Shuning uchun ham bu masalani hal qilish-uchinchi soha tarmoqlarini, ya'ni rivojlangan ishlab chiqarish infrastrukturasini mavjud bo'lishini taqozo qiladi. Shuni qayd etish lozimki, Sobiq SSSR davrida ikkinchi va uchinchi sohani, ya'ni qishloq
xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va saqlash, qayta ishlash tarmoqlarini birlashtirish maqsadida
Gosagroprom tashkil qilingan edi. Bundan maqsad yagona rahbarlik ostida bir-biri bilan bog'liq
bo'lgan qishloq xo'jalik sohalarini boshqarish, rejalashtirish va moliyalashtirish imkonini yaratish edi.
Mamlakatda boshlangan qayta qurish iqtisodiy va siyosiy demokratlashtirish jarayoni yangi
agrar siyosatni ishlab chiqishni zarurat qilib qo'ydi. Bu siyosatning asosiy maqsadi qishloqda ishlab
chiqarish munosabatlarini qayta qurish, xar xil mulkchilik, xo'jalik va xo'jalik yuritish shakllari asosida
agrosanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishga o'tish edi. Tabiiy ravishda raxbarlikning ma'muriy-
buyruqbozlik usuli o'rniga agrosanoat kompleksiga raxbarlik qilishni yangi shakllari tashkil
topaboshladi.
Afsuski, tarmoqni boshqarishdagi qayta qurishlar ikkinchi va uchinchi sohalardagi
nomutanosibliklarni hal qila olmadi. ASKning ikkinchi sohasiga
texnik va moliyaviy yordam, e'tibor infrastrukturani
uchinchi sohasiga, ayniqsa, qishloq xo'jaligi mahs ulotlarini saqlas h va qayta ishlash tarmoqlariga ko'rsatilmay qolaverdi. Natijada ASKni bu tarmoqlarning quvvati qishloq
xo'jaligi ishlab chiqarishining imkoniyatlaridan orqada qoldi. Oqibatda tez buziladigan mahsulotlar,
ya'ni kartoshka, sabzavot, meva va hokazolarning sezilarli qismi iste'molchilarga etib bormay
qolaveradi. Qayta ishlaydigan korxonalarning soni kam, borlarida esa kam samarali eski texnika
saqlanib qolinaverdi. Bulaming hammasi katta muammoga aylanib qola boshladi va tarmoqni
60
qayta qurishni zarurat qilib qo'ydi. Bu muammo o'zi echimini