O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə158/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   250
majmua

Somirliklar erishgan ilmiy badiiy, axloqiy daraja, huquqqa oid yutuqlap bobilliklar axloqiy qarashlari uchun asos bo‘ldi. Bobilonda somirliklarnikiga nisbagan badiiy yuksak va mukammal “Gilgamesh” eposi vujudga keldi. Adolat va haqiqatning himoyasini asosiy maqsad qilib olgan Bobilon podshosi Xammurapining mashxur Qonunlar majmui esa qadimgi Somir qonunlarining tadrijiy rivoji edi. Bu majmuada zaiflarni, etim-esir va kam6ag‘allarni adolat tamoyili asosida himoya qilish asosiy maqsad qi.lib quyilran; Xammurapi unda o‘zining kambag‘alparvarligi va adolatparvarligi bilan faxrlanadi.

Qadimgi Misrda esa odob-axloq masalalari o‘ziga xos pandnomalarda ifoda topgan. Ular orasida “Pxatotep o‘gitlari bizgacha etib kelgan eng qadimiy pandnoma xisoblanadi. Bundan deyarli ikki yarim ming yil avval beshinchi sulola fir’avni Jadkara Isesidan vazir Pxatotep qariligi tufayli o‘rniga o‘z o‘g‘lini tayinlashni iltimos qiladi va o‘g‘liga atab o‘ttiz etti nashatdan iborat mazkur pandnomani yozadi. Unda o‘sha davr axloqiy qonun-qoidalari, o‘zni tutish, muomala odobi singari muammolar ko‘tariladi, axloqiy fazilatlar esa xikmatlar va nasihatlar tarzida targ‘ib qilinadi. Undagilar yuksak badiiyati bilangina emas, balki kuldorlik davri talablarini chetlab o‘ta olgan umuminsoniy demokratik fikrlar tarzida, donishmandlik va insonparvarlik namunasi sifatida hanuzgacha kishini xayratga soladi: “Qimmatbahotoshdek yashirindir oqilona so‘z, xolbuki uni don tuyayotgan cho‘ridan topish mumkin”.Agar nafaqat qadimri Misrda, balki undan bir nechaming yil keyingi qadimgi YUnonistonda xam qul ezgulikka, donishmandlikka xos bo‘lmagan jonzot sanalganini va odam o‘rnida ko‘rganini xisobga oladigan bo‘lsak, Pxatotepning mazkur fikri insoniyat axloqiy tafakkur taraqqiyotida naqadar katta ahamiyatga ega ekanini anglash mumkin.




Qadimgi Turonzamin va Eronzamindagi axloqiy tafakkur taraqiyoti zardushtiylik dinining vujudga kelishi bilan bog‘liq Qadimgi Xorazmda yaratilgan “Avesto” deb atalgan muqaddas kitobida asosiy axloqiy fazilatar va illatlar sanab o‘tiladi, talqin etiladi. Unda Zardushtiylik iloxi Axura-Mazda-ezgulik, Ahriman esa yovuzlik timsoli sifatida namoyon bo‘ladi: ezgulik va yovuzlik, yorug‘lik va zulmat, hayot va mamot o‘rtasidagi abadiy ko‘rashining ibtidosi aks etadi. “Abadiy ezgulik”, “Ezgu niyat”, “Ezgu tartib”, “Ilohiy tobe’lik”, kabi ezgu tushunchalar real ma’no kasb qilib, insoniylashgan qiyofadagi ma’budlar siymosida namoyon bo‘ladi, ular Axura- Mazda atrofida yaxshilik urug‘ini sepib yuradi. Bunday tushunchalarning aksi esa Axriman atrofidagi yovuz kuchlarda reallashadi. Yovuz fikr tajassumi Apa Mana, so‘lish va o‘lim timsoli Tuarvi hamda Zarik ismli devlar shular jumlasidandir. Zardushtiylik dinini ma’lum ma’noda axloqiy e’tiqod, uning muqaddas kitobi “Avesto” ni qadimgi ajdodlarimiz amal qilgan axloqiy tushunchalar va ko‘rsatmalar majmui deyish mumkin. Buni ushbu din ayg‘omchisi Zardushtning “Avesto”dagi Asha alqovidan joy olgan quyidagi so‘larni yaqqol ko‘rish mumkin:
Quvonsin Axura-Mazda “Eng loyiq haqning irodasi ro‘yobga chiqib”, Axriman daf bo‘lsin. Ezgu o‘y, ezgu so‘z, ezgu ishlarni alqayman, o‘zimni butkul ezgu uy, ezgu so‘z va ezgu amallarga baxshida etaman, Barcha qabih uy, yomon so‘z va yomon ishlardan tiyaman,
Yukunchim, maqtovim, ezgu fikrim, Ezgu so‘z (savobli) ezgu ishlarim “tanamdagi jonim” bilan birga sidqi
dildan Sizlarga (baxshida) bo‘lsin, ey o‘lim bilmas Valiylar. haqni sharaflab (deyman):
haqiqat Oliy ne’mat. Bu ne’matdan ul kishi bahramandkim, savob unga bo‘lgay, kim agar xaq yo‘lida savob (ishdan) qolmasa, savob ishdan qolmasa, savob ishdan qolmasa”
“Avesto” dagi talqinlar insonning real hayoti bilan bog‘liq ekanligi diqqatga sazovor. Undagi ezgulik ruhi – yaratuvchilik, ijodkorlik quvvati, Yovuzlik esa, buzish va buzg‘unchilik kuchi tarzida namoyon bo‘ladi.

Axura-Mazda qiyofasidagi ezgulik hayot ramzi, erni inson, hayvonot va nabotot bilan boyitadi, inson ularni sog‘lik, kuch-qudrat, baxt, shodlik, umid, ishonch, go‘zallik, farovonlik yordamida munavvar qiladi. Axriman qiyofasidagi yovuzlik esa, qo‘rg‘oqchilik, ocharchilik, kasallik, mollar qirg‘inini, jisman va ruhan halokat singari halokalarni keltirib chiqaradi.


“Avesto”da umri davomida ezgulik, yaxshilik, poklik va tozalik tamoyilari bilan i kqrgn odam o‘lgandan so‘ng uning ruxi rohat-farog‘atda bo‘lishi, gunohkor, fosih kishiniki esa aksincha: azob- uqubat hamda xunuklik komiga maxkum etilishi aytiladi. Buni professor Tilab Maxmudov o‘zining “ Avesto” haqida” degan katta maqolasida atroflicha yoritiladi: solih odam o‘lgach, ruhining joni uch kun uning boshida zavq-shavq, rohat-farog‘at og‘ushida turadi, keyin xushbo‘y o‘simliklar yusiga qalqib chiqadi. Uni ajib bir shabada, muattar nasim qarshilaydi. SHabada qo‘ynida 15 yoshar barcha go‘zallaikdan ham go‘zal qiz namoyon bo‘ladi. Bu go‘zal qiz egulik va poklik, savob ishlarnin timsoli. U ruhga qarata: “Muloyim edim, yanada muloyimroq qilding, chiroyli edim yanada go‘zal qilding, balandda edim, ezgu o‘y, ezgu so‘z va ezgu a’mol bilan meni yanada balandga ko‘tarding” – deydi. Gunoxkor, yovuz odamning ruhi esa, vujud ustida uch kun qolib, tengsiz azoblarni boshidan kechiradi. Uch kundan so‘ng u o‘zi yaratgan barcha yovuzliklar ustida tarvoz qiladi. So‘ng tirikligida hech qachon uchratmagan barcha xunukliklardan ham xunukroq qizni uchratdi, “Ey qora yurak, zahar tilli, munofiq gunoxkor – deydi qiz, - men qiz emasman sening tiriklik paytingda qilgan a’mollaringman. Sen tirikligingda Xudoga e’tiqod


qilganlarni ko‘ra – bila turib, devlarga sig‘ingansan. YAqin – uzoqdan kelgan musofirlarga boshpana berganingda, mexnat kildirganingda xayr-sadaqa ulashganingda, ularni kamsitgansan, yaxshi odamlarni haqorat qilgansan, ularning yuziga eshigingni yopib qo‘ygansan. Men – sen o‘ylagan yomon o‘y, sen aytgan yomon so‘z, sen qilgan yomon a’mollaringman. Nomussiz edim, sen tufayli battar orimni yo‘qotdim, jirkanch edim, yanada jirkanchli bo‘ldim, sharman edim, battaroq sharmisor bo‘ldim”. Bu erda rux va vujud muammosi ifoda topganini ilg‘ab olish qiyin emas. Zero “Avesto”da jon-rux tushunchasi o‘ta ilohilashtirilmaydi, ma’lum ma’noda “dunyoviy”lashtipiladi va o‘z erasi bilan muloqot qiluvchi vijdon sifatida namoyon bo‘ladi.


Shuni aloxida ta’kidlash joizki, “Avesto”da inson oliy jonzot tarzida talqin etiladi. Ayni paytda eru ko‘kdagi barcha ne’matlarni sevish, ardoqlash insonning muqaddas bo‘rchi hisoblanadi. Ozodalik, tozalik gigienik tyshynchadan axloqni va ilohiy tushuncha darajasiga ko‘tariladi: suvni, atrof-myxitni toza tutish, jonivorlarga, xususan, itga uchi o‘tkir suyak yoki qaynoq ovqat bermaslik - ularga nisbatan shafqatni anglatadi; inson shafqatli bo‘lishi keraq Bularning xammasi “Avesto”da ekologik axloqshunoslikning dastlabki ko‘rtaklari xam mavjudligini ko‘rsatadi. Bu muqaddas kitobdagi to‘rli tuman ma’budlar, bizning tushunchamizdagi pir darajasidadir (masalan, temirchilikning piri - hazrati Dovud v.h). Iloh esa- bitta: Axura-Mazda, faqat ungagina sajda qilinadi. Demak, yakkaxudolikni, tavxidni targ‘ib etishda xam birinchilik “Avesto”ga mansub. “Avesto”dagi ba’zi bir o‘rf-odatlar va irimlarning xozirgi kunda ham saqlanib qolganini ko‘rishimiz mumkin. Isiriq tutatish, qo‘rbonliq uchun so‘yilgan jon kallasini davradagi o‘tag‘asilar oldiga qo‘yish odatlari xamda sevimli Navro‘z bayramimiz fikrlarimizga dalildir. Xullas, “Avesto” yuqorida aytganimizdek, ajdodlarimizning axloqiy estetik qomusi, qadimiy o‘rf- odatlarimizninig o‘ziga xos majmui sifatida qimmatlidir.


Qadimgi Sharq axloqshunosligida Qadimgi Hindiston axlokiy tafakko‘ri aloxida o‘ringa zga. U tarixan vedachilik, yo‘ga, jaynchilik, buddhachilik, “Bxagavadgita” va “Artxashastra” xamda lokoyata oqimlaridan tahsil topgan.
Vedachilik axloqshunosligi qadimgi hind jamiyarini to‘rt tabaqa - varnaga buladi; braxmanlar(koxinlar), kshatariylar(xarbiylar), vayshchilar(dexqonlar, kosiblar), shudralar (qullar). Mashhur “Manu qonunlari”da yozilishicha, brahmanning mashg‘uloti- ta’lim berish, Vedani o‘rganish, qurbonlik qilish, sadaqa ulashish va tuxfalar olish, kshatariylar fuqarolarni ko‘riqlaydilar vayshchilar chorva, tijorat, sudxo‘rlik va dexqonchilik bilan shug‘yllanadilar; shchudralar esa ana shu uch ijtimoiy guruxga xizmat qiladi. “Xotin, o‘g‘il va qul - uchalasi xususiy mulk egasi hisoblanmaydi, ular kimniki bulsa, o‘shaning qo‘lga kiritgan mulkidir” – deyiladi “Manu qonunlari”da. Vedachilik axloq ko‘ra, braxmanlar tug‘ma axloqiy yuksak odamlar, shchudralar esa tug‘ma-tuban axloq egalari hisoblanadi.
Lekin keyingi oqimlapda, yo‘ga, jaynchilik, ayniqsa, buddachilik axloqshunosligida, axloqiy fazilatlar egasi bulish insonning zoti ijtimoiy kelib chiqishi bilan emas, balki uning shaxsni kamoloti bilan bog‘liq degan fikr ilgari suriladi. Buddha ta’limotiga ko‘ra, dunyo iztirobga to‘la va eng muhim muammo ana shu iztiroblardan qutilishning yo‘lini topish. Naql qilinishicha, uz tengdoshlari bilan ayshu ishratda umr kechirgan shahzoda Sidharta Gautama kunlardan birida sayr qilib yurib, kasal cholni va janoza marosimini ko‘radi. Xar bir kishini kasallik, qarillik va o‘lim kutishini eshitib, larzaga tushadi, odamlardan qochib, tarki dunyo qiladi va to‘rt ezgu haqiqatni anglab etadi hamda uni odamlarga etkazadi.
Uning qisqacha bayoni shunday:

  1. Bu dunyodagi hayot iztiroblarga to‘la.

  2. Bu iztiroblarning sabablari bor.

Z. Bu iztiroblarga barham berish mumkin. .
4. Iztiroblarga barham bershga oli6 boradigan yo‘llar mavjud.

Buddhaning to‘rtinchi haqiqati, ayniqsa, axloqshunoslik nuqtai nazaridan muhim. U Buddha o‘tgan va xammaning o‘tishi mumkin bulgan nirvanaga (ehtiros, nafrat, pushaymon asta-sekinlik bilan so‘nib bo‘lgandan keyingi holatga) etishish yo‘lidir. U sakkiz fazilatga erishuvda iborat: 1) to‘g‘ri qarashlar; 2) to‘g‘pi jo‘r’at; Z) to‘g‘ri xatti-harakat; 4) to‘g‘ri nutq; 5) to‘g‘ri hayot tarzi; 6) to‘g‘ri jahd-jadal; 7) fikrni to‘g‘ri yo‘naltirish; 8) diqqatni to‘g‘ri qaratmoq.. SHunday qilib, sakkiz yo‘l bir-birini taqozo etuvchi uch omil - bilish, xattiharakat va diqqatning birligidan iborat. Bilim va axloq bu o‘rinda yaxlitlikka ega; fazilat bilimdan (illat esa bilimsizlikdan) kelib chiqadi, shu sababdan bilimni fazilatsiz takomilashtirish mumkin emas. Bu axloqiy komillikka etishishning tygallangan konsepsiyasi “Sochlarining fatilasi, sulolasi yoki zoti tufayli brahman bulmaydi. Kimdaki xaqiqat va dhamma bo‘lsa, o‘sha baxtli va o‘sha brahman”, - deyladi buddhachilik axloqiy qoidalari jamlangan kitobda. SHunday qilib, buddhachilik tomonidan vedalar obrusi, braxmanlarning istisnoli holati inkor etiladi, jamiyatni varnalarga bo‘lish qoralandi. Shubxasiz, bu axloqiy taraqqiyot ko‘rinishlaridan biri edi.


Buddhachilik axloqshunosligi nafaqat Hindistonda, balki qadimgi Xitoyda xam o‘ziga xos mavqe egalladi. Lekin u erda yana ikki axloqshunoslik yo‘nalishi katta amiyatga va qamrovga ega edi. Ulardan biri daochilik.


Daochilik ta’limotining asoschisi Lao-szi (miloddan avvalgi VI - V asrlar) yipik namoyondasi Chjuan-szi (miloddan avvalgi 369-286 yillar) xisoblanadi. Lao-sziga nisbat beriladigan “Dao de szin” kitobida daochilikdagi asosiy yunalishlarning moxiyat aks etgan. “Dao - xamma narsadan ustun”, “ildiz”, “Er va osmonning onasi”, “dunyoning ilk asosi”, “si” esa moddiy asos, dao “de” ni - fazilatni undan yaratadi. SHuningdek, “dao” yo‘l ma’nosini ham anglatadi. “dao de szin”ni “Fazilat yo‘li” deb ham atash mumkin.


Inson mavjud olam kabi dao qonunlari asosidz vujudga kelgan, u tabiatni bir qismi, uning vazifasi fazilat (de) yo‘lidan borish. har qanday suniy aralashuv, tabiatning muvofiqlik tartibini o‘zgartirishga intilish-odamlar uchun halokatli, barcha yovuzliklarning, son-sanoqsiz baxtsizliklarning manbai tabiat joriy etgan qonunlardan chekinishdadir. SHu sababli Lao-szi nazdida faoliyat daoga qarshi qaratilgan va xalqqa zarar keltiradi, uning asosiy axloqiy tamoyili “uvey” - faoliyatsizlik, donishmand kishining “dao”si, bu kurashsiz faoliyat. Lekin bu kurashsiz faoliyat aslida tabiatga qarshi bulmagan faol xatti-harakat, faqat daoga xos, tabiat qonunlariga mos faoliyat.


Ayni paytda, Lao-szining fikricha, donishmand bilimini oshira borib, uni odamlarga tarqatmaydi, faqat xalqning farovonligi uchun ishlatadi; “Xalqning bilimi kuchli bo‘lsa, uni boshqarib bo‘lmaydi. Uning emagini Totli, kiyimini chiroyli, uy-joyini tinch, hayotini quvonchli qilish kerak”. Ana o‘shanda, ya’ni ilm fan taraqqiy etmasa, sivilizatsiya kirib kelmasa, bir davlat qo‘shni davlatga ko‘z olaytirmaydi, urush bo‘lmaydi. Xullas, donishmand ibtidoiy davrlarni ideallashtiradi.


Xulosa qilib aytadigan bulsak, daochilik axloqshunosligidagi asosiy maqcad- odamlarning tabiat ko‘rsatgan yo‘ldan borishiga erishish; tamoyili-faoliyatsizliq xalqning baxti - uning urug‘chilik, qabilachilik munosabatlaridagi tenglik va soddalikka qaytishda donishmandlarning baxti esa mo‘tadilliq xotirjamlik, tabiatga yaqinlikdadir.


Daochilikning asosiy raqibi hicoblanmish konfutsiychilik esa qora xalqsan nodonligi uchun jirkanadi, uni axloqiy xayotra nomunosib deb biladi. Zero, konfysiychi.likninr axloqiy ideali szyun-szi himmatli jo‘mard. Uning yuksak fazilatlari - fidoyilik, sofdillik, sadoqat, adolat. U


muomala bobida muloyim, yuksak martabalilarga ho‘rmat bilan mo‘rojaat qiladi, xalqqa nisbatan esa himmatli, adolatli munosabatda buladi:


Konfutsiy ta’limotida asosiy axloqiy qonun, asosiy. axloqiy tushuncha-jen (insoniylik).“Lun yuy” ( “Hikmatlar”) kitobida shunday deyiladi; “Kimki chin dildan insonni sevishga intilsa, u yovuzlik qilmaydi”. “Uzingga ep ko‘rmagan napsani o‘zgaga munosib ko‘rma, shunda davlatda xam, oilada xam o‘zinga nisbatan yovlik his qilmaysan”.Demak, jen - xam jamiyat, xam oila a’zolapi orasidagi munosabatlarni belgilaydigan axloqiy tamoyil. U bilan “syao” - ota-onani, kattalarni xo‘rmat qilish, “li” - o‘rf-odat, marosimlarni e’zozlash tushunchalari mustaxkam bog‘liq. Ayni paytda “li” tushunchasining ma’nosi ancha keng, u davlatga bo‘lgan munosabatni ham o‘z ichiga oladi. Xoqon (imperator) - Osmon o‘g‘li, u Osmon ostidagilarning barchasiga ota. Osmon ostidagi tartib-qoida esa kuyidagicha: “Podsho-podsho, ota-ota, mulozim-mulozim, o‘g‘il-o‘g‘il bo‘lishi kerak”


Qadimgi Sharq axloqshunosligi erishgan yutuqlar shunchaki tarix bulib qolmadi. Ularni uzlashtirish natijasida, Sharq bilan yaqin aloqa qilish uchun jug‘rofiy qulayliklarga ega bo‘lan Qadimgi Yunonistonning polislarida (shaxardavlatlarida) axloqshunoslik yangi bosqichga ko‘tarildi. Keyinchalik qadimgi Sharqda ilgari so‘rilgan g‘oyalar, qo‘llangan tushunchalar, nazariy-amaliy tajriba bilvosita bugun Ovro‘po uchun ham ahamiyat kasb etdi. Chunonchi, Mashho‘r afsonaviy donishmand Pifagor misrlik va eronlik allomalardan talim oldi. U zardyshtiylik dini xaqida fikr yuritar ekan, Axo‘ra-Mazdani “Ularning xudosi Oramazdaning qalbi xaqiqatdan, vujudi no‘rdan iborat”, deb tariflaydi. Shuningdek, Suqrot, Aflotun, Arastu singari Qadimgi Yunon allomalari xam qadimgi Sharqdagi falsafiy-axloqiy ta’limotlardan keng foydalanganlar.Masalan, ruxning ko‘chib o‘tishi borasidagi Aflotun nazariyasining falsafiy va axloqiy asoslari Qadimgi Hindiston falsafasiga borib taqaladi.


Qadimgi Yunon axloqshunosligi xaqida gap ketar ekan, asosan, to‘rt buyuk faylasufning nomini tilga olish odat bulib qolgan; Suqrot, Aflotun, Arastu, Epikur. Lekin, aslida, ulargacha xam Qadimgi Yunonistonda axloqshunoslik borasida ancha-muncha ishlar qilingan. Chunonchi, Demokrit, Pifagor, Gippiy, Gorgiy singari sofistlar (donishmandlar) oqimiga mansub faylasuflarning qarashlari diqqatga sazovor. Misol tariqasida Demokritning (taxminan miloddan avvalgi 450-370 yillar) qarashlarini olib ko‘raylik, u donishmandlikni eng yuksak fazilat, aqlni esa axloqiy xatti-xarakatning mezoni deb biladi va donishmandni axloqli, nodonni axloqsiz odam sifatida tariflaydi. Demokritning fikriga ko‘ra, inson uchun xayotdagi birinchi ustoz ehtiyoj va tajribadir. Aynanshular insonni foydali va zararli narsalarni farqlash darajasiga olib keladi.Demokrit Kadimgi Yunon faylasuflari ichida, birinchi bo‘lib insonning ichki dunyosiga murojaat qildi. U niyatni (xatti-harakat sababini) harakatdan ajratadi. Ayni paytda, “Nomusli va nomussiz odamni nafaqat qilmishi balki niyati orqali xam bilib olsa bo‘ladi”, deydi mutafakkir.


Demokpit hayo va ishonchni insonni qing‘ir ishlardan qaytarib to‘ruvchi kuch tarzida ta’riflaydi. Faqat ruxan zaif va gumrroh odamlargina o‘z muvaffaqiyatsizliklarini ma’budlar, taqdir va tasodifdan ko‘radilar. Nodon va yomon odam lazzat, baxt hamda xayotning maqsadi haqida noto‘g‘pi tasavvo‘rga ega bo‘lgani uchun o‘zini baxtsizlikka mubtalo qiladi.

Suqrot (miloddan avvalgi 470-399 yillar) qarashlariga kelsak, u, Konfutsiyga o‘xshab, axloq.bilan hyqyqni bo‘linmas yaxlitlikda olib qaraydi: “Nimaiki qonuniy bo‘lsa, o‘sha adolatdandir”. Ikkala mutafakkir xam xukmronlikning yaxshi yoki yomon deb baholanishini fuqarolar tarbiyasi bilan bog‘laydi, jacopat va betama’ xizmat namunalarini uz davlatlari o‘tmishidan topadi.





Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin