O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/175
tarix04.11.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#118948
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   175
psixologiya

 
3. Nizoli holatlar 
O‘z vaqtida Banopart Napoleon shunday yozgan ekan: “qilich bilan har 
narsa qilish mumkin, faqat uning ustiga o‘tirib bo‘lmaydi”. Bu fikrida u 
ko‘pincha insonlar o‘rtasida bo‘lib turadigan nizolarni, ziddiyatlarni nazarda 
tutgan ekan. CHunki totalitar yoki diktatorlik boshqaruvi sharoitida 
ziddiyatlarning bo‘lishi tabiiy bo‘lib, uning yagona echimi - uzil-kesil uni hal 
qilish choralarini izlash bo‘lgan. Lekin demokratik munosabatlar sharoitidagi 
rahbar hamda uning qo‘l ostidagilar o‘rtasida yoki xodimlar o‘rtasida kelib 
chiqadigan nizolar yoki ziddiyatlarning tabiati va mohiyati biroz boshqacha 
bo‘ladi. 
Avvalo shuni e’tirof etish lozimki, insoniy munosabatlarning har qanday 
tizimida ham fikrlarning rang-barang bo‘lishi va ular o‘rtasida farq bo‘lishi 
muqarrar xoldir. Lekin ana shunday fikrlardagi farqni salbiy holat deb hisoblab 
bo‘lmaydi. 
Nima sababdan mehnat jamoalarida turli xil nizolar kelib chiqadi? Buning 


62 
bir necha sabablari bor: 

alohida shaxs va jamoatchilik manfaatlarining mos kelmasligi; 

ayrim alohida jamoa a’zolari xatti-harakatlarining ijtimoiy, gruppaviy 
normalarga zid kelishi (tartibsizlik, intizomning buzilishi, mahsulotdagi brak, 
ishning samarasizligi va b.q.); 

jamoa a’zolari qarashlaridagi nomuvofiqliklar; 

ishni tashkil etish va mehnatga munosabatdagi farqlar; 

ishchi-xodimlar o‘rtasidagi vazifalarning to‘g‘ri taqsimlanmaganligi va h-zo. 
MUNOSABATLARDAGI TAFOVUT-
KONFRONTATSIYA 
Konstruktiv 
destruktiv 
Taraqqiyot, yangilik 
tanglik-stress 
ZIDDIYAT, NIZO  
Demak, yuqoridagi holatlar ko‘p hollarda quyidagi turdagi nizoli 
vaziyatlarni keltirib chiqaradi: 
ta’sirning yo‘nalishiga ko‘ra: vertikal va gorizontal; 
nizoni hal qilish usuliga ko‘ra: antogonistik va kelishuvga olib keladigan 
nizolar - kompromiss; 
namoyon bo‘lish darajasiga ko‘ra: ochiq, yashirish, potensial, asosli; 
ishtirokchilar soniga ko‘ra: shaxsiy, shaxslararo, guruhlararo; 
kelib chiqish tabiatiga ko‘ra: milliy, etnik, millatlararo, ishlab chiqarish, 
hissiy-emotsional. 
Agar yuqoridagilarni tahlil qiladigan bo‘lsak, “gorizontal nizolar” hayotda 
eng ko‘p uchraydi. Bunday nomurosozliklar aksariyat hollarda xodimlar 
o‘rtasida ayrim a’zolarning ishni yaxshilash, yangi ish metodlarini joriy etish, 
axloq normalarini himoya qilish, adolat uchun kurash, ilg‘or jamoa a’zolarining 
shu erdagi ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish borasidagi fikrlarini ayrimlar 
tomonidan e’tirozlar bilan qabul qilishi natijasida ro‘y beradi. 
“Vertikal nizolar” esa ko‘pincha rahbar bilan xodim o‘rtasida sodir bo‘lib, 
u bir qarashda liderlikka da’vogarlik, yuqoridan tazyiq, pastdan turib boshqa 
xodimlar yoki kuchlar atrofida birlashish, saralanishlar oqibatida kelib chiqadi. 
Bunda nizoning tashabbuskori va bosh aybdori kimligiga bog‘liq tarzda uni xal 
qilish 
usuli 
tanlanadi. 
Masalan, 
agar 
boshliq 
xodimning 
ishga 
mas’uliyatsizligidan noroziligi tufayli paydo bo‘lgan nizo bilan uning 
professionalizm borasida xadeb “o‘zini ko‘rsatayotganligidan” noroziligi tufayli 
kelib chiqadigan nizoning ham farqi bor. 


63 
Har qanday nizoning asl tub mohiyati shundaki, uning paydo bo‘lishi 
ayrim o‘zgarishlarga olib keladi. Bu o‘zgarish ijobiy o‘zgarishlarni keltirib 
chiqarsa, uni konstruktiv, salbiy oqibatlar yoki xodimlar qo‘nimsizligini keltirib 
chiqarsa, distruktiv xarakterli deb ataymiz. 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin