O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi


II BOB.Hikoya oʻqitish darslarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish metodikasi



Yüklə 267,17 Kb.
səhifə5/8
tarix12.06.2022
ölçüsü267,17 Kb.
#116868
1   2   3   4   5   6   7   8
2 5253539606317505152

II BOB.Hikoya oʻqitish darslarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish metodikasi.
2.1 Hikoya oʻqitish darslarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish usullari
Ta’lim shaklining boshlanmasi boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi hisoblanadi.Shunday ekan boshlang‘ich ta’limda o‘qish fanining ahamiyati katta.Boshlang‘ich ta’limga qo‘yiladigan talablar o‘quvchida nutqni rivojlantirish, o‘z fikriga ega bo‘lishi,milliy tilimiz va xalq yozuvini o‘rgatishdan iboratdir. O‘qish darsini o‘rganish qolgan barcha fanlarni o‘rganishda debocha vazifasini bajaradi.
O‘qish darsini o‘quvchining onggida akslantirishimiz uchun o‘quv metodlarning ahamiyati katta. Professor Asqar Zununov o‘qitishning mazmuni va usullari haqida so‘z yuritib, o‘quvchilarning oldin bilimlarini o‘zlashtirishga, so‘ng yod olinishini ta’lim jarayonida izohli o‘qish deb nomladi. Izohli o‘qish deb, o‘ylashga his qilishga, to‘liq idrok etishga aytiladi. Bunda o‘qish jarayonida axborot kommunikativ metodlarning o‘rni o‘zlashtirishni osonlashtiradi. O‘qish darslarida axborot kommunikatsiyasi o‘quvchilarga bir xillikdan qochishga, o‘yinqaroqlikni shakllantirish, tasavvur qobiliyatlarini shakllantirish, jonli ko‘rgazmalar orqali, interfaol metodlar orqali darsni jonlantirib beradi, darsni mustahkamlab, xotirada saqlanishida ko‘makchi bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida she’rlar, maqol, ertak, hikoya, masal, topishmoq, maqol, ilmiy-ommabop asarlar o‘qib o‘rganilishida yanggicha usulda darsning o‘tishida o‘qituvchi va o‘quvchiga axborot kommunikatsiya ko‘prik vazifasini o‘taydi. O‘qituvchi yangi mavzularni ko‘rgazmali texnologiyada tashkillashtirish, bilim orqali ko‘prikdan savodlilar orolchasiga olib keladi.
Hozirgi paytda pedagogika fanida pedagogik texnologiyalar, ta’lim texnologiyasi, o‘qitish texnologiyasi iboralari tez-tez tilga olinmoqda. Bugungi kungacha pedagogik

adabiyotlarda, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda «yangpedagogik texnologiya», «ilg‘or pedagogik texnologiya», «zamonaviy ta’lim texnologiyasi» ga oid tushunchalari hali ham bir qolipga tushirilmagan, entsiklapediyalarda izohlanganicha yo‘q, uning mazmunini yagona talqini ishlab chiqilmagan va shuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuvchi ko‘pgina ta’riflari mavjud. Pedagogik texnologiya - shunday bilimlar sohasiki, ular vositasida uchinchi ming yillikda davlatning ta’lim sohasidagi siyosatida tub burilish yuz beradi, o‘qituvchi faoliyati yangilanadi, o‘quvchi va talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr muhabbat, isonparvarlik tuyg‘ulari tizimi shakllantiriladi. Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan usullar, yo‘llar yig‘indisi. Pedagogik texnologiya – o‘qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo‘llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig‘indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi: u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat (B.T.Lixachev). Hozirgi kunda axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida o‘qish darsini kompyuter dasturlarida, masofaviy o‘qitish, internet orqali ko‘rgazmali o‘qitish mumkin. O‘qish darsida axborot kommunikatsiyalaridan an’anaviy darslarda foydalanish samara beryapti.


Boshlang‘ich sinflarda o‘qishning sifatini rivojlantirish, o‘quvchini dars jarayonida qiziqtirish, eng muhimmi eslab qolishda, multimedia vositalarini kerakli darsda o‘z o‘rnida ishlatishda qo‘l keladi. Boshlang‘ich sinflarda elektron o‘quv qo‘llanmalari tayyorlab, so‘zlarni tovushli-harfli tahlil qilish, o‘quvchilarning to‘g‘ri o‘qiganliklarni nazorat qilish, so‘zning bo‘g‘inlari, gaplar, rasmli ko‘rgazmalar, qiziqarli o‘yinlar, metodlar orqali fan mavzularini o‘quvchiga yetkazib berish mumkin.O‘quvchilarning egallagan bilimlarini axborot vositalarida test tayyorlab, ularning baholarini avtomatlashtirilgan holda tekshiramiz. Bunda dars jarayonida vaqtdan yutiladi.
O‘quvchining ko‘rish qobiliyati, tafakkuri harakati, o‘yin, sxemallar va turli xil ko‘rgazmali metodlarda oq-qora ranglardanmas balki, turfa ranglardan foydalanganimizda o‘quvchiing qiziqishi ortib, fan haqida ma’lumotga ega bo‘lib, mustahkamlashiga turtki bo‘ladi. Har bir maktablarda bugungi kunda internet tarmog‘i mavjud.
Bu turli xil axborot resurslaridan foydalanishni, o‘quv metodlarini o‘rganish, chet el ta’limini shakllantiradi. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish jarayonida axborot texnologiyasida o‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqarib, darsdagi boshqaruvlar nazoratini shakllantiradi.
O‘qish darsliklarining yaratilishi, dars ishlanmalar, darsning tashkilliy qismlarini, sinfdan tashqario‘qish jarayonining bugungi kunda axborot kommunikatsiya orqali muvaffaqiyatga erishayotgani yaqqol ko‘rishimiz mumkin,axborot texnologiyalari fanning o‘quv ma’lumotlarini tadbiq etiish imkoniyatini sezilarli darajada kengayishiga, o‘quvchi o‘qituvchisiz o‘zlashtirolmagan jarayonni individual o‘rganish uchun, o‘quvchilarning darsga jalb qilinishini, fanni o‘zlashtirishning bir necha usullarini ko‘rish va ularning jonli, rangli, musiqiyligi, e’tiborni o‘ziga jalb qiladigan xususiyati esda qolishlikni ta’minlaydi.
Hayotimizda axborot kommunikatsiyalari har bir jabhada muhim. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining badiiy olamini boyitish maqsadida xalq og‘zaki ijodining namunalari bilan tanishtirib boriladi. Bunda, o‘quvchilar yoshiga mos holda ertak va hikoyalar tanlanadi.
Ertakning o‘tkir maroqli syujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish formasi, bir xil so‘z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilning ta’sirchanligi, ifodali vositalarning jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarlidir.
Ertak xalq og‘zaki ijodida eng keng tarqalgan janr bo‘lib, ular kishilar hayotida uchraydigan oddiy hodisalar va fantastik sarguzashtlar hikoya qilinadi.
Ertaklarning ko‘pchiligida real hayot tasviri fantastik elementlar bilan qo‘shilib ketadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hayvonlar haqidagi ertaklardan tashqari, ,,Davlat‘‘, ,,Tuz haqi‘‘, ,,Ovchi, Ko‘kcha, Dono‘‘, ,,Ilm afzal‘‘ kabi ertaklarni ham o‘qiydilar. O‘quvchilarni bunday ertaklarni o‘qishga tayyorlash ilmiy-ommabop tekstlarni o‘qishga tayyorlash kabi bo‘ladi (kuzatish, ekskursiya, fan darslari), ertakni o‘qish va tahlil qilish badiiy hikoya tarzida uyushtiriladi.
Bolalar o‘qituvchi rahbarligida ertakda qatnashuvchilarning xulq-atvori, ayrim xatti-harakatlarini baholaydilar, ularning bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini aytadilar va shular asosida ayrim obrazlar haqida xulosalar chiqaradilar, ertak rejasini tuzadilar, ertak qismlarini obrazlar (rollar)ga bo‘lib o‘qiydilar.
Bundan tashqari bolalar 4-sinfda ,,Davlat‘‘ ertagini o‘qiydilar. Bu ertak oddiy turmushga tegishli elementlarni tasvirlovchi ertakdir. Ertakda fantastika bo‘lganligi uchun o‘quvchilarni ertakni o‘qishga taxminiy tayyorlashni talab qiladi. Ertakni o‘qishga tayyorlash uchun ota-bobolarimiz atrofni, tabiatni, borliq dunyoni qanday tasavvur qilishlari haqida suhbat o‘tkaziladi. Bunday suhbat ertakdagi badiiy obrazlarni, ularning o‘zaro munosabatlarini, xulq-atvorlari, xarekterlarini to‘gri tushunishga yordam beradi. [1]
Ertak ustida ishlashda bolalarni ertak o‘qitishgagina emas, balki uni aytib berishga o‘rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og‘zaki nutqni o‘stiradi, bolalar nutqini yangi so‘z va iboralar bilan boyitadi, ona tiliga muhabbatni tarbiyalaydi. 1-sinfdayoq ertak tilidan erkin foydalanishga o‘rgatish uchun ertaklar bilan birinchi tanishtirishda uni (agar ertak hajmi katta bo‘lmasa) o‘qituvchi aytib berishi mumkin.
Yuqoridagilarni hisobga olganda, ertakni izohli o‘qitish darsining qurilishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:

  • o‘quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash;

  • o‘qituvchining ertakni ifodali o‘qishi, yod aytib berishi;

  • ertakni o‘quvchilar qanchalik idrok etganliklarini aniqlash maqsadida qisqacha suhbat o‘tkazish;

  • ertakni qismlarga bo‘lib o‘qish va tahlil qilish;

  • ertakni atib berishga tayyorlanish (ichda o‘qish);

  • ertakni aytish;

  • umumlashtiruvchi suhbat;

  • ma’lum vazifa bilan ertakni qayta o‘qish; [2]

Farzandlarimiz maktabda qancha ma’lumotli bo‘lsa, xalqimizning boy o‘tmishi, ota-bobolarining vatan uchun qilgan buyuk ishlari haqida bilimlarga ega bo‘lsagina yuqori texnologiyali iqtisodiyot shuncha tez rivojlanadi va shuncha ko‘p ijtimoiy muammolar hal etiladi. Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi, desam butun xalqimiz bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlaydi deb o‘ylayman .
Dahaqiqat, vatan ostonasi maktabdan boshlanadi. Muhtaram Prezidentimzning yuqoridagi fikrlariga nazar tashlasak, haqiqatdan ham o‘quvchilar maktabga bilim olish uchun kelishadi. Jajji o‘g‘il-qizlarimiz endigina hayot ostonasi atalmish matabga – ilm maskaniga qadam qo‘yishlari bilan maktab, ona vatan, ustoz, kitob, tabiat va boshqa tushunchalar bilan batafsil tanishish orqali ham boshlang‘ich sinflardan ertaklar muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng yurtimizda ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, kelajak yosh avlodni har jihatdan yetuk, barkamol shaxs qilib tarbiyalashni boshlang‘ich sinfdan boshlashimiz kerak. Ma’lumki, kelajak yosh avlodimiz boshlang‘ich ta‘limda bilimlarni mustahkam egallasa, uning ertangi kuniga poydevor bo‘lishi shubhasizdir. Shuning uchun boshlang‘ich ta’limda bolaga bilim berishda va badiiy olamini boyitishda ertak va hikoyalardan foydalanish samarali natija beradi. [3]
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun hikoya janri ham ertak kabi muhim ahamiyatga ega janrdir. 3-sinf o‘qish darsligida berilgan ,,Unutilmas bayram‘‘ va ,,Hisobda adashgan bola‘‘ hikoyalari o‘quvchilar yoshi va aqliy fikrlash qobiliyatlariga mos holda tanlangan. ,,Unutilmas bayram‘‘ hikoyasida insonlarga mehr-muhabbat, hurmat bilan munosabatda bo‘lishni o‘rgatishga xizmat qiladi.
Hikoyani o‘qish darsida o‘quvchilar ma’nosini tushunmaydigan so‘z va iboralar ma’nosini tushuntirish ham muhim, aks holda, ular hikoya mazmunini tushuna olmaydilar. So‘z ma’nosini tushuntirishga ko‘p vaqt sarflamay, asar mazmunini tushunishda eng zarur bo‘lgan so‘zni qisqa izoh berish bilan tushuntiriladi.[4]
Hikoyani o‘qishda hikoya mazmunini tahlil qilish va shu asosda o‘quvchilar nutqini o‘stirish markaziy o‘rin egallaydi. Hikoya o‘qilgach, o‘quvchilar o‘ylashi, o‘z mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish talab etiladi. O‘qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad hikoya bolalarga yoqqanyoqmagani, undagi qaysi qahramonning xarakteri bolaga ta’sir etgani, bolalar kim yoki nima haqida hikoya qilib berishni istashini bilishdan iborat. Shundan keyingina hikoya xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy g‘oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalaniladi. [5]
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ta’lim-tarbiya berishdagi muhim vazifalarning asosiy qismi o’qish darslarida amalga oshiriladi.Boshlang’ich sinf o’qish darslarining, ayniqsa birinchi sinfdagi o’qish darslarining maqsadi o’quvchilarda ongli,ravon,ifodali,tez o’qish malakalarini hosil qilishdir.O’qish darslari,tabiat, odobnoma, matematika fanlariga doir mavzularda beriladigan bilimlarni mustahkam o’qib olishlarida juda katta ro’l o’naydi,chunki bola tog’ri,ongli ravon o’qisagina matn mazmunini yaxshi anglab oladi.
O‘quvchilar so‘z va lug‘at boyligini oshirish, ona tili va o‘qish mashg‘ulotlarining ajralmas tarkibiy qismlaridan biri ekanligi, ularni turli janrlar bilan tanishtirish va bundan olgan xulosalaridan foydalanish malakasini shakllantirish bilan bir qatorda ularning badiiy olamini yuksaltirish muhim masala hisoblanadi. Shu bois ham ertak va ustida muntazam ishlash o‘quvchilarning imlo savodxonligini oshirish, so‘z boyligini kengaytirish va badiiy olamini yuksaltirishning muhim omilidir. Hikoya va ertaklar qaysi tilda yozilgan bo‘lsa, o‘sha tilga oid so‘zni to‘g‘ri yozishda, uning kelib chiqish tarixiga oid tarkib jihatidan tahlil qilganimizda ham o‘quvchilarni har tomonlama rivojlantirishga xizmat qiladi. Hikoya va ertak o‘quvchining bilimini kengaytirishda, so‘zlarni to‘g‘ri yozishda xato qilmaslikka, nutq madaniyatini puxta egallashda, ularda teran fikrlash qobilyatini oshirish bilan bir qatorda badiiy olamini yuksaltirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘quvchilar og‘zaki va yozma nutq malakasini mustahkamlashda sozlab berish mashg‘ulotlarini dars jarayonida ko‘proq foydalanishga e’tiborni kuchaytirishimiz kerak. Og‘zaki va yozma nutqni o‘stirishda bolaning badiiy olamini yuksaltirishda ertak va hikoyalardan foydalanish alohida o‘ringa ega.


2.2. Hikoya oʻqitish darslarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish


Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim jarayoniga joriy etilishidan asosiy maqsad — aynan zamonaviy axborot muhiti uchun xarakterli bo‘lgan o‘quv faoliyatlarining yangi turlarini paydo bo‘lishidir.
Ma’lumki, boshlang‘ich ta’lim — ta’lim tizimining poydevori hisoblanib, o‘quvchilarni o‘qitish sifati unga bog‘liq bo‘ladi va bu boshlang‘ich maktab o‘qituvchisi zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Uzoq vaqt davomida ta’lim tizimida boshlang‘ich maktab «ko‘nikmalar maktabi» bo‘lib keldi, ya’ni o‘quvchi keyingi ta’lim olish uchun o‘qish, yozish, hisoblash kabi asosiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan ta’lim bosqichi sifatida qaralgan. Bugungi kunda boshlang‘ich maktab boshqacha tasavvur etiladi. Bugungi kunda u ta’lim tizimida bolaning birinchi tajribasi — ta’lim olish kuchlarini sinash joyi bo‘lib qolishi kerak. Ushbu bosqichda faollikni, mustaqillikni rivojlantirish, idrok etish faolligini saqlab qolish va bola ta’lim dunyosiga shaxdam kirib borishi uchun sharoitlar yaratish, uning salomatligini va emotsional xususiyatlarini mustahkamlash muhim. Bugungi kunda o‘quvchilarning aynan mana shu sifatlari ta’lim jarayoniga AKT’ni joriy etish bilan rivojlanayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz.
O‘z faoliyatimizda ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etib, ulardan foydalanib va o‘quv jarayonida AKT’dan foydalanish bo‘yicha ma’lum tajribalarni to‘plab bormoqdamiz.
Ахborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tajribam an’anaviy dars doirasida AKT’ni didaktik jihatdan to‘g‘ri qo‘llanilgan hollarda o‘quv jarayonini individuallashtirish va differensatsiyalash uchun cheklanmagan imkoniyatlar paydo bo‘lishini ko‘rsatdi. Ular o‘quvchilarga axborot manbalaridan foydalanish imkonini beradi, mustaqil ishlar samaradorligini oshiradi, ijodkorlik, malaka va ko‘nikmalarni egallash va mustahkamlash uchun umuman yangi imkoniyatlar beradi, ta’limning yangi shakllari va metodlarini amalga oshirishga imkon beradi.
Har bir o‘quvchida shaxsiy o‘quv yo‘nalishini rivojlantirishni ta’minlaydi. O‘quv jarayonida uni muvaffaqiyatli bilim olish uchun zarur bo‘lgan asosiy jarayonlar sifatida fikrlashni, tasavvurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi; o‘quvchilarning idrok etish faoliyatlarini samarali tashkil qilish ta’minlanadi.
АKT’dan foydalanilganda ta’limda shaxsga-yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshirish oson bo‘lib qoldi, butun o‘quv jarayonini samarali tashkil qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Dars jarayonida tayyor multimediali mahsulotlari va kompyuter ta’limi dasturlaridan, o‘quv va sinfdan tashqari ishlarda Internet tarmog‘i vositalaridan foydalanib, multimediali ta’lim dasturlari va taqdimotlar, loyihalar yaratildi. Axborot texnologiyalarini barcha o‘quv fanlarda qo‘llash mumkin. Darslarda o‘quv va o‘yin dasturlaridan foydalanish katta samara beradi. Ona tili va Rus tili darslarida savodxonlikni oshirish bo‘yicha mashqlar yordam beradi, bunda bolalar kompyuterlarda turli xildagi amaliy topshiriqlarni bajaradilar. Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari uchun turli didaktik materiallar to‘plamidan foydalanib, ko‘rgazmali-mashq, nazorat-mashqlari va test sinovlari modullari kiritilgan aralash kompyuter dasturlarini tayyorlash mumkin. Unga fanga oid qoidalarni joriy o‘rganish va umumlashtirilgan takrorlash uchun uchta variantlarda berilgan grammatika-orfografik mavzular bo‘yicha boy va turli-tuman materiallardan foydalanish yaxshi samara beradi.
1-sinfda o‘qish darsida elektron o‘quv qo‘llanmalari tayyorlab, foydalanish mumkin. Unda so‘zni tovushli-harfli tahlil qilish, so‘zning bo‘g‘inlari tuzilishi, ba’zi orfogrammalar o‘rganilishi turli qiziqarli ko‘rgazmali va ovozli material berish mumkin. Yorqin rasmlar, g‘aroyib, qiziqarli topshiriqlar kichik yoshdagi o‘quvchilarda ona tiliga qiziqishni oshirishga yordam beradi, o‘yin shaklida o‘quv materiali bilan tanishish imkonini beradi, o‘zini nazorat qilish va o‘quv refleksiyasi uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi. Ushbu qo‘llanma bo‘yicha ta’lim jarayonini differensiatsiyalashga turli darajadagi murakkablikdagi topshiriqlarni tanlab olish yordamida erishiladi. Savodxonlikka o‘qitish bo‘yicha tematik rejalashtirishni ishlab chiqishda rejalashtirishga tegishli elektron mavzular va bo‘limlarni kiritish mumkin. Dars rejasini ishlab chiqishda frontal, individual va guruhli ishlash uchun kompyuterni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lgan dars bosqichlarini ishlab chiqish lozim.
Matematika darslarida «O‘yinli masalalar» dasturlarini tayyorlab, foydalanish mumkin. Boshlang‘ich sinfda o‘rganiladigan ko‘plab mavzular bo‘yicha turli materiallar berilgan. Turli murakkablik darajasidagi turli xildagi topshiriqlar har bir o‘quvchining idrok etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Masalalarni yechishda kompyuterli animatsion slaydlardan foydalanish darsning qiziqarliligini oshiradi. Ularning ustunlik tomonlari istagan paytda masalaning boshiga qaytish mumkin, uning alohida qismlarida to‘xtalish, o‘quvchilar bilan suhbatlashish, ularning fikrlarini tinglash mumkinligidan iborat. Boshlang‘ich sinflarda harakatlanishga animatsiyali masalalar bilan slayd-filmlarni qo‘llash mumkin. Shunday slaydlarni yaratish uchun Internetdan olingan animatsion kartinkalardan foydalanish mumkin.
Barcha o‘quv fanlarida test topshiriqlaridan foydalanish zarur. Testlardan dastlab faqat bosma ko‘rinishidagisidan foydalangan bo‘lsak, hozirda ularni kompyuterda terib, har bir o‘quvchi bilan shug‘ullanish mumkin. AKT’dan foydalanish yillari davomida 1-sinfdan 3-sinfgacha matematika, badiiy o‘qish, ona tili, deyarli barcha mavzulari va boshqa o‘quv fanlari bo‘yicha qator turli testlarni tayyorlash mumkin. Endi darslarda faqat bosma shakldagi emas, balki kompyuterli testlardan foydalanish zarur. Ular bajarib bo‘lishi bilan darhol bahosini olishga imkon beradi, bahoni kompyuterning o‘zi taqdim etadi, u yoki bu mavzu bo‘yicha kamchiliklarini aniqlashlariga imkon beradi.
«Tabiatshunoslik» fani bo‘yicha barcha mavzulari bo‘yicha kompyuter testlarini ishlab chiqish mumkin. Masalan: «O‘lkamiz suv havzalari», «Ona zamin», «O‘rmon va dalalar — tabiat boyligi», «Qishloq xo‘jaligi sohalari», «Bizning o‘lka», «Yer osti boyliklari», «O‘lkamiz hududiy tuzilishi», «O‘lka chorvachiligi va o‘simliklari» va boshqalar. Ona tili bo‘yicha o‘rganiladigan so‘z leksik mazmunini talqin qilishda va birliklarni turlarga ajratishda o‘quvchilarda qiyinchiliklar tug‘diradi. Bular: antonimlar, sinonimlar, omonimlar. Testlar orqali o‘quvchilarning leksik imkoniyatlari rivojlanadi, so‘zning to‘g‘ri va ko‘chma ma’nosini topishga, sinonimlarni to‘g‘ri tanlashga, sinonimlar, antonimlar va omonimlarni farq qilishga o‘rgatadi. Antonimlar bilan ishlashga bag‘ishlangan «Teskari o‘yin» testidan foydalanish o‘quvchilarga darsni tushuntirishga samarali ta’sir etadi.
Asosiysi: test topshiriqlarini bajarishda o‘quvchining ko‘zi, miyasi va qo‘llari ishtirok etadi, o‘yin elementlari esa ularda bajarayotgan ishlariga qiziqishni rivojlantirishga va demak, ta’lim jarayoni jadalligi kerakli darajasini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Testlardan tashqari krossvordlar, sxemalar, jadvallardan foydalaniladi, o‘quvchilar dars materiallarni mustaqil o‘rganishda bevosita kompyuterda ishlaydilar.
Barcha o‘quv fanlarida qo‘shimcha va rivojlantirish materiallari sifatida ko‘plab videofilm hamda fotolavhalar bilan o‘lkashunoslik materialidan foydalanish mumkin.
Microsoft Power Point dasturlari yordamida yaratilgan taqdimotlar ta’lim jarayonida AKT’dan foydalanish juda samarali shakli hisoblanadi. Taqdimotda asosiysi — axborotliligi, ko‘rgazmaliligi, qiziquvchanligi hisoblanadi. Mazkur dastur orqali turli mavzu va fanlar bo‘yicha taqdimotlar yaratishda fotosuratlar, rasmlar, animatsiya, qo‘shimcha axborotlardan foydalanish mumkin.
Maktabda mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i ishimizda katta yordam ko‘rsatadi. Internet — bu global axborot tizimi ekanligi barchaga ma’lum. U elektron pochta, izlash tizimlarini o‘z ichiga oladi va turli axborot resurslaridan foydalanish imkonini beradi. Undan kerakli axborotlarni topish, qayta ishlab chiqish va ularni ko‘paytirib, barcha kompyuterlarga o‘rnatib bolalarga mustaqil juftlikda, guruhda, individual ishlashni taklif etish mumkin. O‘quvchilarga turli xildagi topshiriqlarni taklif etish: tadqiqot o‘tkazish, asosiysini tanlash, taqdimot tayyorlash, jadvalni to‘ldirish imkoni paydo bo‘ladi.
Axborot olishning boshqa bir usuli — dars davomida bevosita Internetdan axborot olish hisoblanadi. Internetdan avvaldan kerakli materialni topish, darsda esa uni o‘quvchilarga ko‘rsatish mumkin. Ishni o‘rganilgan material bo‘yicha dialog ko‘rinishida olib borish mumkin.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari Internetdan mustaqil foydalanishni, kerakli axborotni tanlashni, uni saqlab qolish va taqdimotlar tuzish yoki turli xildagi loyihalarni ishlab chiqish va bajarishda keyingi ishlarida foydalanishni biladilar. 2-sinfdanoq o‘quvchilar faqat daftarda emas, balki bevosita kompyuterda ham topshiriq-larni bajara oladilar. O‘quvchilar kompyuter bilan ishlash birinchi ko‘nikmalarni oladilar, o‘zlarining nazariy bilimlarini doimiy chuqurlashtirib va amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirib boradilar.
Boshlang‘ich sinflarda fikrlash operatsion uslubini shakllantirishda informatika kursining roli juda muhim. Informatikaning ushbu roli harakatlari tuzilishini rejalashtirish, axborot izlash, muloqotni rejalashtirish, axborot modellarini qurish, faoliyatni vositalashtirish kabi dastlabki ko‘nikma va malakalar to‘plami ko‘rinishida qaraladi. Kompyuterni o‘qishda yordamchisi, ijodkorlik, o‘zini ifoda etish va rivojlantirish vositasi sifatida tushunish katta ahamiyatga ega. Katta sinflar o‘quvchilarida fikrlash uslubi shakllanib bo‘ladi, yangi shakllarini ular qiyinchilik bilan qabul qiladilar. Ushbu kurs o‘quvchini SHK’da axborot bilan amaliy ishlashga o‘rgatishi kerak. Boshlang‘ich maktabda kompyuterni o‘zlashtirib o‘quvchilar undan o‘z faoliyatlari vositasi sifatida boshqa sinflarda ham foydalanishlari mumkin, kompyuterni qo‘llash bilan olib boriladigan darslar ularda qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Katta sinflarda informatika darslarida albatta kompyuterdan foydalanish ushbu dasturni amalga oshirish zarur sharti hisoblanadi. Kompyuterdan odatda yangi materialni muhokama qilishda elektron doska sifatida foydalanaman. Bundan tashqari, o‘quv o‘yinlarini tashkil qilish hamda individual ta’lim va kompyuterli praktikumni tashkil qilishda foydalaniladi. Ta’lim natijasida o‘quvchilar o‘quv va oddiy amaliy masalalarni yechish uchun kompyuterdan foydalanish: fayllar bilan oddiy operatsiyalarni amalga oshirish (yaratish, saqlab qolish, izlash, dasturni ishga tushirish); dasturlarda amaliy topshiriqlarni va ijodiy ishlarni bajarishni biladilar: Word Pad, Microsoft Power Point, Microsoft Excel, Microsoft Word; keng foydalaniladigan dasturlarni ishga tushirish: kompyuter ekranida matnli va grafik redaktor, trenajerlar, testlar; matnlar va tasvirlar (axborot), obyektlar bilan ishlash; izlash, oddiy o‘zgartirishlarni, saqlash, foydalanish va axborot hamda ma’lumotlarni uzatishni amalga oshiradilar, mundarija, yo‘l ko‘rsatuvchi, kataloglar, spravochniklar, internetdan foydalanib, kompyuter yordamida kichik loyihalar va taqdimotlar yaratadilar.
Shunday qilib, ushbu kursni boshlang‘ich maktabda o‘rganish o‘quv jarayonini modernizatsiyalash, samaradorligini oshirish bilan birga, har bir o‘quvchining individual qobiliyatlarini hisobga olib, uni tabaqalashtirishga imkon beradi. Taklif etilayotgan kurs o‘qituvchiga ta’limni erkin boshqarish va o‘quv axborotlarini taqdim etish turli usullarini qo‘llash imkonini beradi.
Kursda loyiha-tadqiqotchilik faoliyatiga alohida o‘rin ajratilgan. O‘quvchilarning loyihachilik faoliyatlari mustaqil tadqiqotchilik malakalarini, ijodiy qobiliyatlarini va mantiqiy fikrlashlarini rivojlantirishga yordam beradi; o‘quv jarayonida olgan bilimlarini birlashtiradi va o‘quvchilarni aniq hayotiy muhim masalalarni hal qilishda ishtirok ettiradi, ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilar va o‘quvchilar munosabati uslublarini demokratlashtirishga yordam beradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o‘quvchilarni qiziqarli olamga olib kirishda o‘qituvchining imkoniyatlarini kengaytiradi, bunda o‘quvchilar axborotlarni mustaqil ravishda izlab topadilar, oladilar, tahlil qiladilar va boshqalarga yetkazadilar. Bolani axborot bilan ishlashga, o‘qishga o‘rgatish — zamonaviy boshlang‘ich sinflarning muhim vazifasi hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflar ta’lim jarayonida AKTdan foydalanish faqat asosiy yo‘nalishlari shakllanadi. O‘quvchilarning sinfdan tashqari ishlarini tashkil etishda AKT’dan keng foydalanish birinchi navbatda, bu turli hisobotlarni tayyorlash, sinfdan tashqari tadbirlarni o‘tkazish va shu kabilardan iborat bo‘ladi.
Kurs ishi mavzusi bo’yicha 2-sinf darsligi uchun dars ishlanma tayyorlandi.

Yüklə 267,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin