O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Bozor iqtisodiyoti s haroitida xalq xo'jaligining ikki sohasidagi chegara yo'qoladi



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

Bozor iqtisodiyoti s haroitida xalq xo'jaligining ikki sohasidagi chegara yo'qoladi, 
yangi
turli-tumanli mulkiy tizim vujudga keladi. Natijada
turli mulk shakllari ko'rinishida bozor 
iqtisodiyotining quyidagi 
s ub'ektlari shakllanadi:

Iqtisodiy mustaqil 
mulk egasi, 
ya'ni iste'molchi bo'lgan ayrim kishilar yoki guruhlar. Bularga 
odatda yollanib ishlovchilar, er egalari, kapital sohiblari, ishlab chiqansh vositasi egalari 
kiradi. Ular tadbirkorlik qilmay, o'z mulkidan daromad topadi yoki yollanib ishlaydi.

Firma, korxona, xo'jaliklar va ularda band bo'lgan 
tadbirkorlar. 
Ular foyda olish yo'lida 
mustaqil ish yuritadilar, ishlab chiqarish omillarini ishga soladilar. 

Davlatning barcha mahkama-idora tashkilotlari. 
Ular ham ishlab chiqarish, ham iste'mol 
bilan shug'ullanadilar, bozor va unda qatnashuvchilar faoliyati ustidan nazorat qiladilar.
Bozor iqtisodiyoti ishtirokchilari o'zaro aloqaga kirishadilar. Ishchi kuchi, er, kapital va boshqa 
vosita egalari ularni korxona, firmalarga sotadi. Ular o'z navbatida ishlab chiqarish omillaridan 
foydalanib tovar ishlab chiqaradilar va xizmatlar ko'rsatadilar.
Birlashgan Millatlar tashkilotining 1993 yilda qabul qilingan MSTining 3-taxririda Milliy 
iqtisodiyot ikki qismga ajratilgan:
1.
Ichki iqtisodiyot 
2.
Qolgan dunyo (tashqi dunyo) 
Ichki iqtisodiyot 
5 sektorga ajratilgan:
1.
Tovar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish korxonalari (nomoliyaviy korxonalar); 
2.
Moliya tashkilotlari; 
3.
Davlat tashkilotlari; 
4.
Uy xo'jaligiga xizmat ko'rsatuvchi ijtimoiy tashkilotlar; 
5.
Uyxo'jaligi;
Milliy iqtisodiyotning ikkinchi qismi - 
qolgan dunyo 
yoki 
tashqi dunyo 
sektoridir. Unga tashqi 
iqtisodiy aloqalar kiradi. Bu sektor asosan chet davlatlar va mamlakat instituttsional birliklar 
(rezidentlari) o'rtasidagi muomalalami hisobga olish uchun xizmat qiladi.
Ishlab chiqarish jarayoni, tovar resurslari, xizmat ko'rsatishda ishlab chiqarish va iste'mol 
o'rtasidagi mutanosiblikni tavsiflash maqsadida MSTda institutsional birliklar tarmoqlar tasnifining 
xalqaro standarti (TTXS)ga binoan quyidagi to'rt guruhga bo'linadi:

bo'limlar (jami 17 ta bo'lim); 

bo'hmchalar (jami 20 ta blok); 

tarmog'lar turkumlari (jami 169 ta faoliyat turi); 

tamoqlar turkumlari (jami 292 ta sinf).
Bunday guruhlash tarmoqlar bo'yicha tovar ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish va ulardan 
foydalanish jarayonidagi oqimlarni tahlil qilishda qo'l keladi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin