§ 4. O'y-joy kommunal xo'jaligini isloh qilish Kommunal xo'jaligi- uy joy xo'jaligiga xizmat ko'rsatish, uni asrash, suv ta'minoti va
kanalizatsiya, issiqlik va gaz ta'minoti, aholi yashaydigan joylarni tozalash bilan shug'ullanuvchi
sanitariya-texnika tashkilotlari, elektr, gaz va taqsimlovchi tarmoqlar, shahar xo'jaligini
obodonlashtirish, sanoat, ta'mirlash-qurilish, loyihalash korxonalari, tashkilotlari va boshqalami o'z
ichiga oladigan ko'p tarmoqli sohalar yig'indisidir.
Ma'lumki, bozor iqtisodiyotiga o'tgungacha respublikada kommunal xizmat ko'rsatishni
kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi va uning tegishli viloyatlar, shahar, tuman, bug'inlari amalga
oshirar edi. Ularning faoliyat doirasi shahar va shaharchalar, tuman markazlari bilan chegaralanar edi.
Ayrim shahar va shaharchalarda, qishloq joylarda kommunal xizmat ko'rsatishni qishloq xo'jaligi, yirik
sanoat korxonalari va tashkilotlari ham amalga oshirar edi.
Respublika kommunal xo'jaligida umumiy quvvati bir kecha-kunduzda 6,3 mln. m'' ichimlik
suvni olish quvvatiga ega bo'lgan inshoatlar, 16238 km uzunlikdagi suv o'tkazgich shahobchalari va
SUV o'tkazgichlar, bir kecha-kunduzda umumiy quvvati 3,4 mln. m'' chiqindi suvlarini tozalash kuchiga
ega bo'lgan inshootlar, 5114 km kollektorlar va kanalizatsiya shahobchalari, 3671 km issiqlik tarmog'i,
16 gaz to'ldiruvchi stantsiya va 72 ming km.dan ortiq gaz shoxobchalaridan foydalaniladi. Yiliga
iste'molchilarga 2,1 mlrd. m'' ichimlik suv, 36,5 mlrd. m'' dan ziyod tabbiy gaz etkazib beriladi.
Mustaqillik yilliklarida O'zbekistonda kommunal xo'jaligi yirik sohaga aylandi, sanoat ishlab
chiqarishining rivoji va aholining tez o'sishiga bog'liq xolda ildam suratlar bilan rivojlandi. Qishloq
joylarida aholi yashaydigan joylarni obod qilishda loyihalash ishlari yo'lga qo'yildi, shaharchalar,
ko'plab eksperimental agroshaharlar qurildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993 yil 15 iyuldagi