O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Maksimal va minimal suv sathlarini o‘lchaydigan asboblar



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə5/8
tarix31.03.2022
ölçüsü1,84 Mb.
#115055
1   2   3   4   5   6   7   8
Suv sathini kuzatish natijalarini maxsus qayta ishlash

Maksimal va minimal suv sathlarini o‘lchaydigan asboblar. Maksimal va minimal suv sathlarini o‘lchaydigan maxsus reykalar mavjud bo‘lib, ular sobiq Ittifoqning Gidrometeorologiya xizmati Bosh boshqarmasi mutaxassislari tomonidan ixtiro qilingan .

Maksimal va minimal suv sathlarini o‘lchaydigan maxsus reykalar uzunligi 2 m, diametri 5 sm ga teng quvur bo‘lib, qoziqqa mustahkam o‘rnatiladi. Suv almashinishini ta’minlash maqsadida quvurlar maxsus tirqishli bo‘ladi.

Maksimal suv sathini o‘lchash uchun quvurning yuqorisidan 1 sm diametrli sterjen tushiriladi. Sterjen quvurda tutilishi uchun maxsus tutqichi bor. Tekshirishdan oldin sterjen ohakli suvga botiriladi. Uning yuvilishiga qarab maksimal qiymatni aniqlaymiz.

Frolov reykalari ham maksimal, ham minimal suv sathlarini o‘lchashga imkon beradi. U dub taxtasidan ishlanadi. Uzunligi 2 metr, eni 13 sm, qalinligi 2 sm bo‘lib, standart holda ishlab chiqiladi. Bu qurilmadan ekspeditsiya sharoitida foydalanish qulaydir.

Yuqorida qayd etilganlardan tashqari maksimal va minimal suv sathlarini o‘lchashga imkon beradigan Proskov reykalari ham mavjud. Ular qoziqqa o‘rnatilishi yoki burama qoziqqa mustahkamlangan temir quvurli bo‘lishi mumkin.








9-rasm. Maksimal (a, b) va minimal (v) suv sathini o‘lchash qurilmalari: 1 – qalpoqcha; 2 – ko‘rsatkich tayoqcha; 3 – quvur; 4 – band, halqa; 5 – qotirgich; 6 – tirqish; 7 – tishli suv o‘lchash taxtachasi; 8 – qisqichli qalqima.



2.3. Suv sathini kuzatish ma’lumotlarini maxsus qayta ishlash

Ma’lumki, daryolarda suv sathi vaqt davomida, ayniqsa toshqin davrida keskin o‘zgarib turadi. Uni bilish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga egadir. Ushbu mavzu daryolarda kuzatilgan suv sathini maxsus qayta ishlash usullarini bayon etishga, xarakterli suv sathlari va moslashgan suv sathlarini aniqlashga, ular orasidagi bog‘lanishlarni grafikda ifodalash usullarini yoritishga hamda ularning xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini ko‘rsatib berishga bag‘ishlanadi.

Odatda, O‘zgidromet ko‘rsatmasiga asosan gidrologik stansiyalarga qo‘shimcha vazifa topshiriladi. Bu daryolarda kuzatilgan suv sathini maxsus qayta ishlab chiqish vazifasidir. Bu vazifani bajarishda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

1) suv sathining yillik o‘zgarish grafigini chizish;

2) grafikda xarakterli suv sathlarini belgilash;

3) suv sathining takrorlanish va ta’minlanish grafigini chizish (2.16-rasm);

4) moslashgan suv sathlarini aniqlash;

5) moslashgan suv sathlari orasidagi bog‘lanish grafigini chizish (2.18-rasm).

Yuqorida qayd etilgan ishlarni bajarishda suv o‘lchash postlarida amalga oshirilgan kuzatishlar natijalari asosida tuzilgan kundalik suv sathlari yillik jadvalining ko‘p yillik ma’lumotlaridan foydalaniladi. Bunda asosiy e’tibor xarakterli suv sathlarini aniqlashga qaratiladi.

Xarakterli suv sathlariga o‘rtacha o‘n kunlik, o‘rtacha oylik, o‘rtacha yillik suv sathlari, ularning maksimal va minimal qiymatlari, daryoda muzlash hodisalari kuzatilgan davrdagi yoki daryo muzdan xalos bo‘lgandagi suv sathlari, daryoda kema qatnovini yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘lgan suv sathlari va hokazolar kiradi.


Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin