli  qarorining  asosiy  maqsadi  maktabgacha 

ta'lim  tizimini  yanada  takomillashtirish,  moddiy-texnika  bazasini  mustahkamlash, 

maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar 

bilan  ta'minlash,  bolalarni  maktab  ta'limiga  tayyorlash  darajasini  tubdan 

yaxshilash, 

ta'lim-tarbiya 

jarayoniga 

zamonaviy 

ta'lim 


dasturlari 

va 


texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik 

va  jismoniy  rivojlantirish  uchun  shart-sharoitlar  yaratishdan  iborat  Shuni  alohida 

ta'kidlash  joizki,  O`zbekiston  o`z  mustaqil  siyosatiga  ega  bo`lgan  mamlakat 

sifatida  jahon  hamjamiyati  bilan  har  tomonlama  manfaatli  hamkorlikni  yo`lga 

qo`ygan,  xususan,  oila  va  xotin-qizlarning  haq-huquqlarini  himoya  qilishga 

qaratilgan qator nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlikda yurtimizda gender tenglikni 

kafolatlagan  davlatlar  sirasiga  kiradi.  Jumladan,  O`zbekiston  1995  yildayoq 

“Xotin-qizlar kamsitilishining  barcha  ko`rinishlari  oldini olish bo`yicha  CEDAW 

Konventsiya”sini  ratifikatsiya  qilgan  va  bu  boradagi  xalqaro  talablarni,  ushbu 

yo`nalishda  Milliy  Harakat  dasturini  bosqichma-bosqich  bajarib  kelayotgan 

mamlakatdir. Albatta, fuqarolik jamiyatini birdan, bir kunda qurib bo`lmaganidek, 

yurtimizda  gender  tenglik  qonunan  to`liq  kafolatlanganligiga  qaramay,  amalda 

erkaklar va ayollar tengligini ta'minlashda muayyan qiyinchiliklar yo`q emas. Bu, 



 

 



bir tomondan, milliy an'analarimiz, urf-odatlar va jamiyatimizda jinslararo tenglik 

masalasiga  qarashlardagi  o`ziga  xoslik  bilan  tushuntirilsa,  ikkinchi  tomondan, 

qonunlar,  jumladan,  Xalqaro  normalarning  butun  Er  yuzida  birdan  va  so`zsiz 

ijrosini  ta'minlashning  imkoni  yo`qligi  bilan  izohlanadi.  O`zbekiston  barcha 

rivojlangan  mamlakatlar  singari  jamiyatda  gender  tengligini  ta'minlashda 

taraqqiyotdagi  tadrijiylik  va  rivojlanishning  bosqichma-bosqich  ro`y  berishini 

inobatga  olgan  holda  odil  siyosat  yuritadi.  Bu  kabi  masalalarni  echishda  avvalo, 

kelajagimiz  vorislari  bo`lmish  yoshlarda  to`g`ri  tasavvurlar  va  bilimlarni 

shakllantirish,  shu  orqali  jinslararo  muloqotga  va  oilaviy  hayotga  tayyorlash 

davrimizning eng dolzarb muammolaridan biridir 

XXI  asr  bo’sag’asida  juda  ko’plab  davlatlarda  bo’lgani  kabi  dunyo 

xaritasida munosib o’rin olgan mustaqil O’zbekistonda ham barcha sohalarda tub 

islohotlar boshlandi. O’zbekiton Respublikasining  birinchi Prezidenti I.A.Karimov 

asarlarida,  O’zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  to’g’risidagi”  qonuni  va 

“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da belgilangan har tomonlama yetuk, barkamol 

shaxsni tarbiyalash hozirgi kun ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan 

biridir.  Barkamol  shaxsni  tarbiyalashda  bolaning  maktabgacha  tarbiya  yoshi 

psixologik  xususiyatlarni    xususiyatlarini  bilish  tarbiyachilar,  pedagoglar  va 

psixologlar,  ota–  onalar  uchun  muhim  ahamiyatga  ega  bo’lgan  vazifalar  sarasiga 

kiradi. Ushbu tarbiyaviy jarayonda bolalarning  yosh va individual xususiyatlarini 

eo’rganish,  ularnig  har  tomonlama  rivojlanishini  ta’minlashga  ta’lim-tarbiya 

ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yishga xizmat qiladi.  

XX  asrda  erishilgan  yutuqlaridan  eng  muhimi  shu  bo’ldiki,  inson  o’z  aqli-

idroki, tafakkuri va ijodiy salohiyati bilan murakkab texnika, elektronika va boshqa 

shunga  o’xshash  global  texnologiyalarni  kashf  etdi.  Lekin  shu  bilan  birga  ana 

shunday  murakkab  texnologiyalarni  yaratgan  inson  va  uning  hayoti  bilan  bog’liq 

muammolar  kamaymadi.  Vaqti  kelganda,  shunday  faktga  to’g’ri  kelamizki, 

murakkab elektron texnikani yaratgan o’ta aqlli inson o’zi va o’z atrofidagilarning 

ruhiy  kechinmalarini  to’g’ri  baholay  olmasligi  sababli,  o’zini  nochor  va  kuchsiz  

sezishi  mumkinligini    hayot  isbotladi.  Shiddat  bilan  hayotimizga  XXI  asr  kirib 




 

 



keldi.  Uning  global  o’zgarishlar  davri  bo’lishiga  hyech  kimda  shubha  qolmadi, 

desak  bo’ladi.  Chunki  bu  davrda  eng  avvalo  inson  ongi  va  ruhiyatida  evrilishlar 

yuz  bermoqda.  Bu  xolat  inson  va  uning  ichki  dunyosini,  zamondoshlarning  bir-

birlari  ongi  va  shuurida  ro’y  berayotgan  o’zgarishlarga  monand  xatti-harakat 

qilishlari  lozimligini  talab  qiladi.    Davrimiz  insonni  mustaqil  fikrli  shaxs  sifatida 

har  bir  soniyada  o’ylashga,  fikrlashga,  mulohaza  yuritib,  o’zi  uchun  xulosalar 

chiqarishga majbur etmoqda.  Ya’ni, bu cheksiz olamda biz o’zimizni o’zgalarsiz, 

o’z  manfatlarimizni  o’zgalar  manfaatisiz  tasavvur  qila  olmaganimiz  uchun  ham 

psixologiyani  bilishga  majburmiz.  Shaxsning  aqliy  imkoniyatlarini  avvalo  to‘g‘ri 

baholash  va  uni  rivojlantirishning  muhim  shart-sharoitlarini  yuzaga  keltirishi 

asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.  


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin