76
3-tajriba
Brombenzolni fenol bilan reaktsiyasi
15,7 g brombenzol, 11,8 g fenol, 6,2 g KOH va 0,1 g misli bronza kukuni
moyli hammomda 210-230°C da 2-2,5 soat mobaynida teskari sovutgichli kolbada
isitiladi.
Reaktsion aralashmadan suv bug’i yordamida dastlab reaktsiyaga
kirishmagan brombenzol so’ngra difenil efiri haydaladi.
Unum 12,7 g (90% nazariyga nisbatan suyuqlanish harorati 28°C, qaynash
harorati 257°C.
4-tajriba
1 mmol` fenol va 2.4-dinitroftorbenzolni 10 ml dimetilformamid eritiladi. 5
ml suv qo’shiladi. Fenolning har bir gidroksil guruh uchun 1,26 mg natriy
bikarbonat qo’shiladi. Aralashma qoldiriladi. Reaktsiyaning boshlanishini CO
2
ajralishiga qarab bilinadi. Fenol tuzulishiga qarab reaktsiyani borishi uchun
birinchi daqiqadan bir necha soat talab etadi.
Reaktsiyani tugaganini diazatorlangan sul`fanil kislota bilan nazorat qilinadi.
Reaktsiya borishi ko`pincha 3 soat kuzatiladi. Bunda efirning ko`p qismi kristall
shaklida ajraladi.
5-tajriba
5 m/mol` xlorofenolni 0,8 ml 6 n natriy ishqori eritmasida eritib 5
m
/mol 2,4-
dinitroxlorbenzolni spirtidagi eritmasidan qo’shiladi.
Aralashma 30 daqiqa davomida teskari sovutgich ulangan kolbada
qaynatildi.
Dastlab, to`q rangli eritma hosil bo’ladi; ba`zan cho’kma tushadi. Reaktsiya
oxiriga borganda eritma rangsizlandi va natriy xloridi cho’kmasi hosil bo’ldi.
Hosil bo’lgan 2
1
-xlor-2,4-dinitrofenil efiri suv ta’sirida cho’kmaga tushirildi.
Spirtdan qayta kristallandi suyuqlanish harorati 98,6ºC.
Dostları ilə paylaş: