O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


«O'zbekiston pochtasi» kontserniga



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

«O'zbekiston pochtasi» kontserniga 
(1992) kiradi. Uning tarkibida 12 
viloyat, Qoraqolpog'iston Respublikasi davlat pochta korxonalari boshqarmasi, Toshkent 
xalqaro 
pochtamti, 195 aloqa uzeli va 3045 aloqa bo'limi 
ishlab turibdi.
Telegraf aloqasi. 
O'zbekistonda telegraf aloqasi 19-asming 80- yillarida, temir yo'l qurilishi 
bilan bir vaqtda vujudga keldi. Dastlabki telegraf aloqa yo'llari Toshkent-Xo'jand-O'ratepa-Xovas-
Jizzax; Toshkent-Chimkent; Buxoro-Karki-Kalif yo'nalishida qurildi.Choijo'y-Samarqand-Toshkent 
temir yo'li bo'ylab telegraf qurilishi davom ettirildi. 1876 yil mart oyida Toshkentni Xo'jand bilan 
bog'lagan bir simli telegraf aloqa yo'li ishga tushirildi. 1885 yil 1 yanvardan Toshkent pochta idorasi 
mijozlardan 
telegrammalar qabul qilishni boshladi. 
1913 yil O'zbekistonda 3 telegraf bo'limi va 2 
telegraf idoralari ishladi. 
1932 yili Toshkentda markaziy telegraf ishlay boshladi. 
1978 yil 
Toshkentda bevosita ulanish va axborotlarni uzatishga xizmat qiladigan katta quvvatli abonent 
telegraf-kommutatsiya stantsiyasi foydalanishga topshirildi. 1992 yilda Toshkent markaziy telegrafi 
tezkor zamonaviy apparatlar bilan jixozlandi; 
har sutkada aloqa kanallari orqali 200 mingdan 
ziyod xabar o'tadi, xorijdan gazetalar tasvirini fototelegraf orqali qabul qiladi. 
Uning qoshida 
so'zlashuv punkti va ma'lumotlarni uzatish tarmoqlaridan jamoa tarzida foydalanish punkti bor. 
Respublikadagi korxonalar xujjatli axborotlarni uzatishda abonent telegraf tarmog'idan keng 
foydalanadilar.
Telefon aloqasi. 
O'zbekistonda umumiy foydalaniladigan 200 raqamli dastlabki telefon 
stantsiyasi Toshkentda 1904 yil 15 sentyabrda ishga tushirilgan. Telefon tarmog'i bir simli bo'lib, er
55


ikkinchi o'tkazgich vazifasini bajaradi. 1924 yilga kelib telefon stantsiyalarining sig'imi 1700 raqam 
(nomer)ni tashkil etdi.
O'zbekistonda umumiy foydalaniladigan tarmoqlarida 1,5 mln.dan ko'proq telefon raqami 
(nomeri) bor. Shahar xonadonlarining 50% (Toshkent shahrida 70%) uy telefonlariga ega. Qishloq 
xo'jaligida mavjud 310 mingdan ko'proq telefonning 226 mingtasi xonadonlarda o'rnatilgan.
Respublikada telefon tarmog'ining 87%) ini koordinat va mexanik sistemali stantsiyalar tashkil 
etadi (respublika bo'yicha 1200dan ortiq shunday stantsiya ishlaydi). Kvazielektron va elektron ATSlar 
12 ming nomerga ega. Mahalliy tarmoqlarning 6%), shaharlararo telefonlarning 13%) raqamli ATSlar 
bilan jihozlangan. Toshkent shahri, Toshkent, Farg'ona, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlaridagi shahar 
abonentlari shaharlararo va xalqaro telefon tarmog'iga avtomatik ulanish tizimiga to'liq ulangan. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin