O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə149/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   250
majmua

Sifat analogiyasi


  • Munosabat analogiyasi

    1. Predmet, hodisalarning sifat (xususiyat)laridagi o’xshashlik sifat analogiyasini hosil qiladi. Masalan: Janubiy Afrika yassitog’ligining geologik strukturasi Yoqutiston tog’larnikiga o’xshash. Janubiy Afrikadan ko’pdan-ko’p olmos tog’ konlar topilgan. Demak, Yoqutistonda ham olmos konlari bo’lishi mumkin.

    2. Munosabatlardagi o’xshashlik munosabat analogiyasini hosil qiladi. Munosabat analogiyasi sababiy aloqadorlik shaklida namoyon bo’ladi. Masalan: Yerga olmaning tushishining sababi Yerning tortishish kuchi. Oy yerning tortishish kuchi tufayli uning atrofida harakat qiladi. Yer, butun planetalar Quyosh atrofida harakat qiladi. Shu orqali butun dunyo tortishish qonunini tushunishi mumkin.

    Bionika fani jonli tabiat ob’ektlari, hodisalarini o’rganish asosida u haqidagi bilimlarni yangi texnika texnologiyada qo’llash bilan shug’ullanadi. Fizik olim Rezerfort ishlab chiqqan atom tuzilishini modeli atom yadrosi bilan elektronlar munosabatidagi o’xshashlikka asoslangan.
    O’xshashlik - o’xshash tomonlarni aniqlash, bilim va amaliyotda muhim o’rin tutadi. M.V. Lomonosov «o’xshatish biron bir narsani isbotlamaydi, balki isbotlanadigan narsani tushuntiradi»,- degan edi.
    Hosil bo’ladigan bilimning xarakteriga ko’ra analogiya 3 ko’rinishda namoyon bo’ladi: a) Qat’iy analogiya.

    1. Qat’iy bo’lmagan analogiya.

    2. Yolg’on analogiya.

    1. Qat’iy analogiya o’xshash tomonlar, belgilar orasidagi zaruriy aloqa va munosabatlar asosiga ko’riladi. Qat’iy analogiya ilmiy izlanishlarda keng qo’llaniladi. Ilmiy tadqiqotlarni modellashtirish usuli qat’iy analogiyaga asoslangan.

    2. Qat’iy bo’lmagan analogiya ehtimollik xarakteridagi (taxminiy) xulosalarni hosil qiladi. Samolyotlar modelini sinash qat’iy bo’lmagan analogiyaga asoslanadi.

    Qat’iy bo’lmagan analogiyada bilimning ishonchlilik darajasini oshirish uchun quyidagilarga e’tibor berish lozim:

    1. o’xshash xususiyatlar tomonlarning ko’pligiga;

    2. asosiy, zaruriy belgilar, tomonlar o’xshashligiga;




    1. o’xshashlikning iloji boricha har tomonlama bo’lishiga;

    2. farklarning miqdori va sifatiga;

    3. chiqarilayotgan xulosadagi ehtimol borligi nazarda tutilgan belgining o’xshash belgilarga yaqin tipni ifodalashiga.

    Bular analogiya bo’yicha chiqariladigan xulosalarning asosiy qoyidalari hisoblanadi.




    1. Yüklə 6,03 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   250




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin