II bob bo`yicha xulosa Xulosa qilib aytganda, so`rg`ichlilar sinfi vakillari ko’pchiligi germofrodit bo’lib, ulаrning jinsiy orgаnlаr sistemаsi judа murаkkаb tuzilgаn. Ularlаrning urg’ochilik jinsiy аppаrаti bittа tuxumdondаn iborаt. Erkаklik jinsiy orgаni bir juft urug’dondаn (endopаrаzitlаrdа) ektopаrаzitlаrdа urug’dаn bittа yoki ko’p bo’lishi mumkin. Ko’pаyishdа hаyvon qo’shilgаn vаqtdа sirrus urg’ochilik jinsiy teshigi orqаli bаchаdongа yoki mаxsus g’ilofgа kirаdi. So’ngrа spermа ootipgа o’tаdi vа bu erdа tuxum urug’lаnаdi. Urug’lаngаn tuxum bаchаdongа tushаdi. U devordа Melis tаnаsidаn chiqаdigаn suyuqlik ichidа turаdi. Tuxum bаchаdondа turgаn vаqtidа tuxum hujаyrа mаydаlаnа boshlаydi vа bundаn, аvvаl embrion so’ngrа lichinkа hosil bo’lаdi. Trematodalarning taraqqiyoti, ya’ni ontogenezi o’z ichiga 4 bosqichni oladi, ya’ni embriogoniya, partenogoniya, sistogoniya va maritogoniya.
Yakuniy xulosa Xulosa qilib aytganda, yassi chuvalchanglar - eng tuban tuzilgan bilateral simmetriyali hayvonlar. Ulaming tanasi orqali faqat bitta simmetriya chizig'ini o'tkazish murnkin. Ko'pchilik yassi chuvalchanglarning tanasi cho'ziq bo'lib, dorzoventral (orqa-qorin) yo'nalishida yassilashgan. Yassi chuvalchanglar uch qavatli hayvonlar. Ontogenezda ulaming to'qima va organlari uchta murtak varaqlaridan, xususan tana qoplagichini hosil qiladigan ektodermadan, ichakni hosil qiladigan endodermadan va ular oraligida joylashgan mezodermadan kelib chiqadi.
Kiprikli chuvalchanglarning tanasi mayda kiprikchalar bilan qoplangan cho'ziq bargsimon shaklda bo'ladi. Dengiz yoki chuchuk suvlarda erkin yashaydi, ayrim turlari quraqlikda ham uchraydi. Parazit hayot kechirish chuvalchanglarning tashqi tuzilishiga va hayot kechirish xususiyatlariga katta ta'sir qilgan. Bunday o'zgarishlar yassi chuvalchanglarda ayniqsa yaxshi ko'zga tashlanadi. Ularning maxsus yopishish organlari paydo bo'lgan; hazra qilish sistemasi yo'qolib, jinsiy organlari juda kuchli rivojlangan. Lekin parazit chuvalchanglar va lichinkalarining ko'pchiligi tashqi rnuhitga chiqqanida o`z xo'jayinini topolmasdan qirilib ketadi. Shuning uchun juda ko'p nasl qoldiradi; ayrim turlari, masalan, jigar qurti va exinokokk, hatto lichinkalik davrida ham ko'payish xususiyatiga ega bo'ladi. Parazitizm (yun. parasitos — tekinxoʻr, hamtovoq, parazit va ismos — kasallik holati) — (biologiyada) oziklanish orqali bogʻlangan va oʻzaro moddalar almashinuviga asoslangan, genetik jihatdan turlicha boʻlgan organizmlarning tarixiy shakllangan assotsiatsiyasi. Parazitizmda bir organizm (parazit) ikkinchi organizm (xoʻjayin)dan yashash muhiti va ozik, manbai sifatida foydalanadi: ikkala organizm ham oʻzaro antagonistik munosabatda boʻladi. Bundan tashqari, parazit xoʻjayin munosabatlari organizmda immunobiologik reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Hayvonot dunyosining deyarli barcha tiplarida parazitlik bilan hayot kechiruvchi turlar mavjud.