O‘zbekiston respublikasi oliy vao‘rta maxsusta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo‘qon davlat pedagogika instituti san`at fakulteti



Yüklə 42,7 Kb.
səhifə3/8
tarix15.09.2022
ölçüsü42,7 Kb.
#117787
1   2   3   4   5   6   7   8
401TUMANOVSHERZOD(1)

Mavzuning o’rganilish darajasi. O’zbek to’y marosimi folklorining o’ziga
xos tabiati, janrlar tarkibi, tasnifi va badiiyati masalalari M.Alaviya,
B.Sarimsoqov, N.Qurbonova, M.Jo’rayev, S.Davlatov, N.Quronboyeva,
O.Ismoilova, L.Xudayqulova kabi folklorshunoslarning ishlarida tadqiq etilgan.
To’y marosimi etnografiyasi G.P. Snesarev, V.N. Basilov, X.Ismoilov, A.Ashirov, A.Qayumov, G.Tosheva kabi olimlar tomonidan o’rganilgan.
Shuningdek, N.N.Tursunov, A.Qurbonov, Q.Panjiyev kabi bir qator olimlarning ishlarida ham to’y marosimi udumlari tahlilga tortilgan. Ammo xalq dostonlarida sovchilik bilan bog’liq udumlar filologik jihatdan tahlil qilinmagan.
Kurs ishning maqsad va vazifalari. Ishning asosiy maqsadi to’y marosimi udumlari, jumladan, xalq dostonlarida sovchilik bilan bog’liq marosimlarning badiiyatini tadqiq etishdan iboratdir. Mazkur tadqiqotda quyidagi vazifalarni hal qilish ko’zda tutilgan:
– to’y marosimi folklorining o’ziga xos xususiyatlarini yoritish;
– to’y marosimi folklorining janrlar tarkibini tasnif qilish;
– o’zbek xalqining bola tug’ilishi va uning beshik davri bilan bog’liq ayrim
udumlarni tahlilga tortish;
– dostonlardagi sovchilik bilan bog’liq aytimlarning o’ziga xos tabiatini
o’rganish;
– nikoh to’yidan oldin bo’ladigan marosimlarning o’ziga xos xususiyatlarini
tadqiq qilish.
Kurs ishning obyekti va predmeti. Tadqiqot folklorshunoslik
masalalariga bag’ishlangan tadqiqotlar, “Go’ro’g’li” turkumidagi va boshqa bir
qator dostonlarda qayd etilgan materiallar asosida yaratildi. Shuningdek, Andijon
davlat universiteti o’zbek adabiyoti kafedrasi arxividan yozib olingan
materiallardan ham foydalanildi.
Kurs ishning ahamiyati. Ishda to’y marosimi,
nikoh to’yi oldidan o’tkaziladigan udumlar ochib berildi va uning o’zbek
umumfolklorida farqlanuvchi o’ziga xos xususiyatlari va hududiy belgilari
yoritildi;
– bola tug’ilishi bilan bog’liq urf-odatlar hamda beshik to’yi marosimi o’zbek
xalqining serfarzandlik g’oyasini o’zida mujassamlashtirgan homiy-momolar
kultiga aloqadorligi aniqlandi;
– xalq dostonlaridagi sovchilik bilan bog’liq aytimlar ilk bor tahlil etildi;
– xalq dostonlaridagi sovchilik bilan bog’liq aytimlarning poetik xususiyati
o’rganildi.
To’y marosimi bilan bog’liq urf-odatlar, jumladan, sovchilik marosimining
o’ziga xos xususiyatlari, janrlar tarkibi va badiiyatini yaxlit ilmiy muammo sifatida tadqiq etishga bag’ishlangan ushbu ishning asosiy xulosalari va umumlashmalari o’zbek marosim folklorini barcha hududlar materiallari asosida keng ko’lamda qiyosiy o’rganishda muhim nazariy ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqotda tahlilga tortilgan faktik materiallar, xulosalar va nazariy fikrmulohazalardan o’quv yurtlarida xalq og’zaki badiiy ijodiyoti fanini o’qitish,
maxsus kurslar o’tish, akademik litsey va kollejlar hamda maktablarda dars
mashg’ulotlari olib borish, o’zbek folkloridan o’quv qo’llanmalari, dars

ishlanmalari va boshqa majmualar yaratish, shuningdek, to’y marosimi bilan


bog’liq udumlarni o’rganishda keng foydalanish mumkin.

Yüklə 42,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin