§ 1.
Agrosanoat kompleksi. Uning tus hunchasi va tarkibi ASK bu yirik tarmoqlararo makroiqtisodiyot kompleksi bo'lib, qishloq xo'jaligi maxsulotlarini
etishtirish, saqlash, qayta ishlash va iste'molchilarga etkazib berish bilan band bo'lgan tarmoqlar
yig'indisidir. ASK-bu murakkab tizim bo'lib uni isloh qilish qishloq xo'jaligini boshqa tarmoqlar
bilan tarkibiy bog'liqligidan kelib chiqadi. Shuning uchun bu tizim
3 sohaga ajratiladi: 1. Birinchi soha-sanoat tarmoqlari. Ular qishloq xo'jaligini moddiy texnika vositalari, xususan,
traktor va qishloq xo'jaligi mashinalari, chorvachilik va em- xashak ishlab chiqarish uchun zarur
texnika vositalari, mineral o'g'itlar, o'simliklarni himoya qilish uchun ximiya vositalari va
hokazolar bilan ta'minlaydi.
2.
Ikkinchi soha-bu bevosita qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishidir. Unga o'simlikchilik,
chorvachilik, qishloq xo'jaligiga xizmat qiladigan agroximiya, veterinariya va boshqa sohalar
kiradi.
3.
Qishloq xo'jaligi maxs ulotlarini tayyorlash, trasportirovka qilish, tashish, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan shug'ullanadigan tarmoqlar kiradi.
Shunday qilib, ASK iqtisodiy va texnologik jixatdan bir biri bilan bog'liq bo'lgan tarmoqlar
yig'indisidan iboratdir. Ulaming asosiy maqsadi, vazifasi bo'lib aholini oziq-ovqat mahsulotlariga va
sanoatni qishloq xo'jaligi xom ashyosiga bo'lgan talabini qondirishdan iboratdir.
Milliy iqtisodiyotda eng katta ahamiyat kasb etadigan va texnik jihatdan yaqin integratsiya bu
ikkinchi va uchinchi ASK sohalaridir. Albatta, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ko'p va sifatli ishlab
chiqarish bu juda muhim masala. Shuning bilan birga ikkinchi muhim masala uni saqlash, ishlab
chiqarilgan mahsulotni qayta ishlash va iste'molchiga etkazib berish hisoblanadi. Qishloq xo'jaligi
uzoq ishlab chiqarish jarayoniga egadir. Qishloq mehnatkashlari o'z mehnatlari natijasini asosan bir
yilda bir marta oladi. Iste'molchilar esa yil davomida bir tekis mahsulot bo'lishini hohlaydi.