135
yo‟nalishlaridan yana biri shaxsda shakllanadigan maqsadlar va ideallardir. Ular
shaxsni kelajakni bashorat qilish, ertangi kunini tasavvur qilish va uzoq va yaqinga
mo‟ljallangan rejalarni amalga oshirishga tayyorligini ta‟minlaydi.
Maqsad va
rejasiz inson – ma‟naviyatsiz pessimistdir. Bu maqsadlar doimo o‟zining
anglanganligi va shaxs real imkoniyatlariga bog‟liqligi bilan xarakteralanadi.
Ularning shakllanishi va ongda o‟rnashishida ma‟lum ma‟noda ideallar ham rol
o‟ynaydi. Ideallar – shaxsning hozirgi real imkoniyatlari chegarasidan tashqaridagi
orzu-umidlari bo‟lib, ongda mavjudligi va har doim ham amalga oshmasligi bilan
xarakterlanadi. Chunki ularning paydo bo‟lishiga sabab bevosita tashqi muhit
bulib, o‟sha ideallar obyekti bilan shaxs imkoniyatlari o‟rtasida tafovut bo‟lishi
mumkin. Masalan, o‟smirning ideali otasi, u otasiday
mashhur va el suygan
yozuvchi bo‟lmoqchi. Bu orzuga yaqin kelajakda erishib bo‟lmaydi, lekin aynan
ana shunday ideallar odamga maqsadlar qo‟yib, unga erishish yo‟lidagi
qiyinchiliklarni yengishga irodani safarbar qilishga yordam beradi.
Qiziqishlar va e‟tiqod.
Qiziqishlar ham anglangan motivlardan bo‟lib, ular
shaxsni atrofida ro‟y berayotgan barcha hodisalar, olamlar, ularning o‟zaro
munosabatlari, yangiliklar borasida faktlar to‟plash, ularni o‟rganishga imkon
beruvchi omildir. qiziqishlar mazmunan keng yoki tor,
maqsad jihatidan
professional, bevosita yoki bilvosita bo‟lishi, vaqt tomondan barqaror, doimiy yoki
vaqtinchalik bo‟lishi mumkin. qiziqishlarning eng muhim tomoni shundaki, ular
shaxs dunyoqarashi va e‟tiqodini shakllantirishga asos bo‟ladi. Chunki e‟tiqod
shaxsning shunday ongli yo‟nalishiki, u insonga o‟z qarashlari, prinsiplari va
dunyoqarashiga mos tarzda yashashga imkon beradi. Xalq doimo e‟tiqodli
insonlarni hurmat qiladi. E‟tiqodning predmeti turlicha bo‟lishi mumkin – Vatanga
e‟tiqod, dinga, fanga, kasbga, ahloqiy normalarga, oilaga, go‟zallikka
va shunga
o‟xshash. Insonning insonligi, uning jamiyatdagi mavqyei va nufuzi ma‟lum
ma‟noda undagi e‟tiqodlilik darajasi bilan belgilanadi. Ayrim insonlar butun umri
mobaynida faqat bitta narsaga e‟tiqod qiladilar. Masalan, Mir Alisher Navoiyning
butun hayoti xalqqa va millatga fidoiylikning namunasi sifatida, turkiy xalqlar
adabiyotiga asos solishga bag‟ishlanganligi,
Imom Buxoriy, Ibn Sino singari
136
buyuk allomalarning turli tayziqlarga qaramay ilm va ijod yo‟lidagi qat‟iyatlari,
erishgan yutuqlari e‟tiqodlilikning yorqin namunasidir. Bunday misollar Sharqning
va g‟arbning buyuk shaxslari misolida juda ko‟p. Mansur Xalloj, Nasimiy,
Boborahim Mashrab kabi hur fikrli zotlar esa qatl qilingan chog‟larida ham o‟z
e‟tiqodlari va tanlagan yo‟llaridan qaytmaganlar.
E‟tiqodlilik nuqtai nazardan ham odamlar bir-birlaridan farq qiladilar. Tarixda
shunday shaxslar borki, ular butun ongi hayotini faqat bir narsaga bag‟ishlab o‟tib
ketadilar, lekin ularga o‟sha ixlos va kuchli e‟tiqod xalq tomonidan e‟tirof etilib,
mehnatlari, ilmiy kashfiyotlari yoki o‟sha kasbga sadoqatlari tufayli o‟zlariga
tiriklidayoq o‟chmas haykal qoldirganlar. Ayrim odamlar esa o‟zlaridagi
qiziqishlar va e‟tiqodni hayotlari mobaynida o‟zgartirib boradilar. Masalan,
yoshligida sportning biror turiga astoydil ihlos qilgan odam bu borada katta
natijalarga erishadi, uni yurt taniydi. Umrining ma‟lum bosqichida u shu erishgan
yutuqlarini boshqa
shaklda takomillashtirib, ustoz-murabbiy sifatida o‟qitishga
astoydil kirishadi. Umrining yana bir bo‟lagida tashkilotchi-rahbar sifatida ana shu
sohani yanada yuksaklikka ko‟tarishga xizmat qiladi. Mukarrama Turg‟unboyeva,
Yunus Rajabiy, Komil Yashin, Rufat Risqiyev, Abror Hidoyatov, Abdulla Oripov,
Ozod Sharofiddinov kabi yuzlab zamonamiz qahramonlarining hayot-faoliyatlari
ana shunday e‟tiqodlilikning yorqin misolidir.
Demak, agan insonda biror narsaga e‟tiqod shakllangan bo‟lsa, undan yaxshi
inson bo‟lib, odamlarga nafi tegishiga umil qilish mumkin. Lekin e‟tiqodsizlikdan
qo‟rqish kerak. Agar atrofimizda biror bir narsaga aniq ishonmaydigan, maqsad-
maslagi yo‟q kishini ko‟rsangiz, unga yordam berish yo‟lini izlash kerak,
chunki
bu odamdagi e‟tiqodsizlik nafaqat uning o‟ziga, balki atrofdagilarga ham faqat
salbiy ta‟sir ko‟rsatadi. E‟tiqodli inson avvalo o‟zgalarga ziyon keltiruvchi
amallardan o‟zini tiyadi, yolg‟on gapirmaydi. Unda har doimo lafz bo‟ladi, ya‟ni
bir narsani qilaman, deb ahd qilsa, albatta, butun kuchi va iqtidorini safarbar qilib,
ungi bajaradi, boshlagan ishini oxiriga yetkazadi. E‟tiqodli inson nima
qilayotganligini, nima uchun aynan shu ishni qilayotganligini juda yaxshi anglaydi.
Shu tufayli haqiqiy e‟tiqodli
inson ilmga intiladi, o‟z hayotining mazmun-
137
mohiyatini tushunishga intiladi, go‟zallik yaratish, har tomonlama barkamol
bo‟lishga tirishadi, yaxshilarga oshno bo‟lish, buyuklikka
havas uning hayotiy
shioriga aylanadi. Haqiqiy e‟tiqod sohibida sog‟lom fikr bo‟lib, bu fikr orqali u
insoniyatning umrboqiyligini idrok etadi, o‟zidan oilasiga, farzandlariga nimadir
qoldirib ketishni istab yashaydi. Shuning uchun ham e‟tiqodlilik – shaxsdagi jur‟at,
mardlik, fidoiylik, iroda, vijdon, qat‟iyat,
halollik, isnonparvarlik, vatanparvarlik
kabi qator ijobiy sifatlar bilan bog‟liqdir.
Dostları ilə paylaş: