O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/107
tarix11.11.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#132299
növüУчебное пособие
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   107
U.Fayziyeva, N.Jumayeva. Umumiy psixologiya. 2021 yil

 
16.3. Z.Freyd maktabi 
Freydizm yo‟nalishiga venalik psixiatr Z.Freyd asos solgan. Uning fikricha
odam mohiyatiga ko‟ra hayvonga o‟xshaydi. Odamning xulq-atvori va harakatlari 
ikkita tamoyilga: rohatlanish va reallik tamoyiliga bo‟ysundirilgan bo‟ladi. Bu 
oqim ham insonning ongiga ishonmaydi Z. Freyd o‟zining psixologik nazariyasini 
odam haqidagi, jamiyat va madaniyat haqidagi umumiy ta'limotga aylantirib, g‟arb 
mamlakatlarida katta e'tibor qozondi. Uning bu kashfiyoti XX asr psixologiyasi, 
tibbiyoti, sotsiologiyasi, antropologiyasi, adabiyoti va san‟ati rivojiga sezilarli 
ta‟sir ko„rsatgan. U tadqiq etib erishgan muhim ilmiy yangiliklar, ya‟ni: 

inson psixikasining “U”, “Men” va “Yuksak Men” bo„limlardan iborat 
uch tarkibli tuzilmani ishlab chiqqani; 

shaxs psixoseksual takomilining alohida bosqichlarini tahlil etib bergani; 

inson g„ayrishuurida makon topgan “Edip kompleksi” nazariyasini 
batafsil tahlil qilgani; 

inson psixikasidagi himoyaviy mexanizmlar muntazam ishlab turishini 
kashf etgani; 

“g„ayrishuur” tushunchasini psixologik jihatdan talqin etgani; 

inson ruhiy kechinmalari transferi (bir odamdan boshqa odamga “ko„chib 
o„tishi”)ning muhim tibbiy ahamiyatini ko„rsatib bergani, shuningdek, terapevtik 
davolashning erkin muloqot va tushlarga asoslangan usullarini joriy etgani, 
ayniqsa, mashhurdir. Aytilganidek, olimning ilmiy-falsafiy merosi ham hajman, 
ham mazmunan juda boy bo„lishi barobarida, uning shaxsi, xarakteri, ilmiy g„oya 
va qarashlari haqidagi kitoblar, tadqiqotlar, bahslar salmog„i ham kam emas. Uning 
hayotligidayoq boshlangan bu munozaralar hozirga qadar ham qizg„in davom 
etmoqda. Zero, bahslashuvchilarning bir qismi, Freyd – so„nggi asrlar ilmining 
buyuk dahosi sifatida e‟zozlanishi lozimligini ta‟kidlashsa, boshqa bir qismi (ular 
orasida olim bilan birga ishlagan va, hatto, uning qo„lida ta‟lim olgan Vilgelm 
Fliss, Alfred Adler, Karl Gustav Yunglar ham bor) uni – XX asr fanining yetuk 
siymosi sifatida tan olishgan. Nima bo„lganda ham bir narsa aniqki, Freyd davri va 
undan keyingi faylasuflarining aksariyati olim qarashlarini chetlab o„tolmaydi, 


144 
uning kashfiyotlariga u yoxud bu sabab tayanishadi. Hatto Freydning ashaddiy 
tanqidchilaridan hisoblangan amerikalik faylasuf Erik Fromm ham uning ko„plab 
fundamental g„oyalaridan kelib chiqib, ayrim biryoqlamaliklar (jumladan, inson 
xatti-harakatlari markaziga seksual moyillikni qo„yish)ni inkor etgani holda, ularni 
yangi nuqtai nazar bilan boyitish yo„lidan boradiki, bu holni freydizmning inkori 
emas, balki ilmiy-tanqidiy, ijodiy takomili, deb atash to„g„riroq bo„lar edi. 
Freyd va u asos solgan freydizm ta‟limoti inson ongini uch qismdan tarkib 
topgan nihoyatda murakkab qurilma sifatida tushuntiradi, bular: Ong, Ongosti, 
G„ayrishuur. Bu tamoyil bo„yicha, inson hayoti davomida duch keladigan jamiki 
voqelik mana shu uch “qavat”ning birida, albatta, makon topadi. Odamning 
ko„rgani, eshitgani, kuzatgani, o„ylagani, his qilgani – hech bir narsa izsiz yo„q 
bo„lib ketmaydi. Uning o„zi “esimdan chiqardim”, “unutdim”, “xotiramdan 
ko„tarilibdi”, deb o„ylagani barcha narsalar uning yo ongi ostida yoxud 
g„ayrishuurida albatta, saqlanadi. 
Ma‟lumki, Freyd uzoq yillar davomida ruhiy kasallarni kuzatish, davolash 
bilan shug„ullangan. Bu kuzatishlar esa olimni juda qiziq, aksariyat holda asosli 
xulosalarga olib kelgan. Masalan, u tug„ma bo„lmagan, ya‟ni keyinchalik turli 
jarohatlar natijasida orttirilgan emas, balki ruhiy qiynoqlar sabab paydo bo„lgan 
asab kasalliklarining tub zamirida o„z vaqtida izhor qilinmagan kayfiyat, nafrat, 
muhabbat, his-hayajon faktorlari, turfa tuyg„ular, olinmagan o„ch, qolib ketgan 
alam asoratlari yotishini aytadi. Darhaqiqat, “kechagina tuppa-tuzuk yurgan 
odam”ning bir kunda telba bo„lib qolishiga dabdurustdan izoh topish oson emas. 
Freydizm esa buning o„sha “tuppa-tuzuk yurgan odam” hayotida qachonlardir yuz 
bergan o„ta muhim voqea-hodisa bilan bog„liqligini, garchi o„sha hodisani 
odamning o„zi unutganman, deb hisoblasa-da, uning ongosti yoxud g„ayrishuuri 
unutmaganini, unuta olmasligini isbotlaydi. Shu joyda olim biografiyasiga qaytib, 
u 1885-yildan boshlab Parijning mashhur psixiatri Jan Sharko klinikasida 
ishlaganini eslashimizga to„g„ri keladi. J.Sharko o„zining ruhiy xasta bemorlarini, 
jumladan, gipnoz yordamida ham davolar edi. Avvaliga bu usulni qo„llab-
quvvatlagan Freyd, keyinchalik davolashni gipnozsiz ham undan-da samaraliroq 


145 
amalga oshirish mumkinligini aniqladi. Freyd bemorlar bilan erinmay, muntazam 
so„zlashish, bunda ularni o„z holiga to„la qo„yib berish, erkin muloqotga kirishish 
yo„lini tanlaydi.
Bu borada olimning shogirdlaridan biri, keyinchalik fanda o„z yo„lini 
yaratishga muvaffaq bo„lgan Fris Vittels o„zining “Freyd. Uning shaxsi, ta‟limoti 
va maktabi” kitobida qiziqarli epizodlarni keltiradi. Masalan, Freyd o„z bemorlari 
bilan kerak bo„lsa oylab va yillab suhbatlashishdan erinmas ekan. Avvaliga o„zini 
bo„lganidan ham battarroq jinni qilib ko„rsatishga harakat qiladigan bemorlar kun 
o„tgan sayin bundan ma‟no yo„qligini istar-istamas tan olar, bitta gapni uch kun, 
besh kun qaytaraverishdan charchab, boshqa tafsilotlarga o„tar, nihoyat, ajoyib 
kunlarning birida hayotida qachondir yuz bergan qandaydir bir muhim hodisani 
eslashga yetib borar, mana shu kundan e‟tiboran u ongi ostida yoki g„ayrishuurida 
o„rnashib olib uni qiynayotgan darddan forig„ bo„la boshlardi. Demak, yuqorida 
eslatilganidek, vaqtida, izhorini topmagan kuchli, emotsional tuyg„ular, kun kelib 
o„z egasining aqldan ozishiga sabab bo„lishi mumkin bo„lsa, mohir psixiatr 
tomonidan o„tkazilgan xolis, samimiy, erkin muloqot – darddoshlik seanslari uni 
bu og„ir xastalikdan xalos qilishi mumkinligi o„z isbotini topadi. 
Z.Freyd g„arb madaniyatiga chuqur ta‟sir ko„rsatdi. Agar ko„chadagi 100 
insondan so„rasangiz taniqli psixologning nomini bilishlari haqidagi mulohazani 
Kit Stanovich (1996) ilgari suradi. Freydning klinik psixologiya va psixiatriyadagi 
ilmiy qarashlarini alohida o„ringa ega. Z.Freyd nimani o„rgandi? U she‟riyat va 
falsafaga juda qiziqishi bo„lganligi sababli, o„z tadqiqotlari uchun vaqtni bekorga 
sarflamadi. U tibbiyot yo„nalishida tahsil olgandan so„ngra xususiy amaliyot bilan 
shug„ullandi. U amaliyotda nevrologik sababga ega bo„lmagan, balki, ruhiy 
o„zgarishga ega bo„lgan mijozlarga duch keldi. Masalan, baquvvat bo„lsa-da, mijoz 
qo„ldagi sezgilarni yo„qolishining sababini Z.Freyd insonning aqliga bog„liqligini 
aniqladi. Bunday holatda mijozni davolash yo„li uning o„z-o„ziga munosabatini 
o„zgartirishda degan xulosaga keldi.
Freydning kuzatishlari qator nevrologik buzilishlarning psixologik sabablari 
mavjudligi to„g„risidagi xulosaga olib keldi. Bu orqali Freyd ongsizlikni kashf 


146 
qildi. Uning fikricha ko„zi ojizlik yoki karlik, beixtiyor ko„rmaslik va eshitmaslik 
xohishi insonga keskin xavotirlikni uyg„otar ekan. Freyd gipnoz ongsizlikka yo„l 
deydi va mijozlarni davolashda undan foydalandi. Gipnoz mijozlari gipnoz tufayli 
o„zlarining anglab bo„lmas qobiliyatlarini ochdilar. So„ngra u mijozlar o„zlarini 
ruhiy yengillashishlariga imkon beruvchi erkin assotsiatsiya usulini olib kirdi. 
Ushbu usulga ko„ra mijoz o„zining dardlarini bayon etadi. Bu esa mijozlarga ruhiy 
yengillik 
olib 
keldi. 
Freyd 
ruhiy 
buzilishlarning 
zamini, 
bugungi 
bezovtalanishlarning sababi mijozlarning o„tmishi bilan bog„liq, bolalikdagi 
tuyg„ulariga borib bog„lanishini ta‟kidladi. Kasalliklarning ongsizlik sabablariga 
tayangan shaxs nazariyasini psixoanaliz davolash metodi bilan bog„ladi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin