O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi



Yüklə 146,75 Kb.
səhifə1/2
tarix31.12.2021
ölçüsü146,75 Kb.
#112817
  1   2
Shaxs ma’naviy kamolotini rivojlanishda yuksak ma’naviyat me’zonlari




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI

СHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

IJTIMOIY GUMANITAR FANLARNI O’QITISH METODIKASI

Mavzu: Shaxs ma’naviy kamolotini rivojlanishda yuksak ma’naviyat me’zonlari

Bajardi: Qundizaliyeva Safiya Xolmirza qizi

Qabul qiluvchi: Gofforova Gulchehra

Mavzu: Shaxs ma’naviy kamolotini rivojlanishda yuksak ma’naviyat me’zonlari

Reja:

1. Adabiyot va san’at – shaxs ma’naviyatini shakllantirish va rivojlantirishning muhim vositasi

2. Shaxs ma’naviy kamolotini rivojlanishda yuksak ma’naviyat me’zonlaridan foydalanish asoslari

3. Shaxs ma’naviy kamolotini rivojlanishda yuksak ma’naviyat o’rni

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Adabiyot va san’at – shaxs ma’naviyatini shakllantirish va rivojlantirishning muhim vositasi

Adabiyot va san’at asarlarining kuchi uning xalqchil va tushunarliligida, kishilar ichki — ruhiy dunyosiga emosional ta’sir kо‘rsata olishidadir. Ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda adabiyot va san’atning ana shu xususiyatini hisobga olish muhimdir.

Ma’naviy tarbiyada о‘zbek xalqining boy ma’naviy merosidan keng foydalanish uning ta’sirchanligi, samaradorligini oshirishda muhim omil bо‘la oladi. Yoshlarimiz ma’naviy tarbiyasida Yusuf xos Xojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Mashrab, Muqumiy, Furqat, Abdulla Qodiriy, CHо‘lpon, Usmon Nosir kabi mumtoz shoir va yozuvchilarimiz asarlaridan foydalanishimiz ular qalbini, ruhiy dunyosini ma’naviy boyitishda katta ahamiyatga egadir. Ularning bizga qoldirgan boy badiiy-ma’naviy merosi о‘zining chuqur falsafiy mazmuni, axloqiy yо‘nalishi bilan ajralib turadi.

Mumtoz san’atkorlarimiz asarlarida halollik va poklik, tо‘g‘rilik, birovning haqiga kо‘z olaytirmaslik, xiyonat qilmaslik, insonparvarlik, vatanparvalik, mehnatsevarlik, diyonatlilik, iymonlilik, halol luqma bilan kun kо‘rish, ota-onani hurmat qilish kabi inson uchun zarur ma’naviy xislatlar yuqori badiiy saviyada bayon etilgan.

Ma’naviy tarbiyada Pirimqо‘l Qodirov, Odil Yoqubov, Sayd Ahmad, О‘tkir Hoshimov kabi yozuvchilarimiz; Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Oydin Hojiyeva, Omon Matchon kabi shoirlarimizning asarlaridan ham keng foydalanish, badiiy asarlar, ulardagi qahramonlarning fe’l-atvori, axloqi, ma’naviy dunyosi tо‘g‘risida suhbat, munozara о‘tkazish katta samara beradi.

Ma’naviy tarbiyada kishilar ongi, ruhiyatiga ta’sir etishda teatr san’atining ham roli, о‘rni va ahamiyati, ta’sir etish doirasi imkoniyatlari cheksizdir. Biz teatr san’atini ikki tomoni charxlangan shamshirga о‘xshatishimiz mumkin. U bir tomoni bilan kishilar qalbiga yorug‘lik olib kirsa, uni yuksak ma’naviylik tomon yо‘llasa, ikkinchi tomoni bilan inson qalbidagi nodonlik, jaholat, ya’ni, ma’naviyatsizlikka va jaholatga qarshi kurashadi.

Teatr san’ati boshqa san’at turlari kabi obrazli – badiiy tabiati bilan inson qalbiga emosional ta’sir kо‘rsatish, uning ruhiy dunyosiga chuqur kirib borish, shu orqali ma’naviy dunyosini boyitish xususiyatiga ega. Mustaqillikni mustahkamlash, kishilarni yuksak ma’naviylik ruhida tarbiyalashda teatr san’atining ana shu xususiyatidan unumli foydalanish zamon talabi. Afsuski, kishilarimiz, shu jumladan yoshlarimizning teatr, kino san’ati yoki san’atning boshqa turlariga bо‘lgan qiziqishi unchalik yetarli darajada emasligi kishini ajablantiradi.

Teatr voqeligimiz, kishilarimiz turmushi, intilishi, qiziqishi, xatti-harakatlarini hayajon bilan aks ettiradigan maydondir. U bir vaqtning о‘zida ham sо‘z, ham musiqa, ham xatti-harakat orqali inson qalbiga ta’sir etish xususiyatiga egaligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun teatr va kino san’atining bu xususiyatidan ma’naviy tarbiyada foydalanish katta samara berishi shubhasiz. Faqat ulardan samarali foydalanish lozim bо‘ladi.

Bunday asarlarni kishilar qalbiga kirib borishida televideniye imkoniyatlaridan foydalanishga alohida ahamiyat berish talab etiladi. Kishilarimiz «Otalar sо‘zi – aqlnini kо‘zi» kabi kо‘rsatuvlarni sabrsizlik bilan kutganidek ma’naviy yuksaklikka chorlaydigan, ya’ni jasorat va olijanoblikni, ma’naviy gо‘zallik va axloqiy poklikni, ulug‘vorlik, nafosat va ma’naviy qadriyatlarimizni targ‘ib etuvchi badiiy yuksak adabiyot va san’at asarlariga muhtojdir. Chunki, ular ma’naviyatimizni yuksaltiribgina qolmasdan, shu bilan birga yoshlarimizga ilm egallashda, millat va vatanni taraqqiy ettirishda, fidoyilik kо‘rsatishda, zavq-shavq va ilhom bag‘ishlaydigan vositalarning asosiylaridan biri hisoblanadi.

Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda va yoshlarimiz ongiga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirishda Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining olib borayotgan amaliy ishlarini ham alohida ta’kidlash lozim bо‘ladi. Uning viloyatlardagi va Toshkent shahridagi bilimlarida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, talaba yoshlar bilan Respublikamizning kо‘zga kо‘ringan adabiyot va san’at arboblarining uchrashuvlarini tashkil qilish, kо‘zga kо‘ringan olimlar ishtirokida turli ilmiy-amaliy konferensiyalar uyushtirish kabi о‘ta muhim ishlarni amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, bu kengash tomonidan ma’naviyat, tarbiya va ta’lim masalalariga bag‘ishlangan ilmiy, ilmiy-ommabop risolalarni bosib chiqarayotgani va ularni yoshlar о‘rtasida keng targ‘ib qilayotganligini alohida ta’kidlash lozim. Bu kengash о‘z faoliyati bilan mamlakatimizda tarbiya borasida olib borilayotgan umumiy ishga о‘z hissasini qо‘shib kelmoqda.

Xulosa qilib aytganda, ma’naviy tarbiya bugungi kunning eng dolzarb masalasi. Bu ishga yurtimizning barcha ziyolilari – о‘qituvchilar, jurnalistlar, yozuvchilar, shifokorlar, artistlar, barcha rahbarlar birdek mas’uldirlar. Mamlakatimizda tarbiyani hozirgi zamon talablari darajasida olib borishda mavjud barcha imkoniyatlar va vositalardan samarali foydalanganimizdagina ma’naviyati yuksak yoshlarni tarbiyalashga erishish mumkin bо‘ladi.

Ota-onasi norizo bо‘lgan farzand kechgacha yugursa ham, ishining barakasi bо‘lmaydi, biri ikkiga aylanmaydi. Turmushga chiqish, uylanishda ota-onaning roziligini, oq fotihasini olishda hikmat kо‘p. Yuqoridagilarning hammasi biz uchun bir hovuch oltin, xazina. Kelgusi hayotimiz uchun poydevor qо‘yish demakdir. Bu dunyo qaytar dunyo, nima eksang shuni o`rasan, siz ota-onangizga nima qilgan bо‘lsangiz, u sizga farzandlaringizdan qaytadi. Bu ham tabiat qonuni bо‘lsa neajab!

Endi ota-onani hurmat qilishning ulug‘vorligi haqidagi ba’zi ibratli fikrlarni hadislardan keltirib о‘tamiz. «qaysi bir musulmon farzandi savob umidi bilan ertalab ota-onasini ziyorat qilsa, Olloh taolo unga jannatdan ikkita eshik ochadi. Agar ulardan bittasini ziyorat qilsa, unga jannatning bir eshigini ochadi. Bola ota-onasidan qaysi birini xafa qilsa, uni rozi qilmaguncha, Olloh taolo undan rozi bо‘lmaydi»; «Kim ota-onasini rozi qilsa, unga tubo (jannatdagi daraxt) nasib bо‘lib, Olloh taolo uning umrini ham ziyoda qiladi»; «Uch toifa kishilarning duosi, hech shubhasiz, Olloh taologa maqbuldir: mazlum kishining duosi, musofirning duosi va ota-onaning duosi»; «Ota-onalarning keksaygan vaqtda har ikkisini yoki biri bо‘lmaganda boshqasini rozi qilib, jannatiy bо‘lib olmagan farzand xor bо‘lsin, xor bо‘lsin, va yana xor bо‘lsin»; «Ota-onaga itoat qilish – tangriga itoat qilishdir. Uni oldida gunoh qilish tangri oldida gunoh ish qilish bilan barobardir» va boshqalar.

Yuqorida farzandning ota-ona oldidagi burchi haqida fikr yuritdik. Ota-onaning ham farzand oldidagi burchi nihoyatda katta va mas’uliyatlidir. Farzandlarning kelajakda qanday ma’naviyat egasi bо‘lishi kо‘p jihatdan ota-ona, u bergan tarbiyaga bog‘lik. Har bir ota-ona farzandi oldida о‘z otalik, onalik burchini tо‘liq his etishi, unga javobgarligini ma’nan anglab yetishi kerak.

Sobiq shо‘rolar davrida uzoq vaqt milliy va ma’naviy tarbiya chetga surib qo`yildi. Oqibatda bolalar tarbiyasida ota-ona mas’uliyati pasayib ketganligi hech kimga sir emas. Vaholanki bola, о‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida ota-ona beradigan tarbiya juda muhim ahamiyatga ega. Farzand tarbiyasi quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishini har bir ota-ona yaxshi bilishi foydadan holi bо‘lmaydi.

2. Shaxs ma’naviy kamolotini rivojlanishda yuksak ma’naviyat me’zonlaridan foydalanish asoslari

Tarixga nazar tashlasak, insoniyat tarixiy taraqqiyotining barcha bosqichlarida jamiyat hayoti va taraqqiyotida ma’naviy soha nihoyatda muhim oʻrin tutganligining guvohi boʻlishimiz mumkin. Prezident I. Karimov oʻzining “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida ma’naviyatning inson barkamolligida, jamiyat taraqqiyotida nechogʻli muhimligi xususida oʻz fikr va mulohazalarini bildirib oʻtadilar. Asarda “Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obroʻ-e’tibori avvalambor  farzandlarimizning oʻnib-oʻsib, ulgʻayib, qanday inson boʻlib, hayotga kirib borishiga bogʻliqdir” deyiladi. Darhaqiqat, har qanday jamiyatning taraqqiyoti avvalo uning yetuk va barkamol avlodiga bogʻliqdir. Ushbu fikr tarix sinovida tasdiqlanib kelgan haqiqatdir. “Ma’naviyat millatning asrlar davomida shakllangan ildizlari, uning tarixiy tajribalari va ijtimoiy-madaniy rivojlanishi bilan uzviy bogʻliq boʻlgan aqliy intellektual va sobit hissiy dunyosidir”.

“Barkamollik-kamolot, balogʻatga erishgan, bekam-u koʻst, yetuk, mukammal, komil, ma’rifatli kishilarga nisbatan qoʻllanadigan tushuncha. U insonning aqliy, ma’naviy, axloqiy jihatdan yetukligi, oʻzi tanlagan kasb-hunarning ustasi boʻlishi shaxs sifatida shakllanib, Vatan taraqqiyoti, el-yurt farovonligi uchun jon kuydirishi, ezgu gʻoya va niyatlar bilan bunyodkorlik va yaratuvchanlik qobiliyatiga ega boʻlishini ham anglatadi”.1

         Ulkan bir tizim boʻlgan inson ma’naviy olamining huquq va axloq deb atalgan ikki atributi borki, bularsiz inson ma’naviy olamini tasavvur qilish mushkuldir. Bu ikki tushuncha insonning  jamiyatga boʻlgan munosabatini asosini tashkil etadi. Axloq va huquq insonlar oʻrtasidagi muloqot, oʻzaro munosabatni tartibga soluvchi talablar, qoidalar, me’yorlar yigʻindisidir. Ulardan birinchisi axloq – bu insonga ham ma’naviy ham jismoniy jihatdan foyda berib, iymon pokligiga erishtiradigan tushuncha. Axloq - oʻz hatti-harakati, qilmishi, yurish-turishi uchun manan yetuk jamoatchilik oldidagi mas’uliyatini anglatadi, vijdon, tarbiya kabi me’yorlar bilan belgilanadi. Har qanday aqli raso kishi oʻzini, oʻz hayoti, yaqinlari va yurtining kelajagi uchun mas’ul deb biladi. Mas’uliyat tushunchasi axloqning asosiy kuchi va tayanchidir, chunki aynan mas’ullik xissi, bizni befarqlikdan himoya qilib, javobgarlikka undaydi.

         Kishining axloqi jamiyat taraqqiyotiga bevosita ta’sir etuvchi omil ekanligini bir qator yevropalik olimlar ham ta’kidlab oʻtishgan. Masalan, O.Shpengler, F.Nitshe, Sartr, Xaydeger va boshqalar axloqiy buzilishlar Yevropa xalqlari taraqqiyotiga tahdid solishini aytib oʻtishgan edi. Ushbu fikrlar bugungi kunda oʻz tasdigʻini topayotganligini barchamiz  guvohi boʻlib turibmiz. Insonlarda vatanparvarlik, oʻzgalar va oʻz taqdiriga nisbatan mas’ullik sezish, ta’magirlik, poraxoʻrlik kabi illatlardan tiyilish jamiyat axloqiy tizimini, pirovardida ma’naviy dunyosini yuksalishga olib keladi.

         Ma’naviy barkamollikning yana bir atribut elementi bu huquqiy savodxonlik, huquqiy madaniyatdir.

“Qadimgi sharq davlatlari huquqiy qadriyatlarni tarixiy oʻchoqlari hisoblanadi. Sharqda davlat, huquq va shu jumladan huquqiy qadriyatlarni paydo boʻlishi va rivojlanishini oʻziga xos hususiyatlari hamjihatlik gʻoyasi va jamoatchilik fiklarini ustunligi bilan ifodalanadi. Sharqda ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ustun turgan”.1

Hammamizga yaxshi ma’lum-ki, davlatimiz fuqarolik jamiyatini shakllantirish, demokrartik-huquqiy jamiyat barpo etish sari intilmoqda. Ushbu maqsadning amalga oshishi esa, yoshlarimizning huquqiy tarbiyasi, huquqiy madaniyati nechogʻli shakllanganligi bilan bogʻliq. Jamiyatimizning barcha jabhalarida, ijtimoiy munosabatlarni, hayotimizni tartibga solib turuvchi qonunlarni bilish har qachongidan ham muhim boʻlib qoldi. Huquqiy madaniyatning shaxs ma’naviy kamolotida va jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni nechogʻli muhim ekanligi xususida buyuk vatandoshimiz, sharqning ulugʻ donishmandi Abu Ali ibn Sino shunday deydi: “Dunyoda yovuzlik va adolatsizlikning bu qadar koʻpligining sababi – siz-u, bizdadir. Bilimsizlik yoki uquvsizlik  tufayli yovuzlik bilan kurashishdan voz kechishimiz asnosida oʻzimiz ham yovuzlikning keng tarqalishiga imkon yaratib beramiz”.

         Darhaqiqat, jamiyatda adolatsizlik, qonunbuzarlikning koʻpayishiga har jihatdan shu jamiyatda yashovchi kishilarning qonunni bilmasligi, oʻz huquqlarini talab qila olmasligi, uquvsizligi va loqaydligi sabab boʻladi. Huquqiy davlat qurushning birinchi sharti, ushbu davlatda yashovchi aholining huquqiy ongini shakllantirishdir. Oʻz navbatida huquqiy savodxonlik ma’naviy barkamollikning bir qismi hamdir. Chunki, ma’naviy barkamollik tushunchasi, huquqiy tarbiya, huquqiy faoliyat va huquqiy savodxonliksiz  bir butun boʻla olmaydi. Zamon talabidan kelib chiqqan holda, bugungi kun barkamol kishisi faqatgina oʻz sohasining yetuk mutaxassisi, zamonaviy axborot texnologiyalarini va vositalarini yaxshi oʻzlashtirish bilan cheklanib qolmasdan, qonunchiligimiz, unda aks ettirilgan oʻz huquqlarini, imkoniyatlarini va majburiyatlarini ham yaxshi bilishlari lozim. Zero, inson jamiyatda yashar va faoliyat yuritar ekan, uning manfaatlari shu jamiyatda  yashayotgan boshqa shaxslar manfaatlari bilan toʻqnashadi. Bu tabiiy xol, chunki, ehtiyojlarimiz  xilma-xil va cheksiz, imkoniyatlar va resurslar esa cheklangan.  Ana shunday vaziyatda nohaqlik, adolatsizlikka duch kelmaslik uchun huquqiy bilimlarga ega boʻlish talab etiladi.

       “Ma’naviyat jamiyatning yuksalishi yoki inqirozga yuz tutishiga kuchli ta’sir koʻrsatadi. Ma’naviyat boyib borsa, jamiyat ravnaq topadi va aksincha, ma’naviyat qashshoqlashsa, jamiyat bora-bora tanazzulga yuz tutadi”.1 Darhaqiqat, insoniyat mavjudki, u ma’naviy barkamollikka intilib yashaydi. Jamiyatda oʻz oʻrnini topish, oʻziga hos yangi moddiy va ma’naviy qadriyatlar yaratishga harakat qiladi. Shiddat bilan oʻzgarib borayotgan ijtimoiy munosabatlar doirasida oʻzligini saqlab qolish koʻp jihatdan shaxsning axloqiy va huquqiy tarbiyasiga, madaniyatiga bogʻliqdir. Zero, axloqiy va huquqiy bilimlarga ega boʻlgan har tomonlama yetuk, ma’nan barkamol shaxslar har qanday jamiyatning kelajagi, tayanchi boʻla oladi.      

Har qanday jamiyat taraqqiyoti taqdirini ma’naviy-ma’rifiy jihatdan yetuk kishilar hal qiladi. Davlatning kuch-quvvatini, istiqboli porloq boʻlishini, jahon taraqqiyotida tutgan oʻrni va mavqeini odamlarning intellektual salohiyati, aqliy jihatdan yetuk va barkamolligi belgilaydi. Prezident Islom Karimov tomonidan ta’kidlanishicha, “Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Texnikaviy bilim, murakkab texnologiyani egallash qobiliyati ma’naviy barkamollik bilan, mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Aqliy zakovat va ruhiy-ma’naviy salohiyat — ma’rifatli insonning ikki qanotidir”.1

Oʻz tarixi, oʻz merosiga yuksak hurmat, shu bilan birga, jahonda eng katta xazina hisoblanmish intellektual salohiyatni oʻz hayotida, oʻz iqtisodida mujassamlashtirish ana shu davlatlarning ham moddiy, ham ma’naviy boyligi asosini tashkil etadi deb aytsak, yanglishmagan boʻlamiz”.2

Jamiyatning ma’naviy kamoloti masalalariga, fan-texnika taraqqiyotiga birinchi darajali e’tibor bergani sababli ham ikkinchi jahon urushi natijasida vayron boʻlgan, buning ustiga moddiy xomashyo resurslariga nihoyatda kambagʻal Yaponiya dunyodagi eng rivojlangan davlatlardan biriga aylandi. Shundan koʻrinadiki, fan taraqqiyoti haqida qaygʻurgan jamiyat va davlatning kelajagi buyuk boʻladi.

Xalqi ma’naviy yetuk, intellektual salohiyatli, ma’rifatli jamiyat va davlat kelajak sari dadil odimlay oladi, qiyinchiliklarni bemalol yenga oladi, oʻzining tabiiy-iqtisodiy boyliklaridan oqilona foydalanadi.

“Ma’naviyatga intilish inson uchun moddiy ne’matlarni oʻzlashtirish, yeyish, ichish, kiyinishga nisbatan ham muhimroq ehtiyojdir. Negaki, ma’naviyat barqaror boʻlmagan joyda moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish madaniyati ham yuksak boʻlmaydi. Yetuk ma’naviyat, aqliy salohiyat sohibi boʻlgan kishilargina kelajakni oldindan koʻrishga, ogʻir sharoitlarda ham yuksak maqsadlarni, oldiga qoʻyib unga iymon va e’tiqod bilan intilishga qodir boʻladi”.1

Jamiyat taraqqiyotining har bir yangi bosqichi kishilarning ma’naviy kamolotida yangi davrning yuzaga kelishidir. Jamiyatning, insonning bilim, aql-idrok, ma’naviy-ma’rifiy kamolotga boʻlgan ehtiyoji toʻla qondiriladigan bosqichi hech qachon boʻlmaydi. Insoniyatning ma’naviyatga boʻlgan ehtiyoji nihoyasizdir. Jamiyat taraqqiyoti oldinga qarab tadrijiy rivojlanib, tobora takomillashib, kengayib, chuqurlashib borgani kabi ma’naviy-ma’rifiy kamolotning ham soʻnggi nuqtasi boʻlmaydi. Ma’naviyat borasida bir ehtiyojning qondirilishi yana koʻplab talab va ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Yuzaga kelgan yangi ehtiyojlarning roʻyobga chiqishi jamiyat taraqqiyotini oʻtmishdan kelajakka tomon toʻxtovsiz ilgarilab borishiga imkon yaratadi. Jamiyatning ma’naviy va ma’rifiy taraqqiyoti shu tariqa abadiy davom etaveradi. “Insoniyatning ma’naviy kamoloti imkoniyatlari cheksizdir. Bu cheksizlik insonning tabiati, u yashayotgan jamiyatning imkoniyatlari bilan belgilanadi. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida takomillashib, kengayib va chuqurlashib borayotgan axloqiy, huquqiy burch va mas’uliyat bilan bogʻlangan manfaatlar ma’naviy kamolotning yangi muammolarini keltirib chiqaraveradi. Muayyan oqilona manfaatning chegarasidan ikkinchisiga tadrijiy yoʻl bilan oʻtaverishi ma’naviyat taraqqiyotining hal qiluvchi omildir”.

3. Shaxs ma’naviy kamolotini rivojlanishda yuksak ma’naviyat o’rni

Shaxs deganda muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi. Odam shaxs bo‘lishi uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o‘z xususiyati va sifatlari bilan boshqalardan farq qilishi lozim. Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo‘ladi. U o‘zining xarakteri qiziqishi va qobiliyati aqliy rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji, mehnat faoliyatiga munosabati bilan farqlanadi. Bular shaxsni o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, ana shu ruhiy xususiyatlari rivojlanib ma’lum bir bosqichga yetsagina u mukammal kamol topgan inson deyiladi. Shaxsning ijtimoiy voqe’likka, mehnatga, kishilarga, jamiyatga bo‘lgan munosabati turlicha,uning faollik darajasi va odob-axloq borasida yetukligi ham turlicha.
Shaxs nomini olish uchun nimalar darkor?
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxs nomini olish uchun unga ijtimoiy-iqtisodiy hayot va tarbiya kerak. Shu sababli pedagogika fani bolaning shaxs sifatida rivojlanishi, uning har tomonlama kamolga etish qonuniyatlarini, unga ta’sir etuvchi ob’ektiv va sub’ektiv omillarni, rivojlanish jarayoniga aloqador davrlarini aniqlash kerak. Shunga asosan pedagogika fani shaxsning rivojlanishda va ta’lim, o‘qitish, tarbiya hamda bola faolligi, o‘z-o‘zini tarbiyalash bosqichlarini aniqlash lozim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning I chaqiriq I sessiyasida qilgan ma’ruzasida hur O‘zbekistonda demokratik tuzumni barpo etishda amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarishlarni asosiy ishtirokchilari bo‘lgan jamiyatimiz a’zolarining ma’naviyatini butunlay yangicha qaror toptirish lozimligini ta’kidlagan edi.

Chunki ta’lim tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini xam belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib ongni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ongni, tafakkuri o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy maqsad ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi.



Shaxs tarbiyaning ob’ekti va sub’ekti hisoblanadi. Shaxsning kamol topishida ijtimoiy va biologik omillarning ta’sir kuchi bir xil bo‘lmaydi. Shaxsning rivojlanish holatini to‘g‘ri baholash va bilish uchun uni turli munosabatlar doirasiga qo‘yib tuzatish lozim. Pedagogika shaxsning kamoliga etishishning murakkab va ziddiyatli jarayon deb biladi. Shaxs qaysi o‘quvchilarda o‘z-o‘zini tarbiyalashda ya’ni o’z ustida ongli batartib ishlashga ehtiyoj paydo bo‘lgandagina,tarbiya jarayonini samarali deb hisoblasa buladi.
Kishilik jamiyati taraqqiyotida shaxsni tarbiyalash muammosi.Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak.
“Individ” nima? Bola ma’lum yoshga qadar “individ” sanaladi. Individ (lotincha “individium” so‘zidan olingan bo‘lib, «bo‘linmas», «alohida shaxs», «yagona» ma’nolarini anglatadi) xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudotdir.

Individuallik esa shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, uning namoyon bo‘lishi, tarbiya jarayonini amalga oshirishda bola shaxsini puxta o‘rganish, uning yashash sharoitlaridan etarli darajada xabardor bo‘lish va ularning hisobga olinishini taqozo etadi.

Individual yondashuv o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo‘lgan qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega.
Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida shakllana boradi.

Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi.

Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat qilish huquqini kafolatlaydi.

Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.

Rivojlanishning o‘zi nima?
Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskining yo‘qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ifodalaydi. Rivojlanishning manbai qarama-qarashliklarni o‘rtasidagi kurashdan iboratdir.
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi.

Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga uning yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi.


Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga etadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi.
Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.

Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.



Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.

Shaxs tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar. Fanda odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri o‘rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko‘pdan buyon davom etmoqda.


Insonning shaxs sifatida rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta’siri kuchli bo‘ladimi? Yoki tabiiy omillar etakchi o‘rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta’siri yuqoridir? Ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat qanday?
Fanda biologik yo‘nalish deb nomlangan nuqtai nazar etakchi o‘rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo‘yadi. Ular tug‘ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o‘rnini belgilab bergan, deydilar.

XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishida naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi.

Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim – bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo‘lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o‘tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir.
Pragmatizm oqimi va uning vakillari D.D’yul, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazardan asoslaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o‘zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar.
Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog‘laydilar.
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishni ijtimoiy omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog‘liq, deb ko‘rsatadilar.

Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o‘zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.

Ular ijtimoiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo‘lib kamolga etishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg‘or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga tayaniladi.

Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog‘liq, deb hisoblaydilar.
Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga etadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o‘z navbatida inson faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi mumkin.
Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo‘lagi deb baholaydilar. Bu insondagi layoqat kurtaklari bo‘lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g‘oyani ifodalaydi.
Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlarni yaratadi.
Demak, shaxs bilan jamiyat o‘rtasida ham uzviy aloqa mavjud.
Shunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit, inson o‘rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro‘y beradi, inson ularga faol ta’sir etadi va shu yo‘l bilan hayoti va o‘z tabiatini o‘zgartiradi.
Shaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Ya’ni:
Birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog‘liq ko‘nikma va malakalar hosil bo‘ladi.

Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklar ham o‘zgartirilib, shaxs kamolga etadi.

Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo‘qotish mumkin.


To‘rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta’sir etadi, bu tarbiya doimiy va uzluksizdir.
Shunday qilib, shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o‘ringa ega bo‘lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin.
Shaxs rivojlanishida faoliyatning o‘rni. SHaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani inson qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Faoliyat o‘zi nima? Faoliyat shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko‘rinishi. Insonning qobiliyati va yoshi u tomonidan tashkil etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko‘ra belgilanadi.

Faoliyat jarayonida inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, yaxlit holda rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi uchun uni to‘g‘ri tashkil etish lozim. Lekin ko‘p holatlarda shaxsning rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratilmaydi, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy mehnat, bilish faoliyatlari cheklangan bo‘ladi.

O‘smir va o‘spirinlar faoliyatining asosiy turlariga o‘yin, o‘qish va mehnat kiradi. Ular yo‘nalishiga ko‘ra bilishga doir, ijtimoiy, sport, badiiy, texnik, hunarmandchilik hamda shaxsiy qiziqish asosida tanlangan sohalardan iborat. Faoliyatning asosiy turi – muloqotdir.

Faoliyat faol va passiv bo‘lishi mumkin. O‘smir faoliyati muhit va tarbiya ta’sirida faollashishi yoki susayishi mumkin. Inson shaxsining rivojlanishida uning butun vujudi bilan sevib, o‘z imkoniyatlarini namoyon etib, mehnat qilishi, o‘zini shaxs sifatida ko‘rsata olishi, unda o‘z faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. Uning ijtimoiy mehnatdagi ishtirokida faollik ko‘zga tashlanadi.

Ta’lim jarayonida faollik o‘quvchiga bilimlarni chuqur va mustahkam egallashga, o‘z qobiliyatini namoyon etishga yo‘llaydi. Bilishga bo‘lgan faollik o‘quvchining intellektual rivojlanishini ta’minlaydi.


Yüklə 146,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin