O‘zbekiston respublikasi oliy vao‘rta maxsusta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo‘qon davlat pedagogika instituti san`at fakulteti


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev



Yüklə 42,7 Kb.
səhifə2/8
tarix15.09.2022
ölçüsü42,7 Kb.
#117787
1   2   3   4   5   6   7   8
401TUMANOVSHERZOD(1)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 19-mart kuni yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini singdirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Maʼlumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.5
Kurs ishning dolzarbligi
O’zbek xalqi o’zining boy ma’naviyati, milliy qadriyatlari va turli-tuman marosimlari bilan dunyo xalqlari madaniyatining taraqqiyotiga munosib hissa qo’shib kelmoqda. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda“Ma’naviyat- insonni ruhan poklanish, qalban uyg’onishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir “.1 Zero, ma’naviyatda insonning iymoni, e’tiqodi, axloqi, hayotning ma’nosini qanday tushunishi, ichki dunyosi namoyon bo’ladi. Vatan, xalq oldidagi burchni anglash ham yuksak ma’naviyat belgisidir. Ma’naviy barkamol inson – o’zining savobli ishlari bilan kechirgan hayotidan rozi ketadi.
Yurtboshimiz tomonidan ma’naviyatga berilgan bu ta’rif ma’naviyatning
har bir inson hayoti uchun ham, butun jamiyat uchun ham hal qiluvchilik
ahamiyatini aniq ko’rsatib turibdi. Ma’naviyat deganda biz odamlarning ongidagi vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyg’ularini, o’z millatining tarixiy merosini yaxshi bilish va hozirgi hayotda ulardan foydalanish, xalqning milliy tili, an’analari, tuyg’ularining e’zozlanishi, qalbga muruvvat, himmat, insof, adolat, oqibat kabi fazilatlarni jo qilishini tushunamiz. Insonning insoniyligi ma’naviy olamining tiniqligi va yuksakligi bilan o’lchanadi. Xalqimizning milliy ruhiyati va mentalitetini o’zida namoyon etgan marosim folklori ko’p asrlik badiiy tafakkur taraqqiyotini o’zida mujassam etgan ma’naviy qadriyatlar tizimi hisoblanadi. Marosim folklorining lokal xususiyatlari va tarixiy-tadrijiy rivojini tadqiq etish esa folklorshunoslarning dolzarb muammolaridan biridir. Chunki ularda xalqimizning shonli o’tmishi, urf-odatlari aks etgan. Ana shunday oltin meroslarimizdan biri to’y marosimi bilan bog’liq udumlardir. Ular o’ziga xos tabiatga ega bo’lib, hozirga qadar jonli holda saqlanib qolgan.
Mustaqillik yillarida o’zbek xalqining badiiy merosi va folklor an’analarini
tadqiq etish orqali ma’naviy qadriyatlarni tiklash masalasi kun tartibiga qo’yildi.
Binobarin, o’zbek xalqining to’y marosimi bilan bog’liq urf-odatlar, jumladan,
sovchilik bilan bog’liq udumlarni tadqiq etish ana shu jihatdan muhimdir.

Yüklə 42,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin