Milliy iqtisodiyotning boshqaruv vazifalari umumiy tarzda quyidagicha belgilangan: 1.
Bozor iqtisodiyotining xuquqiy asoslarini va ijtimoiy muhitni yaratib berish.
2.
Mulk daxlsizligini ta'minlash.
3.
Raqobat halolligini saqlash va uni himoya qilish.
4.
Daromad va milliy boyliklarni taqsimlash va qayta taqsimlash.
5.
Milliy mahsulot tarkibini yaxshilash maqsadida resurslar taqsimotini tartibga solish, ustuvor
yo'nalishlami belgilash.
6.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ish bilan ta'minlash, inflyatsiya jarayonlarini nazorat qilish,
iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish;
7.
Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida o'tish davrining xususiyatlarini hisobga olgan holda tegishli
chora-tadbirlar, xususan aholining ma'lum bir tabaqalarini ijtimoiy himoyalashni ta'minlash.
8.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bosqichlarining uzviyligini ta'minlash.
9.
Respublika aholisining tarkibiy o'sish sur'atlari va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda
yangi ish joylarini tashkil etish, aholini ish bilan ta'minlash, mehnat birjalari va mehnat bozorlarini
tashkil etish. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish.
10.
Iste'mol bozorining himoyasini tashkil etish.
11.
Milliy pul birligi kursining qat'iyligini ta'minlash va hokazolar.
Bozor iqtisodiyotiga og'ishmay borishni ta'minlash uchun birinchi navbatda ana shu qayd
etilgan ishlami amalga oshirish lozim bo'ladi. Shu bilan birga mahalliy xususiyatlami hisobga olish,
oldingi markazlashgan davlat boshqaruv tizimining ham maqsadga muvofiq jihatlarini saqlab qolish
kerak.
O'zbekiston Respublikasi ma'muriy jixatdan o'n ikkita viloyat va Qoraqolpog'iston
Respublikasini o'z ichiga oladi. Ma'lumki, viloyatlar yana tumanlarga bo'linadi. Ushbu mintaqalarning
boshqaruv organlari va ulaming xuquqiy, mulk chegaralariga o'zgartirishlar kiritildi. Mahalliy
ahamiyatga molik bo'lgan qonunlar va farmonlar qabul qilish xalq tomonidan saylangan tuman, viloyat
deputatlari, ulaming kengashlari zimmasiga yuklatilgan. Mahalliy darajada Oliy boshqaruv va ijrochi
organ -