O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi



Yüklə 267,17 Kb.
səhifə7/8
tarix12.06.2022
ölçüsü267,17 Kb.
#116868
1   2   3   4   5   6   7   8
2 5253539606317505152

III-BOSQICH: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni.
Rasmlarga qarang. Har bir rasmda qanday ishlar tasvirlanganini ayting.
O’quvchilar javobi tinglanadi.
O’qituvchi hikoya tuzish jarayoni haqida tushuncha beradi.
IV-BOSQICH: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni
Rasm asosida har bir rasmga reja tuziladi. Og’zaki hikoya qilinadi.
“ Ko’chat”.

1-rasm boyicha topshiriq
A) Rasmda kimlar tasvirlangan?
B) Ular nima ish qilyapti?
D) Bu qaysi fasl?

2-rasm boyicha topshiriq
A) Kim ko’chatni ushlab turibdi?
B) Kim suv olib kelayapdi?
D) Nimaga ko’chatga suv quyiladi?

3-rasm boyicha topshiriq
A) Nega ko’chat atrofi o’ralyapdi?
B) Ko’chat qaysi faslda ekiladi
O’quvchilar fikri umumlashtirilib daftarga reja asosida hikoya yoziladi.
V-BOSQICH: Darsga yakun yasash, baholash .O`qituvchi: Aziz bolajonlar. Inson dunyoga kelar ekan u Vatan va ona bag`rida voyaga yetadi. Shuning uchun onani sevgandek Vatanimizni, Onatabiatni ham sevamiz.Ko’chat eksak tabiatga bo’lgan mehrimiz yanada ortadi.Vatanimizni yanada go’zal bo’lishiga hissa qo’shaylik.
Dars yakunida guruhlarning ishtirokiga izoh berilib, faol o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI-BOSQICH: Uyga vazifa berish 




XULOSA


Xulosa qilib aytganda, Boshlang‘ich ta’limga qo‘yiladigan talablar o‘quvchida nutqni rivojlantirish, o‘z fikriga ega bo‘lishi,milliy tilimiz va xalq yozuvini o‘rgatishdan iboratdir. O‘qish darsini o‘rganish qolgan barcha fanlarni o‘rganishda debocha vazifasini bajaradi.
O‘qish darsini o‘quvchining onggida akslantirishimiz uchun o‘quv metodlarning ahamiyati katta. Professor Asqar Zununov o‘qitishning mazmuni va usullari haqida so‘z yuritib, o‘quvchilarning oldin bilimlarini o‘zlashtirishga, so‘ng yod olinishini ta’lim jarayonida izohli o‘qish deb nomladi. Izohli o‘qish deb, o‘ylashga his qilishga, to‘liq idrok etishga aytiladi. Bunda o‘qish jarayonida axborot kommunikativ metodlarning o‘rni o‘zlashtirishni osonlashtiradi. O‘qish darslarida axborot kommunikatsiyasi o‘quvchilarga bir xillikdan qochishga, o‘yinqaroqlikni shakllantirish, tasavvur qobiliyatlarini shakllantirish, jonli ko‘rgazmalar orqali, interfaol metodlar orqali darsni jonlantirib beradi, darsni mustahkamlab, xotirada saqlanishida ko‘makchi bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida she’rlar, maqol, ertak, hikoya, masal, topishmoq, maqol, ilmiy-ommabop asarlar o‘qib o‘rganilishida yanggicha usulda darsning o‘tishida o‘qituvchi va o‘quvchiga axborot kommunikatsiya ko‘prik vazifasini o‘taydi. O‘qituvchi yangi mavzularni ko‘rgazmali texnologiyada tashkillashtirish, bilim orqali ko‘prikdan savodlilar orolchasiga olib keladi.


Yüklə 267,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin