O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Shaxs xususiyatlarining tarkibiy qismlari



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/175
tarix04.11.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#118948
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   175
psixologiya

 
Shaxs xususiyatlarining tarkibiy qismlari 
 
Shaxs xususiyatlari 
Biologik 
Psixologik 
Ijtimoiy 









10 
Xarakter 
Tajribasi 
Temperament 
Qadriyatlari 
Tana tashqi ko’rinishi 
Dunyoqarashi 
Jinsi 
Shaxs yo’nalishi
E’tiqodi 
Intellekti 
3. Shaxs xususiyatlarini quyidagi Dillengerning psixogeometrik testi orqali 
aniqlash bo’yicha amaliy mashq o’tkaziladi 
 
Psixogeometrik test; «Kimsiz: kvadrat, aylana, to’rtburchak, uchburchak,
zig-zag?» 
Ushbu test shaxsga aloqador bir qancha muhim o’ziga xos xulq atvor 
sifatlarni qisqa muddatda aniqlashga imkon beradi.


150 
Tavsiya etilgan geometrik figuralardan qaysi biri Sizga yaqinligini belgilang 
va unga «1» raqami qo’ying. Qolganlarni ham yoqishiga qarab, 5 gacha 
baholab chiqing.
Endi sizga xos bo’lgan psixologik xususiyatlar va fazilatlarni bilib oling.
Kvadrat. Hayotiy qadriyatlari: tartib, ish, an’analar, reputasiya.
Asosiy psixologik xususiyatlari: Ijobiylari-tartiblilik, intizom, o’z vaqtida 
ishlarni bajaradigan, ozoda-pokiza, qonunga bo’ysunuvchi, mehnatsevar,
chidamli, tirishqoq, qat’iyatli, qarorlari qat’iy, so’zining ustida turadigan,
halol, oqil, aql bilan ish ko’radigan, bosiq, tejamkor, pishiq.
Salbiylari-ko’ngliga har xil fikrlar keladigan, biryoqlama, pedant, o’ta 
talabchan, mayda-chuydaga ham e’tibor beradigan, jiddiy, chidamli, qaysar,
konservativ, yangilikdan cho’chiydigan, fantaziyasi kambag’al, pismiqroq,
pishiq.
Uchburchak. Asosiy qadriyatlari: xokimiyat, liderlik, amal, mavqye,
g’alaba, manfaat.
Asosiy psixologik sifatlari: Ijobiylari — yaxshi lider, o’ziga mas’uliyatlarni 
oladigan, har narsada asosiy, mohiyatni ko’ruvchi, kuchini safarbar qila 
oladigan, g’alabaga erisha oladigan, o’ziga ishonchli, qat’iyatli, tavakkalchi,
g’ayratli, to’g’riso’z, hissiyotlari boy, aqlli.
Salbiylari-egosentrik, egoist, nazorat qilishni yaxshi ko’radigan, o’zgacha 
fikrlarga toqatsiz, ishga o’ta beriluvchanlik, har narsadan manfaat qidiradigan,
qaysar, impulsiv, beshavqat, toqatsiz, qo’pol, rahmsiz, achchig’i tez,
zaharxanda.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin