Respublika havo trans porti- fuqaro aviatsiyasi tarixi 1920 yillardan boshlanadi.
1924 yil
12 mayda uzunligi 800 km bo'lgan Toshkent-Avliyoota (Jambul)-Pishpek (Bishkek)-Olmaota
marshruti dastlabki yo'lovchilar tashish reysi amalga oshirildi. O'sha yili uzunligi 450 km bo'lgan
Kogon-Oqto'qay-Darg'onota-Xiva hamda Buxoro Termiz- Dushanbe havo yo'llari ochildi.
1930 yildan
Toshkent-Moskva yo'lida samolyotlar muntazam qatnay boshladi.
Aviatsiyadan qishloq xo'jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda va sanitariya maqsadlarida
ham foydalaniladi.
Respublika mustaqillikka erishgandan keyin 1992 yildan sobiq Ittifoq tasarrufida bo'lgan
O'zbekiston Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi, fuqaro aviatsiyasining ta'mirlash zavodi, «Aviaqurilish»
birlashmasiga qarashli «Aviamaxsusmontajsozlash» negizida «O'zbekiston havo yo'llari» milliy
aviakompaniyasi tashkil etildi.
Respublikaning ayniqsa xorijiy mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy, turistik aloqalarini yo'lga
qo'yishda mamlakatning o'z havo transporti muhim rol o'ynamoqda. «O'zbekiston havo yo'llari»ning
birqancha Evropa va Osiyo, Amerika mamlakatlarida vakolatxonalari ochildi; yangi xalqaro
marshrutlarda samolyotlar qatnovi yo'lga qo'yildi: 1993 yildan Toshkentdan MDHdan tashqari
London, Manchester, Frankfurt-Mayn, Tel-Aviv, Sharja, Jidda, Istambul, Karachi, Dehli, Kuala-
Lampur, Bangkok, Pekin, Afma, Amsterdam, Seul va Nyu-York shaharlariga muntazam xalqaro
aviareyslar, Xalab (Aleppo), Singapur hamda Osiyo va Evropaning ko'pgina mamlakatlariga charter
yo'lovchi tashish reyslari bajariladi.
«O'zbekiston havo yo'llari» milliy aviakompaniyasi Germaniya, Frantsiya, Rossiya firmalari
bilan turli sohalarda hamkorlik qilmoqda.
«O'zbekiston havo yo'llari» xilma-xil tipdagi havo kemalariga ega: qishloq xo'jaligi ishlariga
mo'ljallangan AN-2, mahalliy (respublika ichida) havo yo'llarida qatnaydigan AN-24, YaK-40, xalqaro
klasdagi IL-76, IL-62, IL-86, TU-154, A-310 kabi samolyotlar, vertolyot parkida MI-2, MI-8, KA-26
kabi mashinalar bor. Respublikada AN-2 samolyoti, MI-2, MI-8, KA-26 vertolyotlaridan iborat maxsus
maqsadlardagi aviatsiya parki qishloq xo'jaligi, tibbiy-sanitariya xizmati, meteorologiya, geologiya-
qidiruv, gaz sanoati va boshqa sohalarda unumli ishlatiladi. 1996 yildan «Boing-757»
47
va«Boing-764» samolyotlari, mahalliy havo yo'llarida ГЬ-114, RJ-85 samolyotlaridan
foydalanilmoqda.
«O'zbekiston havo yo'llari» milliy aviakompaniyasi tarkibida
Dostları ilə paylaş: |