•
iqtisodning mafkuradan xoli bo'lishi va uning siyosatdan ustuvorligi;
•
davlatning bosh islohotchi bo'lishi;
•
qonunlar va ularga rioya qilish ustuvorligi;
•
xalq manfaatlariga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosatni yurgizish;
•
bozor iqtisodiyotiga asta-sekin, bosqichma-bosqich o'tib borish.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari
surgan rivojlanishning bu
besh tamoyili
amalda o'zining hayotiyligini to'la tasdiqladi. Amaliy ish jarayonida O'zbekiston tub
iqtisodiy islohotlami o'tkazishni o'ziga xos yo'lini to'g'riligi va ta'sirchanligi tasdiqlandi. Bu tamoyillar
jaxon jamoatchiligi tomonidan ma'qullandi. Mazkur
tamoyillarni amalga oshirib, respublikada
ijtimoiy-siyosiy
barqarorlik, eng muhimi - bozor munosabatlarini joriy etish sari bosqichma-bosqich
ilgarilab borish ta'minlandi.
O'zbekistonda o'tish davrining o'zidayoq iqtisodiy barqarorlikni ta'minlabgina qolmay,
mamlakatni
iqtisodiy o'sish sari olib chiqdi,
kelgusida uni yanada jadalroq rivojlanishi uchun
mustahkam zamin yaratdi. Natijada jahon iqtisodiy adabiyotida xaqli
ravishda taraqqiyotning
«Qzbekiston modeli», «Qzbekiston fenomeni» degan tushunchalar paydo bqldi.
O'zbekiston respublikasi xalq xo'jaligi yaqin o'tmishda umumittifoq xalq xalq xo'jaligi
majmuining tashkiliy qismiga kirar edi. Shu bilan birga Sobiq ittifoqdagi
mehnat taqsimotiga asosan
xom ashyoni etkazib be ruvchi
mavqeini egallardi. Bunday sharoit xalq xo'jaligini
Dostları ilə paylaş: