O„zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 357,43 Kb.
səhifə12/32
tarix18.11.2023
ölçüsü357,43 Kb.
#133034
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
iqtisodiyot qurilish (3)

Loyiha - bu quriladigan injenerlik inshooti yoki quyidagi ko‘rinishda namoyon etiladigan sanoat ishlab chiqarilishi yoki fuqarolar uchun mo‘ljallangan ob’ktlarni shakllantirish bo‘yicha quyida keltirilgan maqsadlar tizimidir:

  • qurilajak inshootning arxitekturaviy - rejaviy, konstruktiv - kopnovkali va texnologik yechimlarining grafik materiallari (chizmalari)dir;

  • inshoot qurilishi texnik imkoniyatlari, konkret tabiiy muhitda bajariladigan ishlarning ishonchliligi va xavfsizligini asoslovchi hisoblash - tushuntirish matni;

  • qurilish tannarxini aniqlaydigan va moliyaviy xarajatlar, moddiy - texnikaviy va mehnat resurslarining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini asoslab beradigan smeta-iqtisodiy qism.

Qurilish ob’yektining iqtisodiy samaradorligi, uning hayotiylik siklining xarakteri va funksiyallashuvining davomiyligi, chiqarilayotgan mahsulotning tannarxi, ekspluatatsiya va mehnat qilish sharoitlari ahamiyatli tarzda loyihaviy yechimlarning darajasiga, ya’ni bir so‘z bilan aytganda, loyihaning qanday darajada tayyorlanganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Har qanday ob’yektni loyihalash odatda bir nechta bosqichlarda amalga oshiriladi. Loyihalashning birinchi bosqichida g‘oya paydo bo‘lgandan so‘ng investitsiyalash maqsadlari: ob’yektning qanday vazifa bajarishga mo‘ljallanishi, uning quvvati, ishlab chiqariladigan mahsulotlar nomentklaturasi, joylashish o‘rni aniqlanadi.
Investitsiyalash imkoniyatlari va kutilayotgan texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishishni baholash olib boriladi.
Birinchi bosqichda bajarilgan izlanishlar (ilmiy - tadqiqot ishlari) va ishlar asosida buyurtmachi (investor) g‘oyalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish yoki ularni to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qiladi. Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda buyurtmachi qurilishi mumkin bo‘lgan ob’yektning berilgan rayonda qurilishi kutilayotganligi to‘g‘risidagi ob’yektni joylashtirish bo‘yicha oldindan kelishishni iltimos qilish tariqasidagi ariza bilan mahalliy hokimiyat organlariga murojaat qiladi. Mahalliy hokimiyat organlaridan ijobiy javob olingandan keyin buyurtmachi ikkinchi bosqich ishlari - ob’yekt qurilishi investitsiyasining texnik - iqtisodiy asosini ishlab chiqishga kirishadi. Bu bosqichda zarur bo‘lgan injenerlik qidiruvlar olib borish bilan injenerlik ayniqsa iqtisodiy va smeta - moliya savollari ancha chuqur o‘rganiladi. Investitsiyalarni texnik - iqtisodiy asoslash natijalari bo‘yicha qurilishning maqsadga muvofiqligi va loyihalashni - texnik loyihani (loyihani) ishlab chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Loyihalash jarayoni davomiyligi loyihalashdan boshlab qurilish boshlanishiga qadar o‘rta va nisbatan katta ob’yektlar bo‘yicha 5 yildan 10 yilgacha davom etishi mumkin; alohida murakkab va yirik ob’yektlar bo‘yicha loyihalash - ilmiy-tadqiqot ishlarining davomiyligi undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. Bunday muddatda vaziyat loyihani ishlab chiqishning boshida qabul qilingan o‘sha paytdagi fan va texnikaning oxirgi yutug‘lariga asoslangan injenerlik yechimlarning ob’yektni foydalanishga tushirish vaqtiga kelib shunchaki eskirib qolishiga olib keladi. Shu tufayli sanoat korxonalarining loyihalarida fan va texnikaning eng yangi yutug‘lari, ishlab chiqarishning ilg‘or texnologiyasi, eng yangi yuqori ishlab chiqarish unumdorligiga ega bo‘lgan vositalar (jihozlar)dan, qurilmalar, agregatlar, ishlarni kompleksli mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishdan to‘liq foydalanish, resurslarning barcha turlaridan va chiqindi chiqarmaydigan texnologiyalardan oqilona foydalanishni ko‘zda tutish taqoza etiladi. Shahar va qishloqlarda quriladigan yangi fuqaro - yashash ob’yektlarini loyihalashda yashash uchun barcha qulayliklarni yaratish va aholiga maksimal xizmat ko‘rsatishni ko‘zda tutish talab etiladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaradigan korxonalarni loyihalashda sanoat asosidagi ishlab chiqarishni tashkil etish, tez bo‘ziladigan mahsulotlar (sabzavotlar, mevalar)ni qayta ishlashga asoslangan yirik mexanizatsiyalashgan, ixtisoslashgan komplekslarni yaratish vazifasi asosiy maqsadlardan biri sifatida namoyon bo‘ladi.
Sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari, tarar - joy, jamoat va fuqaro binolari loyihalarida ularning tashqi qiyofasiga katta e’tibor qaratiladi, chunki yangi ob’yektni joylashtirish bilan nafaqat iqtisodiy samara olinishi, balki ijtimoiy va shaharsozlik bo‘yicha ham samara olinishi lozim. yerdan oqilona foydalanish va atrof - muhitni muhofaza qilishga alohida e’tibor ajratiladi.
Loyihaning sifati nafaqat ilg‘or texnik yechimlar bilan, balki smeta hujjatlarining to‘g‘ri bajarilganligi bilan ham aniqlanadi. Loyihalanayotgan ob’yekt texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlarini va qurilishni rejalashtirish hamda moliyalashtirish, qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish, qurilish - montaj tashkilotlarida iqtisodiy ishlarni olib borish va ular ishini nazorat qilish uchun qurilishining maqsadga muvofiqligini aniqlashda smetadan foydalaniladi. Qurilishda ishlab chiqarishning borishi va qurilish iqtisodiy samaradorligi ko‘p jihatdan quriladigan ob’yektlarning smetali narxini to‘g‘ri aniqlashga bog‘liq bo‘ladi.
Loyihalar texnik darajasi bilan qurilish - montaj tashkilotlarida mehnat unumdorligi o‘sishining jadalligi hamda materiallar va konstruksiyalar ishlab chiqaradigan sanoat korxonalarining ish samaradorligi shart -sharoitlanadi.
Loyihalarda binolarning maksimal darajadagi ixchamligi va unifikatsiyasi ko‘zda tutilmog‘i lozim, lekin bunda ularning arxitekturaviy mazmuniga zarar etmasiligi, mavjud mexanizatsiya vositalarini hisobga olgan holda konstruksiyalarni yiriklashtirish, loyihaviy yechimlarning texnologikligiga, yuqori ish unumdorligiga ega bo‘lgan texnikalardan foydalanishga to‘sqinlik bo‘lmasligiga e’tibo qaratilishi talab etiladi. Loyihalarda qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish va rejalashtirish uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlar (ishlarning hajmlari, materiallar, konstruksiyalar, mashinalar, mehnat rusurslari, transport vositalariga bo‘lgan ehtiyoj to‘g‘risidagi ma’lumotlar) aks ettirilmog‘i taqoza etiladi. Loyihada buyumlar, detallar va konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi korxonalarning manfaatlarini ham hisobga olish lozimdir. Qo‘llaniladigan yig‘ma elementlarning tipli o‘lchamlari va markalari loyihalarda minimal beriladi. Bu esa zavodlarda oqimli liniyalarni o‘zgartirishning oldini oladi. SHunday qilib, loyihalashtirish texnikaviy taraqqiyotning yuksalishi bilan birgalikda rivojlanadi.
Loyihalar katta hajmdagi izlanishlar, grafik va hisoblash materiallariga ega bo‘ladi. Loyihalashtirish jarayonida, ayniqsa yirik va murakkab ob’yektlarni loyihalash bo‘yicha modelli izlanishlar, ko‘p sonli kelishuvlar, ekspertiza olib boriladi va tugallangan texnik hujjatlar tasdiqlanadi.
Bu bosqichlarning barchasi albatta ko‘p mehnat va vaqt talab qiladi, shu sababli loyihalash va ilmiy izlanish ishlari qurilish ishlab chiqarilishi ishlaridan ancha avvalroq olib borilmog‘i kerak. Faqat shunday bo‘lgandagina qurilish dasturining zaruriy va sifatli texnik hujjatlarini o‘z vaqtida ta’minlash mumkin.

  1. Loyihalash bosqichlari va loyiha hujjatlarining tarkibi

Yirik murakkab sanoat ob’yektlari va komplekslari bo‘yicha loyiha -ilmiy izlanish ishlari odatda ettita xarakterli bosqichlarda olib boriladi:

  • muammoli izlanishlar yoki mavjud bo‘lgan muammolar yechimini topish bo‘yicha olib boriladigan izlanishlar;

  • biznes - reja ishlab chiqish;

  • investitsiyalarni texnik - iqtisodiy asoslash;

  • qurilish uchun qurilish maydonini tanlash va tasdiqlash;

  • loyihalash uchun topshiriqni ishlab chiqish va uni loyihalashga taqdim

etish;

  • injenerlik qidiruv va izlanishlarni olib borish;

  • loyihalashtirish.

Loyihalash - ilmiy izlanishlarni bajarishga buyurtmachi albatta, qoidaga ko‘ra, ixtisoslashgan loyihalash - ilmiy -tekshirish firmalarini jalb qiladi. Ixtisoslashgan loyihalash - ilmiy -tekshirish firmalarini tanlash savdolashish e’lonini tarqatish orqali amalga oshiriladi.

Yüklə 357,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin