§ 1. Milliy iqtisodiyotning faoliyatini ta'minlovchi omillar.
§ 2. Iqtisodiyotning rivojlanishini belgilaydigan makroiqtisodiy ko'rsatkichlar tizimi.
§ 1. Milliy iqtisodiyot faoliyatini ta'minlovchi omillar
Ma'lum bir davlatning iqtisodiy faoliyatini chegaralab uni jahon hamjamiyatidan ajratib olish
mumkin emas. Shuning uchun ham milliy iqtisodiyot jahon iqtisodiy tizimini bir bo'lagi sifatida
qaralishi lozim. Demak, milliy iqtisodiyotning xususiyatlari na faqat ichki, balki tashqi omillarga ham
bog'liqdir. Shundan kelib chiqqan holda milliy iqtisodiyotga ta'sir etadigan omillar ikki guruhga
bo'linadi: Tashqi va ichki. Ular bir-birlari bilan chambarchas bog'liqdir.
Tashqi omillarni quyidagi guruhlargabo'lish mumkin:
1.
Iqtisodiy
2.
Siyosiy
3.
Demografik
4.
Madaniy
•
Jahon hamjamiyatini iqtisodiy omillariga eng avvalo u yoki bu davlatning milliy iqtisodiyotini
ixtisoslik - yo'nalishini belgilaydigan xalqaro mehnat taqsimoti kiradi.
•
Siyosiy omillar har xil shakllarda namoyon bo'lishi mumkin. Masalan u yoki bu mahsulot etkazib
berish yoki xizmat ko'rsatishni taqiqlab qo'yish; embargo e'lon qilish, u yoki bu savdo-siyosiy
uyushmalariga qabul qilish yoki qilmaslik; diplomatik munosobatlarni o'matilishi yoki buzilishi; u
yoki bu harbiy-siyosiy tashkilotlarga kirish, u yoki bu davlat bilan borayotgan urush holati va
hokazo.
•
Jahon hamjamiyatida namoyon bo'ladigan demografik omillar eng avvalo ishsizlikni keltirib
chiqarishi mumkin bo'lgan ishchi kuchlarining migratsiyasini (bir joydan ikkinchi joyga ko'chishi)
bilan bog'liqdir. Bunday holat qaysi davlat uchun yaxshi ko'rsatkich bo'lishi mumkin, va uning
aksi-qaysidir davlat uchun yomon ko'rsatkich bo'lishi mumkin.
•
Milliy iqtisodiyotga madaniy omillar ham kuchli ta'sir o'tkazishi mumkin. Masalan:
umummadaniyati kuchli bo'lgan davlatlarni boshqa davlat madaniyatiga ta'siri (bosqinchiligi-
ekspansiya) tufayli uning iqtisodini pasayishiga (foyda keltirib turgan madaniyat va san'at
tarmoqlari daromadlarini pasayib ketishi tufayli) olib keladi.
Milliy iqtisodiyotga ta'sir qiluvchi ichki omillar:
•
Shaxsiy- insoniy omillar
•
Moddiy-ashyoviy omil
•
Milliy iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari
•
Mamlakat miqyosida iqtisodiy faoliyatni tahlil qilish imkoniyatini beradigan usullar (metodlar)
kiradi.
- Shaxsiy- insoniy omil- bu mehnat qilish qobiliyatidan iborat bo'lmish ishchi kuchi va uning faoliyat
qilishidir. Shaxsiy insoniy omil mehnatga layoqatli aholi, uning jismoniy va aqliy qobiliyati, bilim va
saviyasi, malaka va mahoratidir. 2003 yilda O'zbekistonda mazkur aholi 12 000 mln. kishini tashkil
qilgan.
- Moddiy ashyoviy omil-bu ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan barcha moddiy shakldagi
vositalardir. Uning tarkibiga tabiiy boyliklar, ulardan olingan xom ashyolar, mashina-mexanizm,
asbob-uskuna, qurilmagan inshootlar kiradi. Ular ishlab chiqarish vositalari, deb ham yuritiladi.
Ulaming ma'lum narxda hisoblanib, pulga chaqilgan shakli, ya'ni qiymat-pul shakli MDH
mamlakatlarida ishlab chiqarish fondlari nomini olgan. Moddiy omillar tarkiban uch qismdan iborat:
14
Moddiy-ashyoviy omil bilan shaxsiy- insoniy omil birikib mehnat jarayoni, ya'ni ishlab chiqarish
yuzaga keladi. Buning natijasida turU-tuman mahsulotlar va xizmatlar yaratiladi.