Kirish
O'zbekistonda siyosiy va davlat mustaqilligi kamol topishi bilan uning Milliy iqtisodiyoti
shakllana boshlandi.
Milliy iqtisodiyot-
bu ma'lum bir davlat hududida tarixan tashkil topgan,
bir-biri bilan maqsadi
va mehnat taqsimoti bog'liq bo'lgan tarmoqlar yig'indisidir. Yagona tizim sifatida milliy iqtisodiyot
o'ziga xos bo'lgan munosabatlari, boshqaruv tizimi, umumiqtisodiy infrastrukturasi
va mustaqil
qonunchiligiga ega bo'lgan mustaqil davlatchilikni taqozo qiladi.
Bakalavr darajasini olayotgan har bir kishi mustaqil davlatning iqtisodiy siyosatini, bozor
iqtisodiyotiga o'tishning o'z modelini, uning shakllanish jarayonini bilmog'i zarurdir.
Milliy iqtisodiyot kursi Oliy o'quv yurtlarining moliya, bank ishi, soliq va sug'urta, buxgaltenya
hisobi, audit va boshqa iqtisodiy yo'nalishlarida o'qiyotgan bakalavr-talabalari uchun mo'ljallangan
bo'lib ularni mamlakat iqtisodiyotida kechayotgan chuqur va ko'p qirrali jarayonlami o'rganishga
undaydi.
Milliy iqtisodiyot kursi O'zbekiston iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o'tishi, itisodiyotni
isloh
qilish jarayonlarini, o'zbek milliy modelini mohiyatini, hamda respublikani, aholisi yuqori
turmush darajasiga ega bo'lgan iqtisodiy
rivojlangan davlatlar qatoriga, bosqichma-bosqich o'tish
jarayonlarini o'rganishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi.
Milliy iqtisodiyot kursi quyidagi vazifalarni hal qilishga e'tibomi qaratadi:
•
Mamlakatni ijtimoiy- iqtisodiy qayta qurishni va rivojlanishning o'ziga xos yo'llarini va
muammolarini o'rganadi.
•
Respublikaning iqtisodiy potentsialini, uning tarkibini, o'sish dinamikasini tahlil qiladi.
•
Iqtisodiyotni boshqarish vazifalarini va asosiy printsiplarini hamda bozor iqtisodiyoti
sharoitida strategik rejalashtirish va davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish tizimini
o'rganadi.
•
Mamlakatni tashqi iqtisodiy
faoliyatini tashkil qilish, xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy
hamkorlik qilish shakllarini o'rganadi va hokazo.
Milliy iqtisodiyot kursi mamlakatimiz iqtisodiyoti, uning iqtisodiy komplekslari, regionlar va
bir-biri bilan bog'liq bo'lgan tarmoqlarini o'rganishni taqazo qiladi. O'quv qo'llanma moliya, bank ishi,
soliq va sug'urta,
buxgalteriya hisobi, audit, qimmatli qog'ozlar va birja ishi kabi iqtisodiy
yo'nalishlarda o'qitilishini nazarda tutilgani uchun hamda ishchi o'quv rejasidagi ajratilgan soatlarni
kamligini e'tiborga olib, unga O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlanishida moliya-kredit tizimi kabi
ixtisoslik fanlaridan o'tiladigan
ayrim mavzular, kursga qaytarish bo'lmasligi uchun, ongli ravishda
kiritilmadi.
Mazkur o'quv qo'llanmani tayyorlash va nashr qildirishda muallifga yaratilgan sharoit va
yordam uchun Toshkent Moliya Instituti rektori akademik M.Sharifxo'jaevga, hamda rektorning o'quv
ishlari bo'yicha muovini prof. A.Vohobovga minnatdo rchilik bildiradi.