§arb davlatlarida bu - 80000 dollargacha to'g'ri kelgan.
6. Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning axvoli qoniqarsiz darajada qoldi. Bog'cha yoshdagi bolalaming
25 foizi maktabgacha bolalar muassasalariga qamrab olingan edi xolos.
7. Maktablarda va boshqa o'quv yurtlarida ta'lim jarayonining o'zidagi va o'qitish uslubiyatidagi
juda ko'p kamchiliklar o'quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlanmay qolishga sababchi
bo'lib qolgan edi. O'rta maktabni bitirganlaming 10 foizigina Oliy o'quv yurtlariga o'qishga kirar
edi xolos.
Yuqorida ko'rsatilgan va boshqa muammolar ta'lim jarayonlarini chuqur isloh qilish lozimligini
taqozo etdi.
Shuning uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1997 yil avgust oyida
«Ta'lim to'g'risida» Qonun qabul qildi. Bu qonunda ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari, ta'lim tizimi va
turlarining huquqiy asoslari belgilab berildi.
«Ta'lim to'g'risida»gi Qonunga binoan O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti soxasi,
ta'lim, ustivor deb e'lon qilingan. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari quyidagilardan iborat qilib belgilangan: 1.
Ta'lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xarakterda ekanligi;
2.
Ta'limning uzluksizligi va izchilligi;
3.
Umumiy qrta, shuningdek qrta maxsus, kasb-hunar ta'limining majburiyligi;
4.
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining yo'nalishini: akademik litseyda yoki kasb- hunar kollejida
o'qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
5.
Ta'lim tizimining dunyoviy xarakterga ega ekanligi;
6.
Davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi;
7.
Ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
8.
Bilimli bo'lishni va iste'dodni rag'batlantirish;
9.
Ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg'unlashtirish.
Ta'lim to'g'risidagi qonunga binoan