Avtomobil trans port!. Respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlari va mamlakat aholisi
ehtiyojlarini qondirish darajasida rivojlangan avtomobil transportiga egadir. Sanoat, qishloq
xo'jaligi, qurilish, suv xo'jaligi, aloqa, savdo, sog'liqni saqlash, kommunal xo'jaligi, madaniyat,
mudofaa va boshqa tarmoqlarda ixtisoslashtirilgan yirik avtotransport korxonalari mavjud.
Respublikada umumiy foydalaniladigan avtomobil transportida yo'lovchilar tashishga
mo'ljallangan 15,0 ming avtobus, 6 mingdan ko'proq engil taksi mashinalari mavjud. Respublika
bo'yicha 3000 dan ortiq avtobus marshrutlarida (jumladan 593 shahar, 1768 shahar atrofi, 532
shaharlararo) avtobuslar qatnaydi. Avtobuslar bilan har kuni 5 mln. ga yaqin yo'lovchi tashiladi.
Respublikada 30 ga yaqin avtovokzal, 120dan ortiq avtostantsiya xizmat ko'rsatadi.
O'zbekistonda turli maqsadlarga mo'ljallangan 200 mingga yaqin yuk avtomobillari, 35,4
ming avtobus, 45,9 ming engil avtomobillar xizmat ko'rsatadi. Respublikada fuqarolaming shaxsiy
mulki bo'lgan 900 mingdan ortiq engil avtomobillar bor.
Avtomobil transport! tizimida
«Yo'lovchi» O'zbekiston aktsiyadorlik sug'urta kompaniyasi yo'lovchilarni sug'urta qilish bilan shug'ullanadi.
Keying! yillarda bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib
yuk avtomobillari asosan gaz yoqilg'isiga o'tkazilmoqda. Avtomobil yo'llari. Respublika rivojlangan yo'l xo'jaligi va zamonaviy talablarga javob
beradigan xalqaro, respublika, mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan avtomobil yo'llariga ega. Yo'l
xo'jaligi tarmoqlarida 34,5 ming ishchi va injener-texnik xodim band. Respublikada
avtomobil yo'llarining jami uzunligi 120 ming km.dan ortiqdir. Umumiy foydalaniladigan avtomobil
yo'llarining uzunligi 44,5 ming km, jumladan 3343 km xalqaro, 18901 km davlat (respublika),
46
21439 km mahalliy (viloyat) ahamiyatiga ega bo'lgan yo'ldir. Shuningdek respublika idoralar
(korxona, jamoa xo'jaliklari, xo'jalik tashkilotlari)ga qarashli yo'llar ham mavjud.