O„zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 357,43 Kb.
səhifə19/32
tarix18.11.2023
ölçüsü357,43 Kb.
#133034
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32
iqtisodiyot qurilish (3)

Konstruksiyalarni yiriklashtirish va fazoviy konstruksiyalarga o„tish orqali konstruktiv yechimlarni takomillashtirishga erishish mumkin. Temirbeton zavodlarida qoliplash metodini qo‘llash orqali maqbul hajmdagi konstruksiyalar tayyorlanadi. Zavodda tayyorlangan yassi elementlardan yig‘ma-quyma konstruksiyalar yaratiladi. Bunday konstruksiyalarga hajmli sanitar - texnik kabinalar, lift shaxtalari, tonnellarning shaxtalari, kvartira bloklari, sanoat binolari yopilmasi metall bloklarini misol tariqasida keltirish mumkin.
Qurilishda katta o‘lchamli oraliq va tom yopish plitalari hamda devor panellarini qo‘llash keng tarqalmoqda.
Loyihachilar bir nechta operatsiyalarni avtomatlashtirish bilan mexanizatsiyalashgan usulda yangi konstruksiyalarni tayyorlash ustida ish olib borishmoqda. Temirbeton konstruksiyalarda montaj uchun mo‘ljallangan ilgaklarni boshqa moslamalar bilan almashtirish oldinga maqsad qilib qo‘yilgan. Bu esa yiliga

  1. 3 mln. tonna po‘latni iqtisod qilish imkonini beradi.

Loyiha yechimlari samaradorligini oshirish yo‘nalishlaridan biri bu to‘liq yig‘ish asosida qurilishni rivojlantirishdan iboratdir.
Loyihalarning iqtisodiy jihatdan samara keltirishini va sifatini yaxshilashga tipli loyihalarni keng qo‘llash, unifikatsiyalangan konstruksiyalar va gabaritli sxemalardan foydalanish evaziga erishish mumkin. Qurilish - montaj ishlarining 80 % dan ortiqrog‘i ob’yektlarda tipli proektlar bo‘yicha bajariladi. Ayniqsa tipli loyihalar turar - joy binolarini tiklashda va qishloq qurilishida keng qo‘llaniladi (95% ortiqrog‘i). Tipli loyihalar qo‘llanishi loyihada ko‘rsatilgan materiallar hajmini kamaytiradi, bu esa o‘z navbatida loyihalarni ishlab chiqish muddatini qisqartirish uchun shart - sharoit yaratadi, loyihalash va ilmiy - tadqiqot ishlariga sarflanadigan mablag‘larni 30-40% pasaytiradi.
Axamiyatli tarzdagi iqtisodiy samaraga qurilish jarayonida erishiladi. Tipli loyihalar bo‘yicha quriladigan ob’yektlarning smeta narxi individual loyihalar bo‘yicha quriladigan ob’yektlarnikiga nisbatan 10-15%ga arzon bo‘ladi. Bu shu bilan tushuntiriladiki, tipli loyihalar ularni loyihalash institutlarida ishlab chiqish jarayonida quruvchilar va loyiholovchilar tomonidan keng muhokama qilinadi, ularda qurilish ishlab chiqarishida ratsional texnologiyani ta’minlaydigan tipli va standart detallar hamda konstruksiyalar qo‘llaniladi. Ko‘plab tipli loyihalar tanlovlar orqali qabul qilinadi. Turar-joy ob’yektlarini tipli loyihalashtirish o‘lchamlari bo‘yicha har xil bo‘lgan kvartiralarni yaratish, ularni rejalashtirishni yaxshilash, umumiy foydalanish maydonlari (dahliz, oshxona va sanitar tugunlarning maydonlari)ni oshirish, sanitar-texnik va oshxona jihozlarini takomillashtirish, kvartiralar, binoning kirish joylari zinapoya kletkalari va liftlarni yaxshi pardozlashga yo‘naltirilgan.
Ilg„or texnologiya asosida ishlab chiqarilayotgan materiallar va konstruksiyalar. Agar qurilish maydoniga korxonalar (zavodlar)da masimal darajada puxtalik bilan tayyorlanib keltirilgan yig‘ma konstruksiyalar va detallardan ob’yektlar tiklansa iqtisodiy samaradorlik ahamiyatli tarzda oshadi. Detallarning qoniqarsiz sifatda tayyorlanishi esa qurilish-montaj ishlarini bajarishda qo‘shimcha mehnat sarfini yuzaga keltiradi va bu esa ishlarning tannarxini oshirishga olib keladi.
Pol va tom bo‘yicha ishlar bajarish jarayonida mehnat sig‘imini qisqartirish va ularning sifatini oshirish uchun keyingi yillarda tom va oraliq tom yopmalarining kompleksli plitalari ishlab chiqarilmoqda.
Konstruksiya va detallarning zavodda tayyorlanish darajasini oshirish qurilishda amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlarini 4-6%ga qisqartirish
imkonini beradi.
Yig‘ma beton va temirbeton konstruksiyalarni qo‘llash bilan ishlab chiqarish va metall hamda yog‘ochdan tayyorlangan konstruksiyalar hajmi ortadi.
Metall konstruksiyalar qo‘llanilishi sanoatning shunday tarmoqlarida keng tarqalganki, bu tarmoqlarda texnologik jarayonning o‘ziga xos jihatlariga bog‘liq ravishda temirbeton konstruksiyalarni qullashga yo‘l quyilmaslik talab etiladi, bunday tarmoqlarga katta dinamik yuklanganlikka ega bo‘lgan metallurgiya korxonalirini misol tariqasida keltirish mumkin. SHuningdek, metall konstruksiyalardan katta oraliqli binolarni qurishda ham keng ko‘lamda foydalaniladi, bunday binolarda temirbeton konstruksiyalarni qo‘llash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas (aviatsiya sanoatidagi yig‘ish sexlari, oraliqli ko‘priklarni qurishda va h.k.). Metall konstruksiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirishga ularni ishlab chiqarish jarayonida yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan po‘latlardan, egilgan profillardan, keng taxtali prokatdan, elektrpayvandlanadigan quvurlardan foydalanish bilan erishiladi.
Samarador engil metall konstruksiyalarni keng tadbiq etish qurilish ob’yektlarini qurish uchun moddiy ta’minot tuzilmasini takomillashtirishga katta ta’sir ko‘rsatdi. Ishlab chiqarilgan konstruksiyalarning tadbiq etilishi qurilishda bino va inshootlarni to‘liq zavodda tayyorlangan elementlardan kompleks - mexanizatsiyalashgan holda yig‘ish jarayonini tashkil etish imkonini berdi.
Bunday kontruksiyalardan qurilgan binolarda montaj qilish ishlarining mehnat sig‘imi 20-25%ga qisqaradi, devorlar va tom yopmalari massasi esa 5-7 marta kamayadi.
Bino massasining kamayishiga asosan temirbeton plitalar o‘rniga antikorroziya qoplamasiga ega bo‘lgan po‘latdan tayyorlangan profilli yopilmalarni qo‘llash orqali erishiladi. Alyuminli qotishmalardan tayyorlangan konstruksiyalarni derazalar tabaqalari, vitrajlar, devorbop osma panellar, agressiv muhitli binolarning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari, qurilish uchun suyuqliklarni saqlashga mo‘ljallangan sig‘imli idishlar yasash va shu kabilar uchun qo‘llash ancha maqsadga muvofiqdir. Transport magistrallaridan olisda joylashgan qurilish ob’yektlarini tiklashda ularning qo‘llanilishi ayniqsa katta samara beradi.
Qurilishda alyuminli qotishmalardan tayyorlangan konstruksiyalar qo‘llanishi fuqaro va sanoat qurilishi ob’yektlari sifatini yaxshilashda keng istiqbolga egadir va fasadlar umrboqiyligi hamda ularning estetik sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Yüklə 357,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin