Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi


Romanik dostonlarning o‘ziga xosligi



Yüklə 297,01 Kb.
səhifə29/90
tarix13.08.2022
ölçüsü297,01 Kb.
#117538
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   90
2 5406708684237572583 (1)

1. Romanik dostonlarning o‘ziga xosligi.
Romanik dostonlar — o‘zbek xalq baxshilari repertuaridagi dostonlarning eng katta turi. «Xalq romani», «romanik» terminlari turkologiyada shartli ravishda qabul qilingan bo‘lib, og‘za­ki yaratilgan va og‘zaki ijro etilgan muayyan dostonlar guruhini bildiradi. Bunday dostonlarda sevgi romantikasi va fantastik sarguzashtlarda xalq qahramonini ideallashtirishning yangi metodi sifatida namoyon bo‘lganki, ularni Yevropadagi «xalq kitoblari» bilan aralashtirmaslik lozim.
O‘zbek dostonchiligining qahramonlik eposi va jangnomalardan keyingi yangi taraqqiyot bosqichi — romanik dostonlar feoda­lizm davrining ijtimoiy-siyosiy munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lib, ularning mohiyatini sevgi mojarolari, qo‘rqinchli sarguzashtlar, ertakka xos fantastik voqealar, shu bilan birga hayotiy xodisalar tasviri belgilaydi. Ko‘tarinki ishq tuyg‘ulari va bu yo‘ldagi jasorat ideali bu tip dostonlar uchun asosiydir, ya’ni ularda ulug‘vor sevgi romantikasi bilan unga erishish yo‘lidagi fantastik sarguzashtlar birlashib, chatishib, chirmashib ketgan.
Romanik dostonlarning syujet sxemalari nihoyatda bir-biriga o‘xshash bo‘lib, odatda qahramon g‘oyibona oshiq bo‘lgan go‘zalni izlab safarga otlanadi, ajoyib-g‘aroyib hodisalarni, qiyin sarguzashtlarni boshidan kechirib, g‘ayritabiiy kuchlar bilan to‘qnashadi, barcha qiyinchiliklarni yengib, o‘z maqsadiga erishadi. Doston voqealari xashamatli saroylarda, shovqinli bozorlarda, sehrli bog‘larda, tilsimli qo‘rg‘onlarda, vahimali g‘orlarda, qo‘rqinchli yer va suv osti yo‘llarida kechadi. Biroq bu dostonlarning har biri kompozitsion qurilishi, obrazlari, motivlarining ishlanishi, xarakter va mazmunlari jihatidan mustaqildir, har birining spetsifik xususiyati, har birida o‘ziga xos badiiy zavq bor.
Fantastik voqea va sarguzashtlar girdobida murakkab ijtimoiy voqelikni uning barcha real tafsilotlari, ikir-chikir va qarama-qarshiliklari bilan tasvirlash romanik dostonlarga xos sodda realizmni tug‘dirdi. Xayotiy-maishiy xarakterdagi bunday realistik tematika xalq yumori va didaktikasi xususiyatlari bilan mahkam bog‘liqdir34. Lirik yo‘nalishning birinchi planga chiqib, tasvirning intim tus olishi, yozma adabiyot ta’sirining sezilmas darajada ularning ichki taraqqiyoti bilan organik bir­lashib ketganligi romanik dostonlar uslubini belgilaydi, ya’ni romanik dostonlarda tasvirlangan ijtimoiy voqelik, yangi temalar yangi formalarni ham keltirib chiqaradi.
Romanik dostonlarning tarkibi nihoyatda murakkab. Qahramonlik dostonlarda romanik elementlar bo‘lganidek, romanik dostonlardan ham qahramonlik elementlari, jangnomalar xusu­siyatlari mustahkam o‘rin olgan. Hatto bir dostonda bir necha tema baravar ishlangan bo‘lishi mumkin. Shularni hisobga olib, bu tip dostonlarni: a) qahramonlik-romanik b) ishqiy-romanik v) maishiy-romanik kabi ichki turlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
Qahramonlik-romanik dostonlarda («Rustamxon” turkumi, «Yakka Ahmad», «Go‘ro‘g‘li» turkumiga kiruvchi bir qancha asarlar) qahramonlik yo‘nalishi ustun tursa, ishqiy-romanik dostonlarda («Kuntug‘mish», «Go‘ro‘g‘li» turkumining so‘nggi dostonlari) sevgi mojarolari, sarguzashtli voqealar tasviriga alohida e’tibor beriladi35.
Maishiy-romanik yoki ijtimoiy-maishiy dostonlarda («Sohibqiron», «Qironxon», «Orzigul», «Erali bilan Sherali» va boshqalar) realistik momentlar, mavjud tuzumdan norozilik kayfiyatlari, maishiy turmush bilan bog‘liq turli-tuman tafsilotlarni batafsil tasvirlash yetakchilik qiladi. Ma­salan, «Odilxon» («Qironxon») dostonida realistik holatlar fantastik voqea va hodisalar bilan uyg‘un bir holda tasvirlanadi. Farzandsizlik tufayli chekilgan oh-zorlar, kundoshlarning mol-dunyo uchun har qanday yaramasliklardan qaytmasliklari, xatto o‘zlarining g‘arazli niyatlarining amalga oshishi uchun begunoh go‘daklarni o‘ldirishga ham tayyor turganliklari, hukmdorning adolatsiz hukmi, Butako‘zning zindonda tortgan azoblari, Xudoyqul podachining (ba’zi variantlarda Qing‘ir cholning) mai­shiy turmush sharoiti qanchalik real bo‘yoqlarda ko‘rsatilgan bo‘lsa, cho‘lga uloqtirilgan egizaklar — Qironxon va Qorasochlarningtaqdiri, sarguzashtlari, Qironxonning o‘zga yurtlarga qilgan safarlari (garchi bu safarlarning qo‘zg‘atuvchisi real asosga ega bo‘lsada) shunchalik fantastik qobiqda, sehrli-fantastik ertaklarga xos tasvirda berilgan.

Yüklə 297,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin