O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


 – guruh uchun tarqatma material



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/175
tarix04.11.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#118948
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   175
psixologiya

2 – guruh uchun tarqatma material.  
So’rov metodi. Bu uslubning ikki turi mavjud. 1. Intevyu (suhbat) ya’ni 
sinaluvchi bilan yuzma-yuz savol-javob qilish orkali utkaziladi. Intervyu - bu 
bevosita, erkin fikr almashinuvi sharoitida o’zaro fikr almashinuviga qaratilgan 
muloqotdir. Chunki suhbatdan farqli o’laroq intervyu aniq muammo doirasida,
qat’iy bir yo’nalishda olib boriladi. Intervyu oluvchi suhbatdoshga nisbatan 
neytral mavqyeda bo’lib, uning fikrlashiga xalaqit bermasligi, ayniqsa, unga 
taz’yiq o’tkazmasligi lozim. Intervyu jarayonining samarali kechishi uchun 


138 
suhbatdoshda o’ziga nisbatan ijobiy munosabat shakllantirib, birinchi so’zlarni 
aniq, ravon, ifodali bayon qilish muhimdir.
Intervyu o’tkazishga odam maxsus ravishda tayyorgarlik ko’rishi kerak,
chunki u odamdan qator muhim sifatlarning bo’lishini talab qiladi. Shuning 
uchun ham psixodiagnostikada «rolli o’yinlar» metodi yordamida psixodiagnost 
yoki amaliy psixolog maxsus tayyorgarlik kursidan o’tadilar.
Suhbat o’rganish uslubi sifatida qo’llanilganda oldindan suhbat maqsadi va 
asosiy savollar mazmunini aniqlab olish zarur. Suhbat davomida o’zaro 
samimiylikni ta’minlab, o’quvchini ochiq suhbatga tortaolish orqali uning ichki 
dunyosi, oiladagi muhit to’g’risida, o’quvchining qiziqishlari va qadriyatlari 
xaqida qimmatli ma’lumotlar olish mumkin.
2. Anketa metodi. Ma’lum qoidalar asosida tuzilgan savollar to’plami 
anketa deb ataladi. Mana shunday ma’lum mantiqiy bog’lanishga ega savollar 
tizimi orqali kishilarning fikr, mulohazalirini, munosabatlarini, qiziqish va 
kadriyatlarini o’rganish anketa o’tkazish usuli deyiladi.
Anketalar o’z ichiga olgan savollar mazmuni, vazifasi va shakligan qarab 
har xil bo’lishi mumkin.
Anketadagi savollar mazmun jihatidan faktlarga («Bo’sh vaqtlardagi 
mashg’ulotlarni», «Oilaning va yashash sharoitning haqida»). Atrofdagi odamlar 
ularning fikrlari va xodisalarga («Nima uchun, sening fikringcha, ko’pchilik 
o’quvchilar bor kuchini o’qishga sarflamayaptilar?») qiziqish va niyatlariga 
(«Qanday kasb egasi bo’lishni xoxlaysan?») taaluqli bo’lishi mumkin.
Savollar yo’naltiruvchi, aniqlovchi va sinaluvchi rostgo’yligini nazorat 
qiluvchi vazifalarini bajarish mumkin.
Savollar shakli jihatidan ikki xil bo’lishi mumkin.
«Ochiq» savollar ya’ni anketadagi savollarga javoblarning variantlari bo’lmaydi, 
sinaluvchi savollarga erkin shaklda javob berishi mumkin; 2. «Yopiq» savollar 
ya’ni savollarga mumkin bo’lgan javob varianlari tayyor holda berilgan bo’ladi. 
(ha, yo’q, bilmayman va shu kabi boshqa javob variantlari). Sinaluvchi shu 
javoblardan birini tanlashlari zarur. 
Anketa savollari quyidagi talablarga javob berishlari lozim:
«Yopiq» savollar faqat bir xil ma’nodagi javoblarga mos bo’lishi (ha, yo’q, 
bilmayman) yoki barcha mumkin bo’lgan javob variantlarini ko’zda tutishi 
kerak; 
O’zining xususiyatini va xulq-atvorini axloqiy yoki ijtimoiy baholashni 
talab qiladigan savollar berish maqsadga muvofiq emas. Masalan: «Siz.
O’zingizni o’ziga juda ishonadigan yoki o’ziga ishonmaydigan kishi deb 
hisoblaysizmi? Bu savolni boshqacharok tuzish mumkin. Masalan «Qiyin 
vaziyatni boshingizdan kechirgandan keyin, biror narsani shunday qilishim 
kerak edi, lekin kilmadim deb ko’p uylaysizmi? 
Savollar qisqa, aniq, mazmun yorkin, o’quvchilar uchun tushunarli 
bo’lishi zarur. 
O’quvchining bir psixologik xususiyatini aniqlash uchun bir nechta 
savollar kiritilishi kerak. Chunki ular sinaluvchining savollariga samimiy (rost) 
javob berishini nazorat qilish imkoniyatini tug’diradi.
Anketaning boshlanishida yengil, oson savollar, keyin asosiy va qiyin 
savollar o’rtasida, yakunlovchi qismida sosial, demografik (yoshi, jinsi, sinf, 


139 
millati va boshqa) xususiyatlarini aniqlovchi asosan murakkab bo’lmagan 
savollar joylashtirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Anketa metodining afzallik tomonlari ko’p. Bu uslub orqali bir vaqtning 
o’zida ko’p kishini o’rganish mumkin. Qisqa vaqt ichida ma’lumot olish va 
olingan ma’lumotlarni yengil va mazmun jihatidan qayta ishlash imkoniyati 
mavjud. Shuning bilan birgalikda anketa orqali o’quvchi shaxsini barcha 
tomonlarini chuqur o’rganish qiyin. O’quvchilar yoki yuqori ma’suliyat bilan 
javob bermasligi mumkinligini ham hisobga olish zarur.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin