Joriy rezervlar yaqin kelajakda amalga oshirilishi mumkin, qoidaga ko‘ra ular ahamiyatli tarzdagi yagona vaqtli mablag‘larni talab etmaydi. Ularga yaxshi jihozlardan foydalanish, yaroqsiz jihozlarni ishlab chiqarish tizimidan olib tashlash, mehnatga haq to‘lashning eng ratsional va samarador (effektiv) tizimlarini qo‘llash, korxonalarda mehnatni tashkil etishni takomillashtirish va uni me’yorlashtirish kiradi.
Perspektiv rezervlar odatda ishlab chiqarishni qayta qurishni, yangi texnologiyalarni tadbiq etishni va sh.o‘. larni talab etadi, buning uchun qo‘shimcha kapital mablag‘lar va ishlarni amalga oshirish uchun ahamiyatli tarzdagi muddatlar zarur bo‘ladi.
Unumdorlikni mohiyat jihatdan aniqlash, aynan mahsulot hajmining uni ishlab chiqarishga sarflangan mablag‘larga bo‘lgan nisbatidan kelib chiqqan holda
unumdorlik to‘rtta holatda oshishi mumkin:
mahsulot hajmining oshishi, sarf-xarajatlarning esa pasayishi (klassik
holat);
mahsulot hajmining sarf-xarajatlarga qaraganda tez o‘sishi;
mahsulotning hajmi o‘zgarishsiz qoladi, sarf-xarajatlar esa pasayadi;
sarf-xarajatlarning pasayishiga nisbatan mahsulot hajmining kam
suratlar bilan pasayishi.
Mehnat unumdorligini o‘stirishni ta’minlash bo‘yicha boshqarish strategiyasi tanlash ushbu holatlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
9.3. Mehnat unumdorligini o„lchash metodlari
Turli tashkilotlardagi mavjud rezervlarni baholash, mehnat unumdorligining darajasini o‘lchash, o‘tgan bir qator yillar davomida mehnat unumdorligining dinamikasini yuzaga chiqarish uchun qurilishda mehnat unumdorligini to‘g‘ri (ob’yektiv) o‘lchash muhim ahamiyat kasb etadi.
Qurilishda mehnat unumdorligining darajasini ikkita asosiy ko‘rsatkich bilan aniqlash mumkin: vaqt birligida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori (unumdorlik), va mahsulot birligini tayyorlashga sarflanadigan vaqt (mehnat sig ‘imi). Mehnat unumdorligi mahsulot hajmi va sarflangan mehnat qanday birliklarda o‘lchanishiga bog‘liq ravishda turli usullar bilan aniqlanadi.
O‘lchash metodlari:
mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish hajmi;
naturaviy;
me’yoriy;
narxli: jamlanma (valovoy), tovarli, shartli toza, sof
mahsulotli.
Sarflangan mehnat (mehnat sarfi):
kishi-soatlar;
kishi-kunlar;
personalning o‘rtacha ro ‘yxatli soni.
Naturaviy metod. Ishlab chiqarishning naturaviy metodi ish turlari bo‘yicha ishchining kasbi bo‘yicha ish unumini natural ko‘rsatkichlarda aniqlab beradi (terilgan g‘ishtning kubometrdagi hajmi, konstruksiyalarning kubometri, yuzalarning kvatrat metrlari) yoki yakuniy mahsulotni bitta ishchiga to‘g‘rikeladigan hajmda umumiy o‘lcham birliklarida o‘lchash (yashash maydoning kvadrat metrlari, quvur o‘tkazgichlarning kilometri va h.k.).
Ish turldari bo‘yicha naturaviy ko‘rsatkichini (ishchining naturaviy ko‘rsatkichlardagi ish unumi ni) natural ko‘rsatkichlarda (kubometrlar, pogonometrlar, kvatrat metrlar) da o‘lchangan alohida ish turi hajmining ushbu ish turini bajargan ishchilar soniga (kishi) nisbati orqali aniqlash mumkin.
Natural ko‘rsatkich (ishalb chiqarilgan naturaviy miqdor) mehnat unumdorligining eng ob’yektiv va ishonchli ko‘rsatkichi deb hisoblanadi. Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorining naturaviy o‘lchamlardagi ko‘rsatkichlari alohida birgadalar va ishchilarning mehnat unumdorligini aniqlash hamda taqqoslash, ularning sonini rejalashtirish, professional va saviyaviy (kvalikatsion) tarkibini, turli tashkilotlarda bir xil tipli ob’yektlarni qurishda bir jinsli ishlarni bajarishdagi mehnat unumdorligini qiyoslash imkonini beradi. Biroq unumdorlikning bunday ko‘rsatkichlari ham kamchiliklardan holi emas. Masalan ular qurilish har xil jinsli ishlarning bir nechta turlarining bajarilishida tashkiloti bo‘yicha mehnat unumdorligining umumlashgan ko‘rsatkichini aniqlash imkoniyatini bera olmaydi, tugatilmagan ishlab chiqarish qoldiqlarining o‘zgarishini hisobga olmaydi.